Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/117
Sana29.05.2024
Hajmi3,49 Mb.
#257003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117
Bog'liq
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u

 
Qa
bul qi
li
sh
z
ichla
shti
rish 
appa
ra
tu
ra
si
 



uzatish radiostansiyasiga birlashtiriladi. Bunday punktda ikkita 
antennalar o‘rniga bitta umumiy qabul qilish-uzatish antennasi 
ishlatiladi. 
Ikki tomonlama radioaloqa quyidagi variantlar bo‘yicha tashkil 
etilishi mukin: 
1. Har ikkala uzatkichlar bitta chastotada ishlaydi, ya’ni 
qabullagichlar ham o‘sha bir chastotaga sozlanadi. Bu holda 
radioliniya bir vaqtda ikkita yo‘nalishda ishlay olmaydi. Bunday aloqa 
simpleks aloqa deyiladi. 
2. Uzatkichlar turli chastotalarda ishlaydi, mos ravishda 
qabullagichlar ham turli chastotalarga sozlanadi. Bu holda radioliniya 
bir vaqtda ikkita yo‘nalishda ishlay oladi. Ishlash navbatma-kavbat 
yo‘nalishlardan birida amalga oshiriladi. Bunday aloqa
 
dupleks aloqa 
deyiladi. 
3. Radioaloqa qabul qilish va uzatish chastotalaridan foydalanish 
orqali, lekin dupleks radioaloqaga qaraganda bir vaqtda emas, balki
navbatma-navbat amalga oshiriladi. Signal bitta chastotada qabul 
qilinadi, boshqa chastotada uzatiladi. Vaqtning bir momentida abonent 
“qabul qilish” yoki “uzatish” rejimida bo‘lishi mumkin. Bunday aloqa
 
yarim dupleks (ikki chastotali simpleks) aloqa deyiladi. 
Yarim dupleks aloqa quyidagi rejimlarda ishlatiladi. Odatda 
istalgan aloqa tizimining birinchi vazifasi talab qilinadigan (juda 
katta) aloqaning uzoq masofaliligini ta’minlash hisoblanadi. Lekin 
uzoq masofalilik planeta sirtining egriligi ufqning chegaralari ortida 
aloqani amalga oshirishga imkon bermaydigan shardan iboratligi 
tufayli cheklangan. Bu esa portativ radiostansiyalar orasidagi ochiq 
tekislik joydagi aloqa 5 km atrofidagi masofalarda bo‘lishi 
mumkinligini bildiradi. Agar katta masofalar (99,9 % hollarda) talab 
qilinsa, u holda retranslyatorlar qo‘llaniladi. 
Retranslyator bu radiosignalni qabul qiladigan va uni efirga qayta 
uzatadigan 
qurilma 
hisoblanadi. 
Koinotdagi 
yerning 
sun’iy 
yo‘ldoshiga o‘rnatilgan retranslyator eng katta qamrab olish zonasiga 
ega bo‘ladi. Yerda berilgan qamrab olishni ta’minlash uchun sun’iy 
yoki tabiiy baland inshoatda (bino, machta, do‘nglik) retranslyator 
o‘rnatiladi. Deyarli hech bir zamonaviy aloqa tizimi retranslyatorsiz 
ishlay olmaydi. Retranslyatsiyalash tamoyili 1.3- rasmda keltirilgan. 
1.3- rasmdan nima uchun yarim dupleks (ikki chastotali simpleks) 
aloqa kerakligi ko‘rinib turibdi. Retranslyator qabul qilingan 
signallarni uzluksiz uzatadi (dupleks), u holda u buni o‘sha bitta 



chastotada amalga oshira olmaydi (uzatkichning signallarini shu 
yordayoq qabullagich qabul qiladi, yopiq aylana hosil bo‘ladi). 
Shuning uchun dupleks retranslyator nominallari ma’lum qiymatlarga 
farqlanishi kerak bo‘ladigan turli chastotalarda ishlaydi (qurilmaga, 
tizimga va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi). Mos ravishda abonentlar 
radiostansiyalarida o‘sha chastotalar, lekin “teskari” ko‘rinishda 
ishlatilishi 
kerak 
(retranslyatorning 
qabul 
qilish 
chastotasi 
radiostansiyaning uzatish chastotasiga va aksincha mos kelishi kerak). 
Barcha abonentlar radiostansiyalarida uzatish va qabul qilish 
chastotalari bir xil bo‘ladi, u holda ular orasidagi to‘g‘ri bevosita 
aloqa bo‘lishi mumkin emas. 
1.3-
rasm. Retranslyatsiyalash tamoyili 
Demak, retranslyator qabul qilinadigan signalni uzluksiz 
nurlantiradi, abonentlar radiostansiyalarida esa qabul qilish/uzatish 
rejimlari qayta ulanishi kerak. Vaqtning bir momentida gapirish yoki 
eshitish mumkin bo‘ladi. Retranslyatorning sezgirligi va quvvati 
qanchalik yuqori va antenna yuqori o‘rnatilgan bo‘lsa, shunchalik 
katta zonani barqaror radioaloqa bilan qamrab olish mumkin. 
Agar chastotalar, mablag‘ yoki unisiyam va bunisiyam etishmasa 
(eng keng tarqalgan hol), u holda faqat simpleks aloqani ishlatish 
mumkin. Bunday holda abonentlar qurilmasi shunday qoladi, faqat 
unda bir xil qabul qilish va uzatish chastotalari dasturlashtiriladi. 


