Mikroprotsessorning boshqa qurilmalar bilan bog’lanishi




Download 456.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana21.10.2023
Hajmi456.73 Kb.
#89534
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mustaqil ish. NAMUNA (1)
Qalmuratov B S , Inyatov A R , Bekturdiev M B , Oteev U A, 111111111111, 2-tema. Vektоr maydоn, 1 JN Variant Namuna (2), 1 mavzu, 8888888, tashakkurnoma xati, Табиий фанлар 4, Transformatorlar., 1-mavzu kirish. Cho’yan va po’lat ishlab chiqarish. Reja, sanoat korxonalarida elektr, Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fani maruza matni Yangi, KUMUSHBEGIM NAVOIY TRANS, Avtomobil elektr elektron jihozlari maruza matni
Mikroprotsessorning boshqa qurilmalar bilan bog’lanishi. 
MPning interfeys qismi MPni ShKning tizim shinasi vositasida bog‘lash va 
muvofiqlashtirish, shuningdek, amalga oshayotgan dastur komandalarini qabul 
qilib, dastlabki tahlildan o‘tkazish hamda operandlar va komandalarning to‘liq 
manzillarini shakllantirish uchun mo‘ljallangan. Interfeys qism o‘z tarkibiga 
MPXning manzilli registrlarini, manzil shakllantiruvchi uzelni, MPdagi 
komandalarning buferi sanaladigan komandalar registrlarining blokini, MPning 
ichki interfeys shinasini hamda kiritish-chiqarish portlari va tizim shinasini 
boshqarish sxemasini mujassam etadi. Kiritish-chiqarish portlari - ShKning tizim 
interfeysiga qarashli punktlar bo‘lib, MP ayni shu punktlar orqali boshqa 
qurilmalar bilan axborot almashinadi. MPda hammasi bo‘lib 65536 ta portlar 
bo‘lishi mumkin. Har bir port, xotira uyasining manziliga mos keluvchi manzilga, 
ya’ni port raqamiga ega. Ushbu manzil (port raqami) asosiy kompyuter 
xotirasining bir bo‘lagi emas, balki kiritishchiqarish qurilmasining ushbu portdan 


foydalanuvchi qismi sanaladi. Qurilma porti o‘z ichiga ma’lumotlar almashinuvi 
va boshqaruvchi axborot bilan almashinish uchun mo‘ljallangan ulash apparatlari 
va ikkita xotira registrini mujassam etadi. Ayrim tashqi qurilmalar almashinishi 
darkor bo‘lgan axborotning katta hajmini saqlash uchun asosiy xotiradan ham 
foydalanadi. 4-rasmda protsessorning tashkil etuvchi qismlari va uni tezkor xotira 
bilan kanday bog‘langanligi qo‘rsatilgan. Ushbu rasm asosida protsessor tarkibiga 
kirgan qurilmalarning bajaradigan vazifalari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 
4-rasm: Protsessorning tashkil etuvchi qismlari va uni tezkor xotira bilan 
qanday bog‘langanligi. 
Boshqarish qurilmasi - buyruqlarni xotiradan chaqirish va ularni qanday 
buyruqlar ekanligini aniqlash vazifalarini bajaradi.
Arifmetik-mantiqiy qurilma esa arifmetik - qo‘shish, ayrish, ko‘paytirish va 
mantiqiy - mantiqiy qo‘shish, mantiqiy ko‘paytirish, inkor kabi amallarni bajaradi. 
Kiritish-chiqarish portlari va tizim shinasini boshqarish sxemasi portlar bilan 
aloqa bog‘lash uchun yo‘riqlarning kodli shinasi (YKSh), manzillar va tizim 
shinasidagi ma’lumotlardan foydalanadi, ya’ni: MP portiga kirish mobaynida 
YKSh orqali signal uzatadi. Ushbu signal barcha kiritish-chiqarish qurilmalariga 
manzillarning kodli shinasidagi (MnzlKSh) manzil port manzili ekanligi haqida 
xabar beradi, so‘ngra xususan port manzilini uzatadi. Bunday signalni qabul qilib, 


port manzili mos tushgan qurilma ishga shay ekanligi haqida javob qaytaradi va 
shundan so‘nggina MKSh orqali ma’lumotlar almashinuvi ro‘y beradi. 
Xulosa 
Mikroprotsessorlarning rivojlanish tendensiyalari nomi mustaqil ishni 
bajarish davaomida men mikroprotsessorlarning rivojlanish bosqichlari, ularning 
yaratilish texnologiyalari haqida tushunchalarni oldim. Bugungi kunda zamonaviy 
kompyuterlarda qo`llanilayotgan, mikroprotsessorlar to`plamining arxitekturalarini 
o`rgandim. Intel va AMD firmalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan 
mikroprotsessorlarning texnik ko`rsatkichlari va buyruqlar turlarini tahlil qildim.
Zamonaviy 
kompyuterlarning 
asosiy 
texnik 
qurilmasi 
sifatida 
kikroprotsessorlarning tarkibiy va funksional strukturasini tuzilishini o`rganib, 
o`zimning mikroprotsessorlar haqida tushunchalarimni yanada boyitdim. 

Download 456.73 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 456.73 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mikroprotsessorning boshqa qurilmalar bilan bog’lanishi

Download 456.73 Kb.
Pdf ko'rish