• Lokal raqamli kutubxona faoliyati
  • «BDB: BIBSYS Digital Library», available from http://www.bibsys.no/




    Download 5,22 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet122/128
    Sana14.05.2024
    Hajmi5,22 Mb.
    #230930
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   128
    Bog'liq
    Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I

    1 «BDB: BIBSYS Digital Library», available from http://www.bibsys.no/
     
    BDB/eng/.


    balardagi tarixiy hujjatlarning tavsifi, bibliografik ma’lumotlariga 
    ega bo‘lish, raqamli foydalanish imkoniyatini yaratdi.
    Lokal raqamli kutubxona faoliyati
    Yevropada bunday faoliyatning ikki turi mavjud: ulardan 
    biri tarm oq orqali barcha kutubxona xizm atlari turlarini o‘z 
    ichiga oladi, ikkinchisi kutubxonaning raqamli faoliyatiga ja- 
    vobgardir. Bugungi kunda keltirib o‘tilgan ikkala tur ham keng 
    tarqalgan.
    *Raqamli kutubxonalar bo‘yicha Yevropa konferensiyasi — Eu­
    ropean Conference on Digital Library (ECDL) ilk bor 1996-yil- 
    da tashkil etildi. Keyingi yillarda mazkur konferensiya texnika- 
    viy, tashkiliy va ijtimoiy masalalarga bag'ishlangan Yevropaning 
    bosh forumiga aylandi. Bu ta’lim tizimini media va axborot bi­
    lan ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, Germaniya Fan va ta’lim 
    vazirligi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Asosiy e’tibor Fan va 
    ta’lim vazirligi, Germaniya tadqiqotlar instituti, individual nemis 
    federal yerlari va boshqa ilmiy tadqiqot institutlarini faoliyatini 
    moliyalashtirishga bag1 ishlanadi.
    Yevropada raqamli kutubxonalarning rivojlanish faoliyati­
    ni kuzatar ekanmiz, raqamli kutubxonalar yaratish bo‘yicha 
    ko'pgina boshiang'ich loyihalar dastlab madaniy merosni 
    saqlashga yo‘naltirilgani, keyingi bosqichlarda ijtimoiy gumani- 
    tar, matematika va boshqa ko‘pgina sohalarga e’tibor qaratilgani, 
    bularning orasida, ayniqsa, tarixiy hujjatlarni raqamlashtirish 
    muhim o‘rin tutgani haqida xulosaga kelish mumkin. Shuning- 
    dek, raqamli kutubxonalarni rivojlanishi bilan ko‘pgina jabha- 
    lar qamrab olina boshlagan. Kutubxonalarda mavjud qadimiy 
    kolleksiyalarni internet orqali foydalanishga taqdim etish orqali 
    tadqiqotchilar, keng ommani bahramand etish kabi maqsadni 
    ko‘zlaganlar.
    Ko‘pgina raqamli kutubxonalar loyihasi Milliy kutubxonalar­
    ning milliy tillardagi kolleksiyalariga bag‘ishlangan, bu albatta o‘z 
    navbatida barcha tillar va madaniy qadriyatlarni saqlanishiga xiz­
    mat qiladi. Shu bilan bir qatorda boshqa til va madaniy qadriyatlar 
    vakillari uchun foydalanishga taqdim etish maqsadida, umumiy
    194


