|
Texnologyialardan foydalanish
Proceedings of International Educators Conference
Hosted online from Rome, Italy.
Date:
25
th
December, 2022
ISSN: XXXX-XXXX
Website:
econferenceseries.com
193
3) Tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish bilan bir qatorda chiqindisiz
texnologiyalarni ishlab chiqarish;
4) Sun’iy ekotizimlarning (qishloq xo’jaligi) doimiy va yuqori hosildorligini
ta’minlash;
5) Aholining turli tabaqalariga ekologik ta’lim va tarbiya berish yo’li bilan tabiat
muhofazasini amalga oshirish.
Qurilish ekologiyasi fanidagi yangi ta'lim texnologiyalari o'qituvchiga
yordam beradi, u talabaga yo'naltirilgan, talabaning zamonaviy taʼlimda o'qishga
tayyorligining turli darajalarini hisobga olgan holda rivojlanayotgan ta'lim
texnologiyalarini o'zlashtirishi kerak. Talaba shaxsini rivojlantirish yangi bilimlarni
"kashf etishga" qaratilgan o'z faoliyati jarayonida amalga oshiriladi. So'nggi yillarda
o'qituvchilar talabalarga yo'naltirilgan, insoniy-shaxsiy ta'limni joriy qilib, yuzlarini
talabaga qaratishga harakat qilmoqdalar. Albatta, talabaga hamma narsani o'rgatish,
unga tom ma'noda hamma narsa haqida tayyor g'oyalar va bilimlarni berish mumkin
emas. Lekin uni mustaqil ravishda bilim olishga, vaziyatni tahlil qilishga, xulosa
chiqarishga, hal qilmagan vazifa yoki muammoning yechimini topishga o‘rgatish
mumkin. Bu esa ta’lim va tarbiya ishlari sifati va samaradorligini oshirishga
qaratilgan sa’y-harakatlarni jamlash imkonini beradi.
Qurilish ekologiyasi fanida talabalarni o’qitishni samarali tashkil etish,
pedagogik texnologiyalarning mazmuni, shakl va vositalari, ta’lim berishda
pedagogik texnologiyalardan to’g’ri va unumli foydalanish uslublari, kafolatlangan
natijaga erishish uchun olib borilayotgan ta’lim sohasidagi yangiliklarni o’rganish,
amaliyotda foydalanish ishning amaliy ahamiyatini belgilaydi. Ta’lim jarayoni
nihoyatda murakkab jarayon bo’lganligi uchun ta’lim samaradorligi pedagog va
talabaning faolliligiga, ta’lim vositalarining mavjudligiga, ta’lim jarayonining
tashkiliy, ilmiy, metodik mukammalligiga bog’liq.
|
| |