ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES




Download 422,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana22.07.2024
Hajmi422,17 Kb.
#268211
1   2   3   4   5
Bog'liq
12556 1 35F3DD02C863916D046B5EC40CFB0B09897E729C

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 3 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 355  www.ares.uz 
aylandi. Globallashuv jarayoni bugungi kunda g‘oyaviy, mafkuraviy jarayonlarga o‘z 
ta’sirini ko‘rsatayotganligiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda 
dunyoning geopolitik, iqtisodiy va ijtimoiy, axborot kommunikatsiya manzarasida 
chuqur o‘zgarishlar ro‘y berayotgan, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan 
bir vaziyatda, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan 
kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi kunda dinni 
o‘ziga niqob qilib olib, uni mafkuraviy ta’sir o‘tkazishning nihoyatda kuchli vositasiga 
aylantirishga urinayotgan kuchlar soni oshganligi hech kimga sir emas. Din va diniy 
qadriyatlar kishilarni hamisha yaxshilikka va ezgu ishlarga chorlagan hamda 
muqaddas e’tiqodlarga asoslanib, shaxsda yuksak insoniy fazilatlarning shakllanishiga 
xizmat qilgan, insoniyatni komillikka da’vat etuvchi buyuk ta’limot bo‘lib kelgan. 
Biroq ayrim hollarda dinni soxtalashtiruvchilar, undan o‘z shaxsiy manfaatlari yo‘lida 
foydalanuvchilar ham mavjudligini, ayni ana shu salbiy hodisalar jamiyat 
taraqqiyotida kutilmagan fojialarni keltirib chiqarishi mumkinligini hayotning o‘zi 
ko‘rsatmoqda. Afsuski, diniy ongning ajralmas qismi bo‘lgan e’tiqoddan faqat 
bunyodkor kuch sifatida emas, balki, vayronkor g‘oyalarni o‘zlariga maqsad qilib 
olgan kimsalar ham foydalanmoqdalar. Bu esa butun kishilik jamiyatiga, jumladan
mustaqil O‘zbekiston davlatiga nisbatan turli tahdidlarning yuzaga kelishiga sabab 
bo‘lmoqda. Bu zo‘ravonlikka asoslangan harakatlar nafaqat O‘zbеkiston, balki, 
jahonning barcha davlatlarining osoyishta yashashlariga rahna solmoqda. Dinni, 
xususan, islom dinini noto‘g‘ri talqin qilib, o‘zining yovuz niyatini amalga oshirishda 
xalqning diniy qadriyatlaridan va dinga bo‘lgan hurmatidan foydalanishga 
urinayotganlar katta muammolar keltirib chiqarayotgani bugun hech kimga sir emas. 
Ushbu muammolarni bartaraf etish, nafaqat islom dinining, balki, jahon dinlarining 
ham sof insonparvarlik tamoyillarini yuzaga chiqarish bugungi kunning dolzarb 
masalalardan hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 
BMT minbaridagi nutqida butun jahon jamoatchiligiga islom dinining asl 
insonparvarlik mohiyatini yetkazishni eng muhim vazifa deb hisoblashni aytgan. “Biz 
muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behad 
qadrlaymiz. Biz muqaddas dinimizni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga 
qo‘yadiganlarni qat’iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz. 
Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da’vat 
etadi, islom dinini to‘g‘ri tashviqot qila olsak, xalqqa yetkaza olsak, boshqa 
davlatlarda islom dinini o‘ziga niqob qilib, boshqa yo‘llarga yurayotgan bolalar, shu 
terrorizm, diniy aqidaparastlik kabi narsalar bizga yot bo‘lishi muqarrar”[Mirziyoyev 
Sh.M .(2017) BMTning 72-sessiyasidagi ma’ruzasi].–deya ta’kidladi Prezident 



Download 422,17 Kb.
1   2   3   4   5




Download 422,17 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES

Download 422,17 Kb.
Pdf ko'rish