Professional dasturi o’rnatiladi. Bu dasturning boshqa versiyalarini o‘rnatish, biroz
boshqacha ko‘rinishda bo‘lishi mumkin, lekin asos har doimgidek bir hil.
Dasturni internetdan ko‘chirib olamiz yoki o‘rtog‘imizdan olib, dastur
papkasidagi setup.exe faylini ishga tushiramiz va ekranda quyidagi oyna hosil
bo‘lganini ko‘ramiz va Install Microsoft Visual Studio 2010 "ссылка"sini bosib,
o‘rnatishni boshlaymiz.
5
Shundan so‘ng, setup kerakli paketlarni o‘rnatish uchun tayyorgarlik
ko‘radi(biroz kutamiz), yuqoridagi Microsoft corparation ga axborot jo‘natishni
ta’qiqlaymiz. NEXT
Hamma dasturda bo‘lgani kabi, litsenziya haqidagi axborotga roziligimizni
bildiramiz (I have read and accept the license terms). Kerak bo‘lsa, pechat qilib
olamiz. NEXTni bosamiz.
6
Keyingi oynada, dasturni to‘liq o‘rnatish kerakligini(full) yoki o‘rnatiladigan
utilit va dasturchalarni o‘zimiz tanlash kerakligimizni(Custom) tanlash kerak bo‘ladi.
Bu tanlovda, biz faqat C++ da ishlashimizni inobatga olib Custom tipini tanlaymiz.
O‘ng tomonda qaysi diskga o‘rnatish kerakligi va diskning holatlari(bo‘sh joy)
keltirilgan, u yerdan kerakli adresni yozib, NEXT tugmasi bosiladi.
Hosil bo‘lgan oynadan, faqat Visual C++ va Graphics Library bo‘limlarini
tanlaymiz va Install tugmasini bosamiz
7
Shundan so‘ng, komponentlar o‘rnatilish boshlanadi, bu jarayon grafik tarzda
ko‘rsatiladi. Bu komponentlarni o‘rnatish biroz vaqt talab qiladi. Oxirida quyidagi
oyna chiqadi va FINISH tugmasi bosiladi.
Interfeys – bu foydalanuvchiga muhit bilan qulay o’zaro aloqani ta’minlovchi
apparatdir. Kompyuteringizda Microsoft Visual C++ dasturini o’rnatganingizdan
keyin uni Пуск/Программы bandidan ishga tushirishingiz mumkin. Qulaylik uchun
o’rnatilgan dasturiy mahsulot belgisini operatsion sistema ishchi stolining pastki
qismida joylashgan tezkor ishga tushirish paneliga joylab qo’yish tavsiya qilinadi. Bu
panelda joylashgan ixtiyoriy belgi sichqonchaning birgina bosilishi bilan ishga
tushadi. Shunday qilib, Microsoft Visual C++ mahsulotini ishga tushiramiz. Ekranda
asosiy oyna – ishchi stoli hosil bo’ladi.
8
Microsoft Vsual Studio dasturi ishchi oynasining boshlang’ich ko’rinishi.
Oynanining yuqori qismida asosiy menyu komandalari qatori (File, Edit, …
komandalari) – gorizontal menyu qatori joylashgan. Bu komandalardan
foydalanishda (ularni yana opsiyalar deb ham nomlashadi, ya’ni bir necha qiymatlar
ichidan tanlanuvchi elementlar) “tushuvchi menyu” deb nomlanuvchi menyu ochiladi
– bu menyu vertical menyu bo’lib, o’zida ekranning yuqorisidan pastiga qarab
joylashgan buyruqlar to’plamini o’zida namoyon qiladi.
Asosiy menyu qatori ostida joylashgan ikkinchi qatorda ba’zi bajariluvchi
buyruqlarning tezkor chaqiruv tugmalari joylashgan. Bu tugmalarning barcha
suzuvchi izohga ega (sichqoncha kursorini tugmachaning ustiga olib borish va biroz
kutish zarur, shundan so’ng ushbu tugma nima uchun mo’ljallanganligi haqida izoh
paydo bo’ladi).
9
Yaratiluvchi ilova turini ko’rsatuvchi menyu.
1.3 – rasm. Tezkor chaqiruv tugmalari.
Bunday tugmalarning yonida ushbu tugmaning qo’shimcha vazifalarini
ochuvchi yana qo’shimcha tugma bo’lishi mumkin. Barcha tugmalarni ishchi stoliga
joylashtirishning iloji yo’qligi tufayli, ushbu tugmalar yashiringan holatda bo’ladi.
Ilova turini berish bilan ishchi soha o’z ko’rinishini o’zgartiradi. Bular bilan keyingi
Tajriba mashg’ulotlarida tanishamiz.
|