Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent




Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/128
Sana19.12.2023
Hajmi3,33 Mb.
#123541
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   128
Bog'liq
A9k4uhxO3YwZ1v7e4Zqkca5zrFHjWA2dl3HCizPL

Kiberetika – kompyuterlar bilan bog‘liq falsafiy soha bo‘lib, 
foydalanuvchilarning xatti-harakatlari, kompyuterlar nimaga 
dasturlashtirilganligi, umuman insonlarga va jamiyatga qanday ta’sir 
ko‘rsatishini o‘rganadi. Kiberetika masalalariga quyidagi misollarni 
keltirish mumkin: 
− Internetda boshqa odamlar to‘g‘risidagi shaxsiy ma’lumotlarni 
(masalan, onlayn holatlar yoki GPS orqali joriy joylashuvni) uzatish 
joizmi? 
− foydalanuvchilarni soxta ma’lumotlardan himoya qilish 
kerakmi? 
− raqamli ma’lumotlarga kim egalik qiladi (musiqa, filmlar, 
kitoblar, web-sahifalar va boshqalar) va ularga nisbatan 
foydalanuvchilar qanday huquqlarga ega?; 
− onlayn qimor va pornografiya tarmoqda qanday darajada bo‘lishi 
kerak? 
− Internetdan foydalanish har bir kishi uchun mumkin bo‘lishi 
kerakmi? 


23 
Mulk. Axborotdan foydalanishdagi etikaga oid munozaralar uzoq 
vaqtdan beri mulkchilik tushunchasini tashvishga solmoqda va 
kiberetika sohasidagi ko‘plab to‘qnashuvlarga sabab bo‘lmoqda. 
Egalikka oid nizolar egalik huquqi buzilgan yoki noaniq bo‘lgan 
hollarda yuzaga keladi. 
Intellektual mulk huquqlari. Internet tarmog‘ining doimiy ravishda 
o‘sib borishi va turli ma’lumotlarni zichlash texnologiyalarining 
(masalan, mp3 fayl formati) paydo bo‘lishi “peer-ro-peer” fayl 
almashinuviga katta yo‘l ochdi. Bu imkoniyat dastlab Napster kabi 
dasturlar yordamida amalga oshirilgan bo‘lsa, endilikda BitTorrent kabi 
ma’lumotlarni uzatish protokollarida foydalanilmoqda. Uzatilgan 
musiqalarning aksariyati mualliflik huquqi bilan himoyalangan bo‘lsada, 
mazkur fayl almashinuvi noqonuniy hisoblanadi.
Hozirgi kunda aksariyat elektron ko‘rinishdagi media fayllar 
(musiqa, audio va kinofilmlar) intelektual mulk huquqlariga rioya 
qilinmasdan ommaga tarqalmoqda. Masalan, aksariyat katta mablag‘ 
sarflangan kinofilmlarning “qaroqchilarcha (piratskiy)” versiyasining 
chiqishi bois o‘z sarf xarajatlarini qoplay olmaslik holatlari 
kuzatilmoqda.
Bu holatni dasturiy ta’minotlarda ham ko‘rish mumkin. Masalan, 
aksariyat dasturlar litsenziyaga ega hisoblansada, turli usullar yordamida 
ularning “darz ketgan (crack)” versiyalari amalda keng qo‘llaniladi. 
Masalan, litsenziyaga ega bo‘lmagan Windows 10 OT, antivirus dasturiy 
vositalari, ofis dasturiy vositalari va h.k. 
Mualliflik huquqini himoyalashning texnik vositalari. Mualliflik 
huquqini ta’minlashda turli himoya usullaridan foydalaniladi. Ular 
CD/DVD disklardagi ma’lumotlarni ruxsatsiz ko‘chirishdan 
himoyalashdan tortib oddiy PDF fayllarni tahrirlash imkoniyatini 
cheklash kabi jarayonlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Shu bilan birga, 
aksariyat insonlar litsenziyali CD diskni sotib olib, undan ko‘chirish 
imkoniyatiga ham ega bo‘lishim mumkin deb o‘ylaydilar.
Xavfsizlik. Internet tarmog‘idagi axborotdan xavfsiz foydalanish 
axloqiy munozaralar mavzusi bo‘lib kelmoqda. Bu birinchi navbatda 
jamoat faravonligini himoya qilish yoki shaxs huquqini himoya qilish 
masalasini o‘rtaga qo‘yadi. Internet tarmog‘idan foydalanuvchilar 
sonining ortishi, shaxsiy ma’lumotlarning ko‘payishi natijasida 
kiberjinoyatlar soni ortmoqda. 
 
Ishonchlilik. Internetning mavjudligi va ba’zi bir shaxs yoki 
jamoalar tabiati tufayli ma’lumotlarning ishonchliligi bilan shug‘ullanish 


