modelini yaratish, resurslarning kengaytirilgan
qidiruv tizimini
yaratish, raqamli resurslarni saqlash orqali loyiha amalga oshirila
boshladi. Iqtisodiy jihatdan mablag6 bilan ta’minlanish, ELib das-
turini yaratilishiga olib keldi. Bu 60 ga yaqin loyihalarni o‘z ichiga
oldi. Ko‘pgina loyihalar ma’lum bir vazifalarni bajarishda bir-birini
to‘ldirdi.
Mazkur loyihalar, xalqaro miqyosda raqamli kutubxona
lar barpo etishda bir-biri bilan hamkorlikda faoliyat olib bordi.
*Gallica (Fransiya)1 Fransiya milliy kutubxonasining De
l’Homme muzeyi, Pera Loti uyi bilan hamkorlikda yaratilgan In-
ternet-server bo‘lib, on-layn qidiruvni sinovdan o‘tkazish uchun
yaratilgan. Gallica 2000 BnFrance
raqamli kutubxonasi XX asr
boshi o‘rta asrlarga taalluqli multimedia hujjatlarining eng oxirgi
versiyasi hisoblanadi.
*Global-Tnfo: Germ an Digital Libraries Program (Germaniya)2
— Nemis raqamli kutubxonalar yaratish dasturi. Raqam
li kutubxonalar yaratish Konsepsiyasi Germaniya davlatining
1996—2000-yiIlarga moMjallangan
axborot infrastrukturasiga
kiritilgan edi. Global-Info grant loyihasi Axborot va kommunikat-
sion Komissiyasi hamkorligidagi ilmiy jamiyatlarining texnologik
rivojlanishi tadqiqotlari doirasida amalga oshirilgan.
Bu barcha
tadqiqotchilarga adabiyotlardan foydalanishga, tadqiqot natijalari,
boshqa axborotlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri, to‘siqlarsiz ega bo‘lishlikni
ta’minlashdan iborat. M azkur dastur doirasidagi loyihaga davlat
tomonidan 60 mln. Nemis markasi ajratiladi. Nemis raqamli ku-
tubxonalarini yaratish dastur loyihalari 1998-yildan boshlab 6 yil
davom etib, mazkur dasturga bir qancha
nemis kutubxonalari va
axborot markazlari jalb etilgan.
*Digital Image Arxiv(ApxHB цифровых изображений)3
(Avstriya) «Suratlarning raqamli arxivi» loyihasi Avstriya Milliy
kutubxonasi tomonidan amalga oshirilgan. M azkur loyiha por-