-rasm: Intel Pentium va AMD AthlonX2 mikroprotsessorlari




Download 456.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana21.10.2023
Hajmi456.73 Kb.
#89534
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mustaqil ish. NAMUNA (1)
Qalmuratov B S , Inyatov A R , Bekturdiev M B , Oteev U A, 111111111111, 2-tema. Vektоr maydоn, 1 JN Variant Namuna (2), 1 mavzu, 8888888, tashakkurnoma xati, Табиий фанлар 4, Transformatorlar., 1-mavzu kirish. Cho’yan va po’lat ishlab chiqarish. Reja, sanoat korxonalarida elektr, Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fani maruza matni Yangi, KUMUSHBEGIM NAVOIY TRANS, Avtomobil elektr elektron jihozlari maruza matni
1-rasm: Intel Pentium va AMD AthlonX2 mikroprotsessorlari. 


Birinchi mikrosxemalar yaratilganidan bir necha yil o’tib, 1969 yilda Intel 
firmasi tomonidan ikki kilobit hajmga ega tezkor xotira mikrosxemasi yaratildi. 
Unda birinchi marta 10000 dan ortiq tranzistor bitta kristallga joylangan edi. 
Tezkor xotira qurilmasi bir turdagi xotira uyachalarining to’plami bo’lgani sababli 
ularni bitta mikrosxemaga joylash anchagina oson kechdi. Lekin kompyuterning 
boshqa qurilmalarini mikrosxema ko’rinishida ishlab chiqish bu qadar oson emas 
edi, bu qurilmalarda 
tranzistorlar xotira 
qurilmasidagi 
kabi 
regulyar 
(takrorlanuvchi) tarzda joylashgan emas. Bu mikrosxemalarning topologiyasini 
ishlab chiqish, ya’ni unda joylashtiriladigan minglab tranzistorlarning o’zaro 
joylashishi va bir-biri bilan bog’lanishini bexato amalga oshirish eng qiyin va 
tijorat tomonidan eng qimmat qadam edi. 
Oradan ikki yil o’tib, 1971 yil shu kompaniya 4004 markali birinchi 
mikrosxemaga joylangan protsessorni ishlab chiqdi. Bu mikrosxemalar keyinchalik 
mikroprotsessor deb atala boshlandi. Bu mikrosxemaga ikki mingdan ortiq 
tranzistor joylangan bo’lib, u to’rt razryadli markaziy protsessor edi, ya’ni u ikkilik 
sanoq sistemasidagi to’rt xonali sonlar ustida arifmetik va mantiqiy amallarni 
bajara olar edi. Bu mikroprotsessor mikrokalkulyatorlar yasash uchun 
mo’ljallangan edi. Lekin ularni buyurtirgan yapon firmalaridan biri buyurtmadan 
voz kechdi va bu mikroprotsessorlar ochiq savdoga chiqarib yuborildi. 
Raqamli elektronikaning bu yutug’i keng ommaga ma’lum bo’lib, katta 
shov-shuvga sabab bo’ldi. Oradan bir yil o’tib, kompaniya 1972 yil navbatdagi 
mikroprotsessorni, 
bu 
safar 
birinchi 
sakkiz 
razryadli 
8008 
rusumli 
mikroprotsessorni sotuvga chiqardi. Bu bevosita kompyuterlarda qo’llash uchun 
mo’ljallangan mikroprotsessor edi. Bu mikroprotsessor kompyuter arxitekturasi 
(uning tarkibiy tuzilishi va ichki tuzilmasi) ni butkul o’zgarishiga olib keldi. 1976 
yilda sotuvga chiqarilgan 8080 rusumli mikroprotsessor kompyuter olamida 
inqilob yasab, ommaviy shaxsiy kompyuterlarning paydo bo’lishiga olib keldi. Bu 
mikroprotsessor va uning analoglari (yoki klonlari, ya’ni uning o’rnini bosa 
oladigan, lekin boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan mikrosxemalar) 
Z80, KR580 va boshqalar asosida yaratilgan shaxsiy kompyuterlar bir necha yuz 


dollar narxda ommaviy ravishda sotila boshlandi. Bu kompyuterlarni kompyuter 
texnikasidan uzoq bo’lgan odamlar ham sotib ola boshladilar. Mikroprotsessorlarni 
boshqa kompaniyalar ham ishlab chiqara boshladilar. Ular orasida Zilog va 
Motorola kompaniyalarini alohida ta’kidlash lozim. 8080 mikroprotsessori va 
uning klonlari tarixda eng ko’p va eng uzoq ishlab chiqarilgan mikroprotsessor 
hisoblanadi. Ular XXI asrning boshida ham uchinchi dunyo davlatlari tomonidan 
ishlab chiqarilar edi. Unda bor-yo’g’i 6000 ta tranzistor bo’lib, uni ishlab chiqarish 
keyinchalik juda arzonlashib ketdi. Bir vaqtlar bir necha yuz dollar turgan bu 
mikroprotsessor oxirgi paytda donalab emas, balki kilogrammlab sotila boshlandi. 
Unga ko’plab dasturiy ta’minot ishlab chiqilganligi, sodda arxitekturasi, yangi 
dasturlar ishlab chiqish osonligi tufayli bu mikroprotsessorlar turli raqamli va 
maishiy buyumlar: printerlar, monitorlar, videomagnitafonlar, televizorlar, musiqiy 
markazlar, ossillograflar, liftlar, svetoforlar, avtomobillar, o’yinchoqlar, boshqarish 
va kuzatish tizimlarida hamda boshqa joylarda keng ishlatilgan. Oxirgi paytda 
boshqa umumiy va maxsus mikroprotsessorlarning arzonlashishi bilan bu 
mikroprotsessorning qo’llanishi to’xtadi. 
Intel protsessorlarining oilasi. (1-jadval 



Download 456.73 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 456.73 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm: Intel Pentium va AMD AthlonX2 mikroprotsessorlari

Download 456.73 Kb.
Pdf ko'rish