24 
muammoga aylanmoqda. Boshqacha aytganda, Internetdagi 
ma’lumotlarning ishonchliligiga kim javob beradi? Bundan tashqari, 
Internetdagi ma’lumotlarni kim to‘ldirishi, undagi xatolar va 
kamchiliklar uchun kim javobgar bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida ko‘plab 
tortishuvlar mavjud. 
Foydalanuvchanlik, senzura va filtrlash. Foydalanuvchanlik, 
senzura va axborotni filtrlash mavzulari kiberetika bilan bog‘liq ko‘plab 
axloqiy masalalarni qamrab oladi. Ushbu masalalarning mavjudligi 
bizning maxfiylik va shaxsiylikni tushunishimizga va jamiyatdagi 
ishtirokimizga shubha tug‘diradi. Biror qonun qoidaga ko‘ra 
ma’lumotlardan foydalanishni cheklash yoki filtrlash asosida ushbu 
ma’lumotni tarqalishini oldini olish foydalanuvchanlikka ta’sir qilishi 
mumkin. Senzura ham past darajada (masalan, kompaniya o‘z xodimlari 
uchun) yoki yuqori darajada (hukumat tomonidan xavfsizlikni 
ta’minlash uchun amalga oshirilgan) bo‘lishi mumkin. Mamlakatga 
kiruvchi ma’lumotlarni boshqarishning eng yaxshi misollaridan biri - 
“Buyuk Xitoy Fayrvoli” loyihasi.
Axborot erkinligi. Axborot erkinligi, ya’ni, so‘z erkinligi, shu bilan 
birga ma’lumotni qidirish, olish va uzatish erkinligi kiberhujumda kimga 
va nimaga yordam beradi degan savol tug‘iladi. Axborot erkinligi 
huquqi, odatda, jamiyat yoki uning madaniyatiga ta’sir ko‘rsatadigan 
cheklovlarga bog‘liq. Cheklovlar turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. 
Masalan, ayrim mamlakatlarda Internet ommaviy axborot vositalaridan 
foydalanishning bir shakli hisoblanib, undan barcha davlat rezidentlari 
foydalanadilar. Bundan tashqari, Internetdan foydalanish bo‘yicha 
cheklovlar ayrim davlatlarning turli shtatlarida farq qilishi mumkin. 
Raqamli to‘siqlar. Axborot erkinligi bilan bog‘liq axloqiy 
masalalardan tashqari, raqamli to‘siq deb ataluvchi muammo turi 
mavjud bo‘lib, u kiberfazodan foydalanish imkoniyati cheklanganlar 
o‘rtasidagi ijtimoiy tafovutni anglatadi. Dunyo mamlakatlari yoki 
mintaqalari o‘rtasidagi bu tafovut global raqamli to‘siq deb ataladi.
Taqiqlangan kontentlar (pornografiya). Internet tarmog‘ida 
mavjud bo‘lgan taqiqlangan kontentlarni voyaga yetmaganlar tomonidan 
foydalanish doimo axloqiy munozaralarga sabab bo‘lgan. Ayrim 
davlatlarda bunday kontentlardan foydalanish qat’iy taqiqlansa, ayrim 
davlatlarda bunga ruxsat berilgan. 
Qimor o‘yinlari. Bu muammo ham etik masaladagi 
munozaralardan biri, uni kimlardir zarar deb hisoblasa, yana kimlardir 
ularga qonun aralashuvini yoqtirmaydilar. O‘z navbatida tomonlar 


25 
orasida “Qaysi turdagi o‘yinlarga ruxsat berish kerak? Ular qayerda 
o‘tkazilishi kerak?” degan savollar keng munozaralarga sabab 
bo‘lmoqda. Hozirda aksariyat davlatlarda bu turdagi o‘yinlarga qonuniy 
ruxsat berilgan bo‘lsa, qolganlarida qat’iy cheklovlar mavjud. 
Kompyuterdan foydalanish etikasi. Kompyuterdan foydalanish 
etikasi instituti notijoriy tashkilot bo‘lib, vazifasi texnologiyani axloqiy 
nuqtai nazaridan targ‘ib qilish hisoblanadi. Ushbu tashkilot tomonidan 
quyidagi 10 ta etika qoidalari keltirib o‘tilgan: 
− shaxsiy kompyuteringizdan boshqalarning zarariga 
foydalanmang; 
− boshqa foydalanuvchilarning kompyuter ishlariga xalaqit 
bermang; 
− boshqa foydalanuvchilarning kompyuter fayllariga qaramang; 
− o‘g‘irlik maqsadida kompyuterdan foydalanmang; 
− yomonlik maqsadida kompyuterdan foydalanmang; 
− o‘z pulingizga sotib olmagan dasturdan foydalanmang va nusxa 
ko‘chirmang; 
− birovning kompyuteridan ruxsatsiz foydalanmang; 
− birovlarni intellektual mehnati samarasiga zarar yetkazmang; 
− siz yaratgan dasturning ijtimoiy oqibati haqida o‘ylang; 
− o‘z kompyuteringizdan boshqalarga nisbatan ongli va hurmat 
bilan foydalaning. 
Axborotdan oqilona foydalinish kodeksi. Axborotdan oqilona 
foydalanish kodeksi buxgalteriya tizimiga qo‘yiladigan talablarni 
ta’kidlaydigan beshta tamoyilga asoslanadi. Ushbu talablar AQSh 
sog‘liqni saqlash va insonlarga xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan 
1973-yilda kiritilgan: 
− shaxsiy ma’lumotlarni to‘playdigan tizimlar bo‘lmasligi kerak;
− har bir kishi tizimda u to‘g‘risida qanday ma‘lumotlar 
saqlanishini va undan qanday foydalanilishini boshqarishi kerak; 
− har bir kishi o‘zi to‘g‘risida to‘plangan ma’lumotlardan 
belgilangan maqsadda foydalanilishini nazoratlash imkoniyatiga ega 
bo‘lishi kerak; 
− har kim o‘zi haqidagi ma’lumotlarni to‘g‘rilashi kerak;
− shaxsiy ma’lumotlar sirasiga kiruvchi ma’lumotlar to‘plamini 
yaratish, saqlash, ishlatish yoki tarqatish bilan shug‘ullanadigan har bir 
tashkilot ushbu ma’lumotlardan faqat belgilangan maqsadlar uchun 


26 
foydalanilishni ta’minlash va boshqa maqsadlarda foydalanilishga qarshi 
choralar ko‘rishi kerak. 

Download 3,33 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   128




Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent

Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish