• Switchconf t
  • Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al xorazmiy nomidagi




    Download 1,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/27
    Sana06.12.2023
    Hajmi1,98 Mb.
    #112069
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
    Bog'liq
    Farxidinova Dildora77

    3.1.1. Kommutatorni sozlash 
    Dastlab 2- VLANni shakllantiramiz. Kommutator bo‘yicha sichqonaning chapki 
    tugmasini ikki marta bosing. Ochilgan oynada CLI qo‘yilmasiga o‘ting. Siz konsollar oynasini 
    ko‘rasiz. Komandalarni kiritish uchun Enter tugmasini bosing. Enable komandasini bajarish blan 
    imtiyozli rejimga o‘tamiz: 
    Switch>en 


    Yashirish bo‘yicha barcha PKlar 1- VLANga birlashtirildi. Biz rejalashtirgan tarmoqni 
    yig‘ish uchun kommutatorda yana ikkita VLANlarni (2 va 3) yaoatamiz. Buning uchun imtiyozli 
    rejimda konfiguratsiyalash rejimiga o‘tish uchun quyidagi komandani bajaring: 
    Switch#conf t 
    3- rasm. VLAN2ni shakllantirish uchun komandalar listingi 

    Endi VLAN 2 komandasini kiritamiz. Bu komanda bilan siz kommutatorda 2 raqamli 
    VLANni yaratasiz. Switch (config)# kiritish ko‘rsatkichi Switch (config-vlan)# ko‘rsatkichga 
    almashtiriladi, bu siz butun kommutatorni emas, balki faqat bitta VLANni, bu holda 2 raqamli 
    VLANni konfiguratsiyalashingizni bildiradi (3- rasm). 
    VLAN2 komandasi orqali, biz kommutatorda yangi 2 raqamli VLANni yaratamiz. 
    name subnet_5 komandasi 2 raqamli virtual tarmoq subnet_5 nomini tayinlaydi. interface 
    range fast Ethernet 0/1-3 komandasini bajarish bilan biz kommutatorning fastEthernet 0/1, 
    fastEthernet 0/2 va fastEthernet 0/3 interfeyslarini konfiguratsiyalashga o‘tamiz. Bu 
    komandadagi range so‘zi biz bitt port emas, balki portlar diapazonini konfiguratsiyalashimizni 
    bildiradi. 
    switch port mode access komandasi kommutatorning tanlangan portini ulanish porti 
    (access port) sifatida konfiguratsiyalaydi. switch port access vlan 2 komandasi bu port 2 raqamli 
    VLAN uchun port ekanligini ko‘rsatadi. 
    exit komandasini ikki marta bosish bilan konfiguratsiyalash rejimidan chiqing va sh vl 
    br komandasini bajarish bilan konfiguratsiyalash natijasini ko‘rib chiqing (3.2- rasm). Ko‘rib 
    turibmizki, kommutatorda 2 raqamli va subnet_5 nomli VLAN paydo bo‘ldi, uning ulanish 
    portlari fastEthernet 0/1, fastEthernet 0/2 va fastEthernet 0/3 hisoblanadi. 

    Download 1,98 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




    Download 1,98 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al xorazmiy nomidagi

    Download 1,98 Mb.
    Pdf ko'rish