• Yer sirti va atmosferasi hosil qiladigan halaqitlar.
  • Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi




    Download 3,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/117
    Sana29.05.2024
    Hajmi3,49 Mb.
    #257003
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   117
    Bog'liq
    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u

    Kosmik halaqitlar. 
    Yerdan tashqi manbalar hosil qiladigan 
    radionurlanishlar kosmik radionurlanishlar, bu nurlanishlar hosil 
    qiladigan halaqitlar esa kosmik halaqitlar deyiladi. 
    Radionurlanishlarning asosiy manbai unga ko‘plab diskret 
    manbalarning nurlanishlari qo‘shiladigan radionurlanish fonini hosil 
    qiladigan galaktika hisoblanadi. Quvvatli radionurlanishlar asosiy 


    19 
    manbalari Quyosh, Yupiter, Saturn, Venera, Oy, Yulduzlar 
    hisoblanadi. 
    Galaktikaning 
    radionurlanishlari 
    barcha 
    yo‘nalishlarda 
    kuzatiladi, lekin ayniqsa uning ekvotrial tekisligida galaktikaning 
    markaziga yo‘nalishda intensiv hisoblanadi. 
    Galaktikadagi halaqitlar 18 ÷ 30 MGs diapazonda eng intensiv 
    hisoblanadi. Bu halaqitlar sathi juda doimiy, lekin yerning aylanishi 
    hisobiga yer sirtining bu nuqtasida halaqitlar sathining sutkalik 
    o‘zgarishi kuzatiladi. 
    Quyosh va planetalarning radionurlanishlari galaktikaning 
    radionurlanishlariga qaraganda ikkinchi darajali ahamiyatga ega
    chunki u faqat antenna nurlanish manbaiga yo‘naltirilganida sezilarli 
    halaqitlarni hosil qiladi. 
    Quyoshning nurlanishi spektri murakkab va o‘zgaruvchan. 
    Nurlanish intensivligi Quyoshdagi portlashlar va qo‘zg‘alishlar 
    vaqtida keskin ortadi. Binobarin, bu eng kuchli qisqa to‘lqinlar 
    diapazonida namoyon bo‘ladi. 
    Yer sirti va atmosferasi hosil qiladigan halaqitlar. 
    Yer ham 
    radionurlanishlar manbai hisoblanadi. Yerning radionurlanishlari 
    Yerda joylashgan antennalar yoki Yer bilan aloqada kosmik kemalar 
    antennalarining yo‘naltirilganlik diagrammalari yon yaproqchalari 
    orqali qabul qilinishi mumkin. 
    Yerning issiqlik radionurlanishlaridan tashqari, halaqitlar Yer 
    atmosferasining nurlanishlari orqali hosil qilainadi. Fizikadan 
    ma’lumki, agar gaz qanday chastotada nurlanishni selektiv yutsa, u 
    holda u o‘sha chastotada nurlanishni chiqaradi. 
    Santimetrli to‘lqinlar diapazonida Quyosh nurlanishi kislorod va 
    suvning bug‘lari orqali yutiladi va qayta nurlantiriladi.
    Atmosfera shovqinlari 1000 ÷ 20000 MGs diapazonda namoyon 
    bo‘ladi. Bu diapazonda u galaktik shovqindan katta bo‘ladi va tashqi 
    shovqinlarning deyarli yagona turi hisoblandi. 

    Download 3,49 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   117




    Download 3,49 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    Download 3,49 Mb.
    Pdf ko'rish