10 
Retranslyator sifatida oddiy abonentlar qurilmasi ishlatilishi mumkin. 
Ammo
u bir vaqtda qabul qila va uzata olmaydi, bu esa talab 
qilinmaydi (yuqorida ko‘rib chiqilganidek mumkin ham emas). 
Bunday retranslyatorning ishlashi uchun (u odatda simpleks 
retranslyator deyiladi) maxsus qurilma - simpleks retranslyator 
kontrolleri talab qilinadi. Qurilma qabul qilinadigan xabar efirda 
bo‘lguncha (yoki “tasma” tugaguncha) uni yozib oladigan raqamli
magnitofon hisoblanadi. Signal yo‘qolganidan keyin kontroller 
radiostansiyani uzatish rejimiga qayta ulaydi va yozib olingan xabar 
efirda qayta eshittiriladi. Shunday qilib, bitta chastota va bitta 
radiostansiya (dupleks emas) yetarli bo‘ladi. 
Usulning 
barcha 
oddiyligida 
va 
nisbatan 
arzonligiga 
qaramasdan, unda jiddiy kamchilik mavjud. Abonent xabarni aytishi 
va keyin uni efirda qayta eshittirilishini kutishi kerak. Shunday qilib, 
simpleks retranslyator ishlatilganida radio so‘zlashuvlarga dupleks 
rejim ishlatilganidagiga qaraganda ikki marta ortiq vaqt talab qilinadi. 
Agar mablag‘ va radiochastotalar miqdori aniqlovchi omil bo‘lsa va 
operativlikni yo‘qotilishiga ko‘nish mumkin bo‘ladi, u holda simpleks 
retranslyatorlarning qo‘llanilishi (yana ular «simplekserlar», «exo-
repiterlar», «kakkuqushlar» yoki «to‘tiqushlar» deyiladi) masalani hal 
etilishining eng oqilona yo‘li bo‘ladi. 
Shunday qilib, dupleks rejimi uzluksiz retransyalatsiyalashda, 
simpleks rejimi esa to‘g‘ri bevosita aloqada (retranslyatorlarsiz) yoki 
simpleks retranslyatsiyalashda ishlatiladi. 
Radioaloqa liniyasi bir necha yoki ko‘plab oraliqlardan iborat 
bo‘lishi mumkin, ularning chegaralarida radiosignallarni uzatish qabul 
qilish-uzatish qurilmalari jamlanmalari orqali ta’minlanadi. Bitta 
punktdan signallar boshqa punktda qabul qilinadi, kuchaytiriladi va 
keyin uchinchi punktga uzatiladi, u yerda yana kuchaytiriladi va 
to‘rtinchi punktga uzatiladi va h.k.. Radioliniyaning bunday qurilishi 
radioreleli aloqa liniyasi (1.4-rasm) deyiladi, uning shartli tasvirlanishi 
1.5-rasmda keltirilgan. 
Shunga o‘xshash tarzda aloqa yer sun’iy yo‘ldoshlari (1.6- rasm) 
orqali amalga oshiriladi. Bitta yer usti stansiyasidan signal yerning 
sun’iy yo‘ldoshida (ESY) qabul qilinadi, kuchaytiriladi va 
yo‘ldoshning uzatkichi orqali birinchi yer usti stansiyasidan katta 
masofalarda joylashgan boshqa yer usti stansiyasiga uzatiladi. 


11 
1.4-
rasm. Radioreleli aloqa liniyasining qurilishi 
RRL sun’iy yo‘ldoshli aloqa liniyalari kabi oxirgi punktlarda 
zichlashtirish apparaturasiga ega va malumotlar katta oqimlarini 
uzatishga imkon beradi. 
1.5-
rasm. Radioreleli aloqa liniyasining shartli tasvirlanishi 

Download 3,49 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish