4
KIRISH
Avvalo shuni taʼkidlash joiz, ilm-fan taraqqiyotining har qanday yutug‘i
insoniyat
mushkulini oson qilishga, uning muammolarini qisman bo‘lsada hal
etishga xizmat qilishi kerak. Shunday bo‘lyapti ham: yillar davomida fazodan
mustaqil tarzda turli maʼlumotlarni Yerga jo‘natishdan tortib tabiiy va texnogen
hodisalar vaqtida inson kirishi imkonsiz
joylarga ham yetib borayotgan, jarrohlar
ko‘zi va barmoqlari ilg‘amaydigan yeng mayda to‘qimalargacha mufassal tekshira
olayotgan aynan shu katta-kichik sunʼiy onglashtirilgan turli robotlar, mashinalar-u
uskunalardir. Shunisi maʼlumki, insoniyat azaldan mashina tili bilan uzviy aloqada
bo‘lgan, Internetning yaratilishi dunyoni o‘zgartirishga sabab bo‘ldi. Internet aslida
olamni kichraytirish uchun yaratilgan edi. Ammo, bugun internetsiz olam kichrayib
qolayotganday tuyilyapti. Internetning imkoniyatlari yangi texnologiyalarning
rivojlanishiga zamin yaratmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalari har bir sohani
qamrab
olmoqda jumladan, taʼlim, iqtisod, tibbiyot, transport va boshqalar. Shu
sababdan, jahon sanoat industriyasining asosiy qismi zamonaviy texnologiyalarga
bosqichma-bosqich o‘tmoqda.
O‘zbekistonda axborot texnologiyalarini rivojlantirish
maqsadida Prezident
Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakat taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish
bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar tufayli sohada tub
o‘zgarishlar ro‘y bermoqda,
xalqimizning dunyoqarashi, ongu tafakkuri
yuksalmoqda.
O‘zbekistonda yuritilayotgan raqamli iqtisodiyot siyosati zamirida ham yangi
texnologiyalarni rivojlantirish maqsadi ko‘zda tutilmoqda. Davlatimiz rahbarining
2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy yetish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq,
raqamli iqtisodiyot bilan
shug‘ullanadigan yaxlit tizim yaratildi. “Elektron hukumat”, iqtisodiyot tarmoqlari
va qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, IT parklarini tashkil yetish va boshqarish kabi
vazifalar to‘liq Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish
vazirligi vakolatiga o‘tdi.
5
Mamlakatda sunʼiy tafakkurni yanada rivojlantirish uchun normativ-huquqiy
hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“2021-2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasida sunʼiy intellektni rivojlantirish
strategiyasi” ga oid farmoni loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Hujjatga ko‘ra, sunʼiy
intellektni
bosqichma-bosqich
rivojlantirish
strategiyasini
ishlab
chiqish
rejalashtirilmoqda. Bunda mamlakatning intellektual
va texnologik salohiyatini
oshirish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish, xorijiy tajribalar asosida
sunʼiy intellektni bosqichma-bosqich rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish,
strategiya loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar
Mahkamasiga kiritish va
tasdiqlangan strategiyaning ijrosini taʼminlash nazarda tutiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida Yangi O‘zbekistonni
yaratish uchun iqtisodiy, ta’lim, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-gumanitar kabi sohalarda
yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Oxirgi to‘rt yil davomida mamlakatimiz
rivojlanishi va taraqqiyoti butkul yangi bosqichga qadam qo‘ydi, hayot jarayonlari
tezlashdi.
Yangi XXI - asrda axborot texnologiyalari hayotimizning turli jabhalariga
kirib borishi axborotlashgan jamiyatning shakllantirishga zamin yaratib bermoqda.
“Internet”, “Elektron pochta”, “Elektron ta’lim”, “Elektron boshqaruv”, “Elektron
hukumat”, “Masofaviy ta’lim”, “Ochiq ta’lim”, “Axborotlashgan iqtisod” kabi
tushunchalar hayotimizga kirib kelishi jamiyatimizning axborotlashishiga intensiv
ta’sir ko‘rsatmoqda. Axborot – kommunikatsiyalari orqali mamlakatlarning milliy
iqtisodi
globallashib, axborotlashgan iqtisod shakliga o‘tmoqda, ya’ni milliy
iqtisoddagi axborot va bilimlarning atilgan axborot va bilimlarning 90% so‘nggi 30
yil mobaynida yaratilgan bo‘lib, ular hajmining ko‘payib borishi axborot-
kommunikatsiyalaridan samarali foydalanishni talab etmoqda. Ko‘plab mamlakatlar
o‘zlarining istiqboldagi rivojlanishini axborot-kommunikatsiyalari asosida yo‘lga
qo‘yishni anglab yetishgan. Mustaqil O‘zbekiston Respublikamizda ham jamiyatni
axborotlashtirish, kompyuter ilmini o‘qitishni rivojlantirish bo‘yicha
Qonunlar
qabul qilinib, ular asosida bir qator dastur va tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborotlashtirishni yanada
6
rivojlantirish to‘g‘risida” 2002-yil 30-maydagi PF-3080-son Farmoni asosida 2010-
yilgacha Axborot-kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha milliy dastur ishlab
chiqilgan bo‘lib, u hozirda butun respublikamiz milliy iqtisodiyotning turli
tarmoqlari va sohalarida tatbiq qilinmoqda.