    tillarga o‘giriladigan sahifalarning mavjud bo‘lishiga e’tibor qa- 
    ratilgan. Bunda asosan, qadimda yaratilgan noyob kitoblar, qim- 
    matbaho materiallarga alohida e’tibor qaratilishi, raqamlashtirish 
    obyekti bo‘lib: noyob kitoblar, qadimiy qolyozmalar tanlangani 
    ahamiyatlidir. Masalan, jahonda atigi 4 dona nusxaga ega bo‘lgan, 
    1450-yilda pergamentda Gutenberg tomonidan kitob nashr etish 
    kashf etilganda chop etilgan «Bibliya» originali ilmiy-amaliy tad- 
    qiqotlar olib borish va «birinchi real kitob»ni his etish maqsadida, 
    Gettingen davlati va universitet kutubxonasi «Guttenberg» loyiha- 
    sini 1999—2002 yillarda amalga oshirdi. Loyihani amalga oshirish 
    jarayonida raqamlashtirish ishlari olib borilib, Guttenbergning 
    Bibliyasi Internet orqali kitobxonlarga taqdim etildi. Shuningdek, 
    Britaniya kutubxonasi tomonidan Bibliyaning ikkala nusxasi ham 
    raqamlashtirilib taqdim etildi. Bu esa foydalanuvchilar uchun foy­
    dalanish hamda taqqoslash imkoniyatini yaratdi.
    D aniil Grinshteyn va Raqamli kutubxona Federatsiyasi- 
    ning (D LF) sobiq direktori Syuzanna Ye.Torinlar tomonidan 
    yozilgan «Raqamli kutubxona: biografiyasi» kitobida raqamli 
    kutubxona rivojlanishi 3 bosqichga b o lin ad i: yosh raqamli ku­
    tubxona, o‘rta yoshdagi raqamli kutubxona va yetuk raqamli 
    kutubxona. M azkur material AQSHdagi D L F tashkiloti va- 
    killarini so‘rovnomasi asosida yaratilgan bo'lsada, Yevropada- 
    gi raqam li kutubxonalar rivojlanishining analogik rivojlanish 
    bosqichlarini o‘tdi.
    Kutubxonalarni raqamlashtirish bo'yicha deyarli barcha loyi- 
    halar o‘tgan asr oxirida yakunlandi. Bugungi kunda ham bu 
    borada tadqiqotlar davom etmoqda, shu kabi loyihalar qo‘llab- 
    quvvatlanib, o‘z amaliy davomiga ega bo‘lmoqda.
    Yevropada raqamli kutubxonalar kutubxonalarning axborot 
    infrastrukturasiga aylandi. 0 ‘zaro bog‘liqligi, ko‘ptilliligi, multi- 
    medialiligi Yevropa raqamli kutubxonalari faoliyatining tenden- 
    siyasiga aylandi.
    Hozirda 0 ‘zbekistonda raqamli kutubxonalar yaratish bo‘yicha 
    bir qator loyihalar bajarilayapti. Xususan, Toshkent axborot 
    texnologiyalari universiteti «Axborotlashtirish va kutubxonashu- 
    noslik» ta ’lim yo‘nalishi bitiruvchilarining bitiruv malakaviy ish-
    195


    lari va magistrlik dissertatsiyalari doirasida elektron kutubxonalar 
    yaratish metodikasi tadqiq etilib, shoir va yozuvchilar, olim va 
    tadqiqotchilarning elektron kutubxonalarini yaratish, shuningdek, 
    turli fan sohalariga, jum ladan, fizika, kimyo, axborot texnologi- 
    yalari, mashinasozlik, adabiyotshunoslik, qishloq xo‘jaligi va h.k. 
    sohalarga oid resurslarning to‘liq matnli m a’lumot bazalarini 
    yaratish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur yaratilgan resursla­
    rini «Ziyonet», Elektron ta’lim tizimi va Alisher Navoiy nomidagi 
    0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasi axborot resurslarida hamda OTM 
    yoki uning bo‘linmalari saytlari resurslarida joylashtirish ishlari 
    amalga oshirilmoqda.
    Axborot-kutubxona muassasalari oliy ta’lim muassasalari 
    tarkibiy tuzilmasining bir qismi hisoblanib, oliy ta’limning rivoj- 
    lanish tendensiyalari bilan hamnafas holda shakllanishi, rivoj­
    lanishi hamda zamonaviy ta’lim jarayonida yetakchi o'rinlardan 
    birini egallashi lozim.

    Download 5,22 Mb.
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   128




    Download 5,22 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «BDB: BIBSYS Digital Library», available from http://www.bibsys.no/

    Download 5,22 Mb.
    Pdf ko'rish