tretlar to‘plamlari, suratlar arxivi,
Fidei commissB kutubxonasi
bilan birgalikda amalga oshirilgan. Avstriya Milliy kutubxonasi
1,5 million tarixiy fotosuratlarni, Avstriya tarixiga oid bo‘lgan
portretlar,
arxitektura, topografiyalarni raqamlashtirish, asosiy
maqsad sifatida esa arxivlardagi raqamli suratlarni effektiv mode-
lini yaratishdan iborat. Loyiha 1999 va 2001-yillarni o‘z
ichiga
oladi.
* BIBSYS raqamli kutubxona (Norvegiya)1 — Mazkur loyi
ha 1998-yildan 3 yil davom etib, Norvegiya milliy raqamli
kutubxonalarini barpo etishga bag'ishianadi.
Loyihaning asosiy
maqsadi oliy ta’lim doirasida Norvegiya foydalanuvchilarini yan
gi va mavjud xizmatlarni integratsiyalash orqali raqamli axborot
resurslariga ega bo‘lishlikni ta’minlashdan iborat.
Yana ko‘plab: Muisti — fin milliy kolleksiyasini raqamlashti
rish va tarmoq orqali taqdim etish loyihasi (Finlyandiya), Daniya
madaniy merosini raqamlashtirish loyihasi Shvetsiya qirollik ku
tubxonasi va Shvetsiya Milliy kutubxonasining shved nashrlarining
raqamli kolleksiyasini yaratish va internet
orqali foydalanishga
taqdim etish loyihasi — shved elektron nashrlari kolleksiyalarini
yaratilishi va bugungi kun va kelajak avlodga taqdim etilishiga
tamal toshini qo‘ydi.
*Memoria (Ispaniya) — Ispaniya xotirasi loyihasi.
Ispaniya
Milliy kutubxonasini (Biblioteca Nacional de Espaca) raqam-
lashtirishga asoslangan bo‘lib, Ispaniya boy madaniy merosini
o‘zida mujassamlashtirgan universal
raqamli kutubxona yaratish-
ga bag‘ishlandi. 1995-yildan boshlab kutubxonaning eng noyob,
yuqori qimmatbaho, mualliflik huquqi himoyasida bo‘lgan va
yemirilish xavfi mavjud bo‘lgan asarlarni
raqamlashtirishdan
boshlandi.
*Memoria Project (Czech) — Chexiya xotirasi loyihasi. Maz
kur loyiha Chexiya Milliy kutubxonasini raqamlashtirishga
bag‘ishlanib, tarix sohasiga oid resurslarning virtual muhitini
yaratdi. Bu turli
davrning tarixiy hujjatlariga, turli xil man-