|
Ўquv faoliyatini natijalari
|
bet | 108/130 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #157900 |
Bog'liq The economy of enterpriseЎquv faoliyatini natijalari:
Asosiy fondlarning mohiyati va ularning korxona faoliyatidagi o’rni to’g’risida tasavvurlar shakllanadi;
Korxonalarda asosiy fondlarning eskirishi, ularni baholash va ta’mirlash usullari va yo’llarini belgilaydilar;
Asosiy fondlardan foydalanishni yaxshilash yo’llari va ko’rsatkichlarini hisoblash va baholash bo’yicha qaror qabul qilishni o’rganadilar.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvatidan to’la foydalanish imkoniyatlari to’g’risida bilimga ega bo’ladilar.
Ўqitish vositalari
|
Ma’ruza matnlari, qog’oz (flip chart), flomasterlar, ekspert varaqlari grafik
organayzerlar
|
Ўqitishning uslublari va shakllari
| |
Ўqitish shart-sharoitlari
|
Guruh shaklida ishlashga moslangan texnik
jihozlangan auditoriya.
|
«Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvati» mavzusi bўyicha tematik ma’ruzaning texnologik kartasi
Ishlarni
bosqichlar i
|
Faoliyatni mazmuni
|
Ўqituvchining
|
Talabaning
|
1-bosqich. Ўquv mashg’ulotin ing mavzusiga kirish
(20 daqiqa)
|
Ma’ruza mavzusini, maqsadi va o’qitishning natijalarini e’lon qiladi.
Mashg’ulotni olib borish shaklini va baholash mezonlarini tushuntiradi (1-ilova).
Mavzu bo’yicha ma’ruza matnlarini har bir talabaga tarqatadi yoki talabalar tomonidan avvaldan tayyorlab kelingan konspektlarni ochib qo’yishni aytadi.
Mavzuning rejasini e’lon qiladi, ularga qisqacha ta’riflar beradi va seminar, amaliy mashg’ulotlar bilan bog’laydi.
|
Tinglaydilar.
Yozib olishadi yoki konspektlarini to’ldirib borishadi.
|
2-bosqich. Asosiy bosqich (60 daqiqa)
|
Quyidagi savollar bo’yicha o’ylab ko’rish va javob berishni taklif etadi:
Asosiy fondlar nima va tarkibi qanday?
Asosiy fondlarning eskirishi nima?
Amortizatsiya normasi qanday aniqlanadi?
Asosiy fondlar qanday baholanadi?
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati nima? Tezkor so’rov o’tkazadi. Yo’nalish berib, javoblarni to’g’rilab boradi.
Talabalarni ixtiyoriylik asosida 4 ta kichik guruhga bo’ladi.
Har bir guruh yangi mavzuning bitta savoli bo’yicha «ekspertlik» vazifasini bajarishini va boshqalarni shu savol bo’yicha o’qitishini e’lon qiladi.
Ekspertlik varaqlarini tarqatadi (2-ilova) va guruhlar ishini tashkillashtiradi. Klaster tuzishni tushuntiradi (3-ilova).
Guruhlarning o’z savollari bo’yicha taqdimot o’tkazishlarini e’lon qiladi. Maslahatchi sifatida ishtirok etadi. Sharhlab boradi, aniqlashtiradi va to’g’rilab boradi.
Taqdimot tugagandan so’ng har bir guruh savollari bo’yicha xulosa qiladi va bunda talabalar e’tiborini savolning eng asosiy jihatlari mazmuniniga qaratadi.
|
Savollarga javob beradilar.
Talabalar 6-7 nafardan 4ta kichik guruhga bo’linadilar.
Guruhda ishlaydilar va birgalikda ma’ruza matnlari va konspektlarni o’qib, qo’yilgan savollarga javob qidiradilar. Ma’lumotlarni tizimlashtiradilar va o’zaro fikr almashadilar. Muhokama davomida
tanlab olingan ma’lumotlarni flip chartga (katta qog’ozga) yozadilar.
O’z oralaridan lider (etakchi) tanlaydilar va etakchilar chiqib qo’yilgan savol bo’yicha javoblarni taqdimot qiladilar.
Taqdimot paytida katta qog’ozga tushirilgan ma’lumotlarni (klasterni)
sharhlaydilar.
|
3-bosqich. Yakuniy
qism. (10
|
3.1. Oxirgi xulosani beradi, natijalarni ketma- ketlikda e’lon qiladi. Olingan ma’lumotlar
qaerda, qanday ishlatilishini tushuntiradi.
|
Savollar beradilar.
|
daqiqa)
|
Talabalarni faoliyatini tahlil etadi va baholaydi, qўyilgan maqsadga erishilganlik darajasini baholaydi.
Mustaqil ishlashga vazifalar beradi. (4-ilova).
|
Mustaqil ishga vazifalarni yozib oladilar.
|
|
| |