7
Uzatkich, uzatuvchi antenna, to‘lqinlarning tarqalishi muhiti,
qabul qilish antennasi va qabullagichdan iborat kompleks
radioliniyani
hosil
qiladi.
1.2-rasmdan
ko‘rinib
turibdiki,
radioliniyalarda uzatuvchi antenna joylashgan punktdan qabullagich
joylashgan punktga ma’lumotlarni bir tomonlama uzatilishi amalga
oshiriladi. Teskari uzatish bu holda ko‘zda tutilmaydi.
Bir tomonlama uzatish ko‘pincha radioaloqada emas, balki ovoz
va TV uzatishda, matbuot agentliklari uchun ma’lumotlarni,
metrologik ma’lumotlarni, aniq vaqt, aniq signallarini uzatish
xizmatlarida va boshqalarda ishlatiladi. Qurilmalardan foydalanish
samaradorligini yaxshilash va radioliniyaning o‘tkazish polosasini
oshirish uchun zichlashtirish apparaturasi qo‘llaniladi (1.2- rasm).
Turli
1a–1n
ma’lumotlar
manbalari
signallaridan
2a–2n
o‘zgartirgichlar orqali o‘zgartirilgan yagona guruh signalini hosil
qiladi. Bu apparaturaning qabul qiluvchi qismi signallarni ajratadi,
ularni o‘zgartirishni amalga oshiradi (7a–7n), bundan keyin ular 8a-8n
iste’molchilarga beriladi. Bitta manbadan xabarlarni oluvchiga
uzatilishini ta’minlaydigan texnik vositalar majmui radioaloqa kanali
deyiladi. Radioliniyalar zichlashtirilgan radioaloqa tizimi ko‘p kanalli
radioaloqa deyiladi.
1.2-
rasm. Zichlashtirish apparaturali radioliniya
Ikkita punktlar orasida ma’lumotlarni almashlash uchun bir-
birlariga qarama-qarshi ishlaydigan ikkita bir tomonlama aloqa
qurilmalari jamlanmasi yordamida ta’minlanadigan ikki tomonlama
radioaloqa tashkil etiladi. Ikki tomonlama radioaloqaning har bir
oxirgi punktida ham uzatish, ham qabul qilish qurilmalari
joylashtiriladi. Manba va oluvchi odatda birlashtiriladi, shuningdek
ayrim hollarda uzatkich va qabullagich ham yagona qabul qilish-
Uz
ati
sh zic
hlashti
rish
appa
ra
tu
ra
si