• ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
  • ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES




    Download 422,17 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/5
    Sana22.07.2024
    Hajmi422,17 Kb.
    #268211
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    12556 1 35F3DD02C863916D046B5EC40CFB0B09897E729C

    ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
    VOLUME 2 | ISSUE 3 | 2021 
    ISSN: 2181-1385 
    Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
     
    Academic Research, Uzbekistan 353  www.ares.uz 
    etadigan maslak, qarash, ta’limotdir [Mo‘minov A, Yo‘ldashxo‘jayev H, 
    Rahimjonov D (2003). “Dinshunoslik”.Mehnat.28b].
     
    ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
    Bugungi globallashuv jarayoni jadal kechayotgan bir davrda dinning shaxs 
    tarbiyasidagi o‘rnini o‘rganish dolzarb masalardan biri hisoblanadi. Jahon 
    tadqiqotchilari din psixologiyasi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borishgan. Jumladan, 
    g‘arb olimlaridan J.Pratt, G.Xall, D.Volf, D.Mayers o‘z tadqiqotlarida din va 
    psixologiyaning bolalar tarbiyasi va axloqida tutgan o‘rnini tadqiq qilganlar. U.Jeyms, 
    Z.Freyd o‘z asarlarida din psixologiyasining nazariy jihatlarini yoritib berganlar. 
    Dinning shaxs tarbiyasida tutgan o‘rnini o‘rganish bo‘yicha rus olimlari ham tadqiqot 
    olib borganlar. Xususan, E.I.Arinin, V.V.Davidov, A.G.Safronov asarlarida din va 
    diniy qadriyatlarning shaxs hayotida tutgan o‘rni ilmiy nuqtayi nazardan tadqiq etilgan. 
    Mamlakatimiz olimlari esa o‘z asarlarida din psixologiyasining ba’zi jihatlariga e’tibor 
    qaratganlar. Masalan, N.Boymurodov “Amaliy psixologiya” o‘quv qo‘llanmasida 
    dinning tarbiya jarayoniga ta’sirining ayrim jihatlarini yoritib bergan. 
    F.Abdurahmanov, 
    Z.Abdurahmanovalarning 
    ilmiy 
    tadqiqotlarida 
    din 
    psixologiyasining shaxs va jamiyat hayotidagi ahamiyati o‘rganilib, muayyan 
    xulosalar bayon etilgan. S.K.Kamilov o‘zining falsafa fanlari nomzodligi 
    dissertatsiyasida globallashuv sharoitida din psixologiyasi rivojlanishining o‘ziga xos 
    xususiyatlarini o‘rgangan. 
     
    MUHOKAMA
    Din komil insonni tarbiyalashda asosiy tarbiyalovchi qudratga ega bo‘lgan 
    ma’naviy-axloqiy kuchdir. Din o‘z mohiyatiga ko‘ra poklik, mehr-oqibat kabi ezgu 
    tuyg‘ularni insonlar qalbi va ongiga singdiradi. Din kishilarni hamisha yaxshilikka 
    va ezgu ishlarga chorlagan, yuksak insoniy fazilatlarning shakllanishiga xizmat 
    qilgan. Aynan din tufayli xalqlarning ming yillar mobaynida boy ma’naviyati va 
    merosi, o‘zligi omon saqlanib kelindi. Din psixologiyasining asosiy o‘ziga xos jihati 
    shundaki, unda dinning manbai insonni o‘rab turgan dunyoda emas, balki, insonning 
    o‘zida, uning ichki dunyosida deb tushuntiriladi. Shu bilan birga, dinning asosi 
    insonning aqliy emas, balki, hissiy-ruhiy dunyosidadir, deya ta’kidlanadi.
    Din jamiyatda bir qator ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy vazifalarni bajaradi:
    Birinchidan, har qanday din o‘z e’tiqod qiluvchilari uchun to‘ldiruvchilik, tasalli 
    beruvchilik – kompensatorlik vazifasini bajaradi va shaxs shakllanishiga katta ta’sir 
    ko‘rsatadi. Masalan, insonda doimiy ehtiyoj hosil bo‘lishi hodisasini olaylik: Inson o‘z 



    Download 422,17 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 422,17 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES

    Download 422,17 Kb.
    Pdf ko'rish