Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/117
Sana29.05.2024
Hajmi3,49 Mb.
#257003
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   117
Bog'liq
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u

Sanoat va atmosfera halaqitlari. 
Sanoat halaqitlari manbalari
birinchidan, ishlashi uchqunlash bilan bog‘liq bo‘ladigan turli xil 
elektr qurilmalar, ikkinchidan, qisqaroq to‘lqinli stansiyalarning ishchi 
diapazoniga tushadigan asosiy chastotaning yuqori garmonikalarini
nurlantiradigan radiostansiyalar hisoblanadi. Sanoat halaqitlari, 
ayniqsa 2000 ÷ 10000 m to‘lqinlar uzunliklarida halaqitlar maydoni 
kuchlanganligi 1000 mkV/mga yetadigan katta shaharlarda sezilarli 
bo‘ladi. Qisqaroq to‘lqinlarda sanoat halaqitlari kamayadi. 
Sanoat halaqitlari har bir holda maxsus o‘lchagichlar yordamida 
aniqlanadi. 
Sanoat halaqitlarini ularning vujudga kelishi joylarida ham 
radioto‘lqinlarni nurlanishiga, ham ularning ta’minot o‘tkazgichlari 
bo‘yicha tarqalishiga to‘sqinlik qiladigan filtrlash va ekranlashning 
qo‘llanilishi yo‘li bilan so‘ndirish amalga oshiriladi. 
Atmosfera halaqitlarining asosiy manbai yashinlar hisoblanadi. 
Yashin razryadi vaqtida aperiodik xarakterga yoki so‘nuvchi 
tebranishlar xarakteriga va 
t
 = 0,1 ÷ 3
msek uzunlikka ega bo‘lgan 
quvvatli tok impulsi vujudga keladi. Bunday impuls uzluksiz 
chastotalar spektrini hosil qiladi, binobarin, spektrning sinusoidal 
tashkil etuvchilari amplitudasini chastotaga teskari proporsional 
kamaytiradi. 
Eng katta amplituda qiymatiga
f
g
= 1
/
t

chastotada, ya’ni 
300 ÷ 10000 Gs diapazonda erishiladi. 
Yashin razryadi vaqtida vujudga keladigan turli uzunliklardagi 
radioto‘lqinlar mos diapazonlar to‘lqinlariga o‘xshash tarqaladi va 
qabulash qurilmalariga halaqitlar ko‘rinishida ta’sir qiladi. 
Atmosfera halaqitlariga o‘rta to‘lqinlar sohalarida va qisman 
qisqa to‘lqinlar sohalarida yotadigan diapazonlar eng ko‘p uchraydi.
UQT diapazonida atomsfera halaqitlarining ta’siri sanoat 
halaqitlari kabi sezilarli emas. 

Download 3,49 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   117




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish