12
Ikkinchi usul maxsus strelka (->) amaliga asoslangan bo’lib quyidagi
ko’rinishga ega:
strukturaga ko’rsatkich->element nomi
Struktura elementlariga quyidagi murojaatlar uzaro tengdir:
cin>>(*ps).name;
cin>>ps->title;
Bitli maydonlar
Bitli maydonlar strukturalarning xususiy xolidir. Bitli maydon ta’riflanganda
uning uzunligi bitlarda ko’rsatiladi (butun musbat konstanta).
Misol:
struct {
int a:10;
int b:14}xx,*pxx;
. . . .
xx.a=1;
pxx=&xx;
pxx->b=8;
Bitli maydonlar ixtiyoriy butun tipga tegishli bo’lishi mumkin. Bitli maydonlar
adresini olish mumkin emas. Xotirada bitli maydonlarni joylashtirish kompilyator va
apparaturaga bog’liq.
Birlashmalar
Strukturalarga yakin tushuncha bu birlashma tushunchasidir. Birlashmalar union
xizmatchi so’zi erdamida kiritiladi. Misol uchun: