Tgfirmasining tolali chiqindilarni va havoni changsizlantiruvchi avtomatik tizimi




Download 12,37 Kb.
Sana29.01.2024
Hajmi12,37 Kb.
#147873
Bog'liq
chang rilitrlari

TGfirmasining tolali chiqindilarni va havoni changsizlantiruvchi avtomatik tizimi


Reja
1.chang filitirlari
LTG firmasining tolali chiqindilarni va havoni changsizlantiruvchi avtomatik tizimi TFC-4 filtri, FKC-3 kompaktori va siklon qurilmasidan iborat. TFC-4 filtri dastlabki A va asosiy tozalash kameralaridan iborat. Changli havo oqimi va tolali chiqindilar dastlabki tozalash kamerasida to‘planib, baraban diski 1 yuzasidagi to‘rli sirt yordamida kalta tola va chiqindilar ushlab qolinadi. Disk mayda ko‘zli kapron to'rdan iborat bo‘lib, minutiga 24 marta aylanib turadi. Disk yuzasida ushlab qolingan tola va chiqindilar ventilyator yordamida harakatlanmaydigan so‘ruvchi soplo 2 orqali so‘rib olinadi va kompaktoiga uzatiladi. Kompaktordan chiqqan chala tozalangan havo takroran filtming dastlabki tozalash kamerasiga uzatiladi. Changli havoning asosiy oqimi baraban 3 ichiga o‘tib barabanning yuzasiga tarang qilib qoplangan filtrlovchi element orqali filtrlanib (tozalanib) tashqariga chiqadi. Bunda havodagi chang zarrachalari filtrlovchi elementning ichki devorida ushlanib qoladi. Filtrlovchi element ikki xil material, tukli trikotaj polotnosi (tukli tarafi barabanning ichki tarafiga qaratib qoplanadi) va ignasanchma noto‘qima material (kalandrlangan, silliq, qattiq tarafi barabanning ichki tarafiga qaratib qoplanadi) bilan qoplanishi mumkin. Baraban 3 harakatlanmaydi. Unga qoplangan filtrlovchi elementni tozalash seksiyalar bo'yicha joylashgan, aylanib turuvchi, so‘ruvchi juft saplolar 5 bilan amalga oshiriladi. Saplolar elastik havo quvurlari orqali so‘ruvchi quvurga biriktirilgan. So‘ruvchi saplolar va tozalash diski markaziy yo‘naltiruvchi quvur — baraban o‘qi orqali harakatga keltiriladi. Markaziy yo‘naltiruvchi quvur 6 esa mufta, zanjir, tishli g‘ildirak va chervyakli uzatma orqali dvigateldan harakat oladi.
Download 12,37 Kb.




Download 12,37 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tgfirmasining tolali chiqindilarni va havoni changsizlantiruvchi avtomatik tizimi

Download 12,37 Kb.