20
jismning o‘lchamlari nurlantiriladigan tebranishlarning to‘lqin
uzunliklari bilan tenglashtirsa bo‘ladigan bo‘lishi kerak [4].
Kvazistatsionar tizimlarda bunday elementlar, masalan, uzunligi
to‘lqin uzunligiga qaraganda kichik bo‘ladigan induktivlik g‘altaklari,
kondensatorlar hisoblanadi, ular bo‘ylab tebranishlarning tarqalishini
hisobga olmasa ham bo‘ladi (juda qisqa to‘lqinlardan tashqari). Agar
bunda energiyaning issiqlik yo‘qotishlari
hisobga olinmasa, u holda
bunday tizimlarda tok va kuchlanish orasidagi fazalarning surilishi
90°ni tashkil etadi va bu tizimlar aktiv quvvatni yutmaydi, natijada
nurlantirmaydi ham. Agar u yoki bu tizim bo‘ylab
tebranishlarning
tarqalishi qandaydir vaqt oralig‘iga kechiksa, u holda tizimning
uchlarida 90
0
ga qo‘shimcha tok va kuchlanish orasidagi fazalarning
surilishi (
sos j
) paydo bo‘ladi.
sos j
noldan farqli bo‘lib qolishi bilan
tizim tok manbaidan energiyani iste’mol qiladi
va uni nurlantirishga
sarflaydi.
Uzunligini to‘lqin uzunligi bilan tenglashtirsa bo‘ladigan
o‘tkazadigan jism nurlantirish tizimi sifatida qo‘llanilishi eng qulay
bo‘ladi. Bu holda tok va kuchlanish orasidagi fazalarning surilishi
ortadi, bunda o‘tkazgichning nurlantirish qobiliyati ortadi.
Uzatuvchi antenna generator hosil qiladigan yuqori chastotalar
toklari energiyasini elektromagnit to‘lqinlar energiyasiga o‘zgartiradi.
Qabul
qiluvchi
antenna
teskari
vazifani
bajaradi,
qabullagichning chiqishida yuqori chastotalar kuchlanishini hosil
qiladi.
O‘zarolik tamoyiliga asosan istalgan
uzatuvchi antenna u qabul
qilish antennasi sifatida ishlatilganida konstruktiv jihatdan farqlanishi
mumkin bo‘lsada, o‘z asosiy xarakteristikalarini saqlaydi. O‘zarolik
tamoyili qabul qilish va uzatish antennalari qaytar xossasiga
egaligidan iborat. Har qanday antenna ham qabul qilish, ham uzatish
antennasi bo‘lishi mumkin. Antenna radiochastotalar energiyasini
qanchalik
yaxshi nurlantirsa, u shunchalik uni yaxshi qabul qiladi.
Modomiki, uzatish antennalarining nazariyasi va hisoblash usullari
oddiy va yaxshi ishlab chiqilgan ekan, u holda istalgan qabul qilish
antennasini uzatish antennasi sifatida hisoblash mumkin va o‘zarolik
tamoyiliga asosan olingan natijalarni qabul qilish rejimi uchun
qo‘llash mumkin.
Zamonaviy radioelektron apparaturalar millimetrning ulushlarida
o‘n minglab metrlardagi to‘lqin uzunliklari diapazonlarida ishlaydi.
Antennalarning konstruktiv o‘ziga
xos xususiyatlari, shuningdek
21
ularning xarakteristikalari sezilarli darajada antennalar ishlashi kerak
bo‘ladigan to‘lqinlar diapazonlariga bog‘liq bo‘ladi.
Vazifasi bo‘yicha antennalar shartli ravishda quyidagi turlarga
bo‘linadi:
−
radiouzatish tizimlarining antennalari;
−
radioaloqa stansiyalari (shu jumladan RRL) antennalari;
−
radiolokatsion antennalar;
−
televizion antennalar;
−
radioastronomik antennalar.
Bu guruhlardan har biri turli konstruktiv yig‘ilgan antennalarga
ega bo‘lishi mumkin.
Ishlash tamoyili va konstruktiv bajarilishi bo‘yicha
antennalar
quiydagilarga bo‘linadi:
−
simli (vibrator)
antennalar, ular ayrim hollarda diametrlari
to‘lqin uzunligi bilan tenglashtirsa bo‘ladigan ingichka simlar yoki
yo‘g‘on quvurlardan (to‘lqin uzunligiga taqqoslaganda) tayyorlanadi;
−
optik turdagi antennalar (metall oyna-reflektorlar va
linzalar);
−
akustik turdagi antennalar (metall ruporlar);
−
sirt to‘lqinlari antennalari (dielektrik antennalar, dielektrik
qoplamali yoki davriy tuzilmali metall sterjen yoki tekis antennalar);
−
tirqishli (difraksion) antennalar;
−
aylanadigan polyarizatsiyali elektromagnit to‘lqinlarni
nurlantiradigan antennalar (spiralli, xochsimon va boshqalar).
Ko‘plab antennalarda asosiy nurlantiruvchi elementlar sifatida
simmetrik vibratorlar qo‘llaniladi.