|
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCESBog'liq 12556 1 35F3DD02C863916D046B5EC40CFB0B09897E729CACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 3 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Academic Research, Uzbekistan 354 www.ares.uz
hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat bilan bo‘lgan munosabatlari jarayonida hayotiy
maqsadlariga erishishi ilojsiz bo‘lib ko‘ringanida unda qandaydir ma’naviy-ruhiy
ehtiyojga zaruriyat seziladi.
Ikkinchidan, muayyan din o‘z ta’limot tizimini vujudga keltirgach, o‘ziga
e’tiqod qiluvchilar jamoasini shu ta’limot doirasida saqlashga harakat qiladi. Bu
ijtimoiy hodisa dinning birlashtiruvchilik – integratsion vazifasi deyiladi. Din hamisha
muayyan ijtimoiy, etnik va ma’naviy hayotni qamrab olishga intiladi. Buning
muntazamligini ta’minlash maqsadida din xalqlarning ijtimoiy hayotiga, shuningdek,
adabiyoti va san’atiga chambarchas bog‘lanib keta olgan.
Uchinchidan, har bir din o‘z qavmlari turmushini tartibga solib, nazorat
qiluvchilik – regulyativ vazifani bajaradi. Dinlar o‘z urf-odatlarining, marosim va
bayramlarining qavmlari tomonidan o‘z vaqtida, qat’iy tartibga amal qilgan holda
bajarilishini shart qilib qo‘yadi.
To‘rtinchidan, din aloqa bog‘lashlik, birlashtiruvchilik – kommunikativ
vazifani ham bajaradi, ya’ni har bir din o‘z qavmlarining birligini, jamiyat bilan
shaxsning o‘zaro aloqadorlikda bo‘lishini ta’minlashga intiladi. Bunda u yoki bu dinga
e’tiqod qiluvchi kishilarning o‘z dinidagi boshqa kishilar bilan aloqador ekanligi,
o‘zaro huquq va burchlarining borligi, urf-odat va ibodatlarni jamoa bo‘lib bajarilishi
lozimligi nazarda tutiladi.
Beshinchidan, din legitimizatsiya – qonunlashtiruvchilik funksiyasini ham
bajaradi. Dinning bu funksiyasining nazariy asosini yirik amerikalik sotsiolog
T.Parsons ishlab chiqdi. Uning fikricha, har qanday ijtimoiy sistema muayyan
cheklovlarsiz mavjud bo‘la olmaydi. Buning uchun u qonun darajasiga ko‘tarilgan
axloq normalarini ishlab chiqishi kerak. Din bunday normalarni qonunlashtiribgina
qolmay, ularga bo‘lgan munosabatni ham belgilaydi.
Oltinchidan, din vazifalarining falsafiy-nazariy jihatlari ham mavjud. Bu vazifa
insonga yashashdan maqsad, hayot mazmunini, dorulfano va dorulbaqo masalalariga
o‘z munosabatini bildirib turishdan iboratdir. Din insonning ruhiy dunyosi bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lib, uning ijtimoiy hayotida doimo u bilan birga bo‘ladi.
Shuning uchun ham dinni o‘rganish – bu insoniyatni o‘rganish demakdir.Dinni
insoniyatdan,insoniyatni dindan ajratib bo‘lmaydi[Abdurahmanov F, Abdurahmanova
Z (2011). “Din psixologiyasi”. O’qituvchi.83b].
NATIJALAR
Hozirgi kunda milliy g‘oya va istiqlol mafkurasini shakllantirish va yoshlar
ongiga singdirishda dinni to‘g‘ri hamda tahliliy o‘rganish dolzarb masalalardan biriga
|
| |