Bayram davom etmoqda




Download 20,07 Kb.
Sana05.02.2024
Hajmi20,07 Kb.
#151851
Bog'liq
Qirg`iziston


Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdialiyev boshchiligidagi delegatsiya Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Delegatsiyasi a'zolari M. Adishev nomidagi O‘sh texnologiyalari universitetining 60-yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlar, ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etadi.
Ayni paytda O‘sh texnologiyalar universitetining 60-yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazilmoqda.
Unda Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdialiyev so‘zga chiqib, O‘sh texnologiyalari universiteti bilan amalga oshirilayotgan hamkorlik aloqalari haqida to‘xtaldi. Shuningdek universitet jamoasini barcha Andijon mashinasozlik instituti jamoasi nomidan bayram bilan tabriklab, esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Bayram davom etmoqda.
Tadbirdan so‘ng delegatsiyasi a'zolari tushlikdan so‘ng o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanda o‘zlarining ma'ruzalari bilan ishtirok etishadi.
Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdialiyev boshchiligidagi delegatsiya Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Delegatsiyasi a'zolari M. Adishev nomidagi O‘sh texnologiyalari universitetining 60 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etmoqda
AndMI rektoriga Oʻzgan xalqaro texnologiya va taʼlim instituti faxriy professori unvoni berildi

Joriy yilning aprel oyida Andijon mashinasozlik instituti hamda Oʻsh texnologiyalar universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Memorandum doirasida oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida ilmiy hamda madaniy sohalarda hamkorlik qilish, professor-oʻqituvchilar, talabalar almashinuvi, qoʻshma taʼlim dasturini yoʻlga qoʻyish, birgalikda xalqaro loyihalarni amalga oshirish koʻzda tutilgan edi.

Shu kunga qadar bir necha marotaba Andijon mashinasozlik instituti professor-oʻqituvchilari va talabalari Oʻsh texnologiyalar universitetida, Universitet professor-oʻqituvchilari va talabalari institutimizda boʻlishib, ilmiy-amaliy konferensiyalar, dars mashgʻulotlarida ishtirok etishdi.

Bugun Oʻsh texnologiyalar universitetida muassasa 60 yilligi munosabati bilan universitetning Oʻzgan xalqaro texnologiya va taʼlim instituti hamda Andijon mashinasozlik instituti vakillari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda institut direktori Zamirbek Zulpuyev soʻzga chiqib, ikkala oliy taʼlim muassasalari hamkorligi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, oʻrtadagi doʻstona munosabatlar koʻlami yildan-yilga kengayib, oʻz natija va samaralarini yuzaga chiqarishiga ishonishini bildirdi.

Uchrashuv yakunida Zamirbek Zulpiyev Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdialiyevga ilmiy va oliy taʼlim sohasidagi yuqori darajadagi hamkorlik aloqalari uchun institut ilmiy kengashining qarori bilan Oʻzgan xalqaro texnologiya va taʼlim institutining faxriy professori unvoni berilganini bildirib, diplomni tantanali ravishda topshirdi.


Xabaringiz bor kuni kecha Andijon mashinasozlik instituti hamda O‘sh texnologiyalar universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolangan edi. Memorandumga ko‘ra oliygohlar o‘rtasida ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy, madaniy, turizm sohalarida hamkorlik qilish ko‘zda tutilgan.

Bugun, 19-aprel kuni O‘sh texnologiyalar universiteti talabalari talabalar almashinuvi hamda turizm doirasida Andijon shahriga tashrif buyurdi. Dastavall mehmonlar institutimizda tantanali kutib olingan bo‘lsa, shundan so‘ng institut bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi.


Xabaringiz bor kuni kecha Andijon mashinasozlik instituti hamda O‘sh texnologiyalar universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolangan edi. Memorandumga ko‘ra oliygohlar o‘rtasida ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy, madaniy, turizm sohalarida hamkorlik qilish ko‘zda tutilgan.

📆Bugun, 19-aprel kuni O‘sh texnologiyalar universiteti talabalari talabalar almashinuvi hamda turizm doirasida Andijon shahriga tashrif buyurdi. Dastavall mehmonlar institutimizda tantanali kutib olingan bo‘lsa, shundan so‘ng institut bo‘ylab ekskursiya tashkil qilinib talabalarga yaratilgan sharoitlar tanishtirildi.

📌Shuningdek viloyatimizning bir qator diqqatga sazovor hamda tarixiy maskanlariga sayohat uyushtirildi.
Andijon mashinasozlik instituti delegatsiyasi Oʻsh texnologiyalar universitetiga yetib bordi

Bugun erta tongdan Andijon mashinasozlik instituti professor-oʻqituvchilari va talabalaridan tuzilgan delegatsiya Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh shaxriga joʻnab ketgan edi. Oʻsh texnologiyalar universiteti raxbariyati ularni “Doʻstlik” chegara postida kutib oldi. Batafsil ma’lumotni ushbu videorolik orqali koʻrishingiz mumkin


Xabaringiz bor institutimiz delegatsiyasi 18-may kuni O'sh texnologiyalar universiteti taklifiga binoan "Do'stlik kuni" tadbirlari doirasida O'sh shahriga jo'nab ketgan edi. Kun davomida institutimiz vakillari universitetda kutib olinib, shundan so'ng O'zgan shahrida joylashgan O'sh texnologiyalar universitetining O'zgan xalqaro instituti hamda shaharning tarixiy maskanlariga tashrif buyurdilar
Xalqaro hamkorlik doirasida Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universitetining 10 nafar professor-o‘qituvchilaridan iborat delegatsiya Andijon mashinasozlik institutiga tashrif buyurdi. Delegatsiyani instititut rektori boshchiligidagi institut administratsiyasi kutib oldi.

🔗 Tashrif Avtomobilsozlik fakulteti majlislar zalida davom etib, unda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda shartnomalar imzolash bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

🔰 Shuningdek tashrif davomida delegatsiya vakillari institut moddiy-texnika bazasi, laboratoriya jihozlari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi.

〽️ Tashriflar davomida delegatsiya tarkibidagi professor-o‘qituvchilarning “o‘qituvchilar almashinuvi” dasturi bo‘yicha institutimiz talabalariga dars soatlari o‘tishi belgilangan.


Kuni kecha institutga Qirg‘iziston Respublikasida yagona hisoblangan Qizg‘iz iqtisodiyot universiteti rektori Kadiraliyev Almaz Toktobekovich hamda universitetning Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Rustam Kenjayevlardan iborat delegatasiya tashrif buyurdi.
Download 20,07 Kb.




Download 20,07 Kb.