• Biznes-reja
  • Venchur firma
  • The economy of enterprise




    Download 0,55 Mb.
    bet120/130
    Sana16.02.2024
    Hajmi0,55 Mb.
    #157900
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   130
    Bog'liq
    The economy of enterprise

    Bashorat qilish - kelajakda ro’y berishi mumkin bo’lgan turli hodisa va jarayonlarni statistik, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa turdagi tadqiqotlar yordamida ilmiy
    asoslangan holda avvaldan aytib berish.

    Biznes - bozor iqtisodiyoti sharoitlarida sub’ektning ma’lum bir mahsulot yoki xizmat turini yaratish va sotish yo’li bilan foyda olishga mo’ljallangan iqtisodiy
    faoliyati.

    Biznes-reja - korxona faoliyati dasturi, kutilayotgan xarajat va daromadlar hisobini o’z ichiga oluvchi kompaniya faoliyatining muayyan maqsadlariga erishish uchun
    muayyan chora-tadbirlar rejasi. Marketing tadqiqotlari asosida ishlab chiqiladi.

    Veksel - qimmatbaho qog’oz turi, belgilangan tartibda yozma shakldagi qarz majburiyati, o’z egasiga (veksel oluvchiga) veksel beruvchidan ko’rsatilgan pul miqdorini belgilangan muddatda gap-so’zsiz to’lanishini talab qilish huquqini
    beradi.

    Venchur firma – tijorat bilan shug’ullanuvchi ilmiy-texnik firma, yangi texnologiyalar va mahsulotlarni daromadlarni avvaldan belgilamagan holda ishlab
    chiqish va qo’llash bilan shug’ullanadi (tavakkalchilikka asoslangan kapital qo’yilmasi).

    Dividend - aktsiyadorlik jamiyati foydasining bir qismi, har yili soliqlarni to’lash, ishlab chiqarishni kengaytirish, zahiralarni to’ldirish, obligatsiyalar bo’yicha foizlar
    to’lash va direktorlarni mukofotlashdan so’ng aktsiyadorlar o’rtasida taqsimlanadi.


    Download 0,55 Mb.
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   130




    Download 0,55 Mb.