Texnologiyalaridan foydalanish




Download 227.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana25.03.2022
Hajmi227.42 Kb.
#18916
1   2   3
Bog'liq
506-Article Text-1205-1-10-20201028
sabzini quritish texnologiyasini takomillashtirish, Usmonov Islomiddin, Milliy hisoblar tizimida ishlab chiqarish sohasining chegaralari 2, 1 kurs magistrlarining IPI bo\'yicha taqsimlanishi uz, muzqaymoq, Sholg\'om yetishtirish, мақола алишер АВАЗОВ, MARKAZIY OSIYO VA KAVKAZDA BOZORGA, Dukkakli don ekinlari zararkunandalari va ularga qarshi kurash, 1-илова (ТАТУ КФ), guruhlash usuli 7, Architecture Studio by Slidesgo, ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ЭКИНЛАРИНИ МОНИТОРИНГ ҚИЛИШ, 1.O\'tkir Hoshimov- Dunyoning ishlari
Matematika fanlarini o’qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan 
foydalanish metodikasi. Matematika fanlarini o’qitishga yangi texnik vositalar, shu 
jumladan, kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan 
hozirgi davrida fanlararo uzviylikni ta`minlash maqsadida informatika fani 
yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biridir.[3] 
Kompyuter texnikalarini ta`lim muassasalariga tatbiq etish, o’qitish jarayonini 
optimallashtirishga keng yo’l ochib beradi. Keyingi o’n yillikda matematika fanini 
o’qitishda kompyuterlardan foydalanish bir necha asosiy yo’nalishlarda olib borildi. 
Bularga kompyuter yordamida bilimni baholash, turli tipdagi o’rgatuvchi dasturlarni 
ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy o’yinlarni ishlab chiqish 
va boshqalar kiradi. 
Matematika o’qitishda kompyuterlarni qulayligini yana bir yo’nalishi ayrim 
o’quv holatlarini modellashtirishdir. Modellastirilgan dasturlardan foydalanishning 
maqsadi, o’qitishning boshqa usullari qo’llanganda tasavvur qilish, ko’z oldiga 
keltirilishi qiyin bo’lgan materiallarni tushunarli bo’lishini ta`minlashdan iborat. 
Modellashtirish yordamida o’quvchilarga ma`lumotlarni grafik rejimda kompyuter 
multimediasi ko’rinishida taqdim qilish mumkin. Shu boisdan ular matematikani 
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
227


chuqur o’rganish va o’quv jarayonida sezilarli darajada mustaqillik namoyon etishga 
moyil bo’ladilar. 
Ko’p holatlarda vujudga keladigan matematik muammoni tez va berilgan 
aniqlikda hal etish uchun professional matematikdan o’z kasbi bilan bir vaqtda 
ma`lum bir algoritmik til va dasturlashni bilishi talab qilinadi. Shu maqsadda XX 
asrning 90-yillarida matematiklar uchun ancha qulayliklarga ega bo’lgan matematik 
sistemalar yaratilgan. Bu maxsus sistemalar yordamida turli sonli va analitik 
matematik hisoblarni, oddiy arifmetik hisoblashlardan boshlab, to xususiy hosilali 
differensial tenglamalarni yechishdan tashqari grafiklarni yasashni ham amalga 
oshirish mumkin.
Axborotlarni ifodalash va uzatishga bo’lgan ehtiyoj so’z, yozuv, tasviriy 
san’atda, kitob chop etish, pochta aloqasi, telegraf, telefon, radio, oynai jahon va 
ishlab chiqarishning boshqa jabhalarini boshqarishning barchasi kompyuter 
texnologiyalari yordamida osongina hal qilinmoqda. 
Buning siri shundaki, axborotning katta qismi, shu paytgacha asosan, 
qog`ozlarda, magnit tasmalarida, ya’ni EHM dan tashqarida saqlanmasdan, matn, 
chizmalar, sur’atlar, tovushlarning barchasini axborot shaklida EHM larda saqlash
qayta ishlash va uzatish usullarini ishlab chiqilganligidadir. 
Kompyuter texnologiyasida matnlar, tasvirlar, ovozlar, shakllar va shunga 
o’xshash boshqa ishlarni amalga oshirish imkoniyatlari maxsus dasturlash yordamida 
juda yengil va tezkorlik bilan hal etilmoqda. Shuning uchun matematika, fizika, 
ximiya, biologiya va boshqa fanlarni o’qitishda kompyuter texnologiyasidan 
foydalanish ijobiy natijalarni olib kelmoqda. 

Download 227.42 Kb.
1   2   3




Download 227.42 Kb.
Pdf ko'rish