32
Shifokorning kompyuterida esa qabulidagi bemorlar ko’rinib
turadi agarda
uning qabuliga puli to’lanmagan bemor kelsa shifokorning xonasidagi kamera uni
aniqlab ogohlantiruvchi habar beradi, ogohlantiruvchi habar bosh buxgalter va bosh
shifokorlarga yuboriladi. Ya’ni agarda bemor ro’yxatdan o’ta turib lekin pulini
to’lamay qabulga kirsa bu yerda qandaydir korrupsiya bo’lishi mumkinligi ehtimoli
mavjud. Agarda bemor qabuldan ro’yxatdan o’tmay shifokor qabuliga borsa, u holda
kamera u bemorni begona kishi sifatida ko’radi va uni rasmga olib avomatik tarzda
bosh vrach va buxgalterga habar yuboradi.
2-rasm.
Bemorlar ro‘yxatini kuzatish oynasi (Shifokor uchun).
3-rasm.
Bosh shifokorning shaxsiy kabineti (Agarda to‘lov qayd etilmagan bemor
aniqlanganda).
33
3-rasm.
Bosh shifokorning shaxsiy kabineti (Agarda begona shaxs aniqlanganda).
Tizim faqatgina
bemorlar uchungina emas balki, xodimlarning davomatini
ham yuz orqali (Face recognition) davomat qilib ularni kunlik ish ko’rsatkichlarini
aniqlaydi.
Tizim barcha kameralarga integratsiya qilingan va har bir yuzni ro’yxatdan
o’tkazib turadi.
4-rasm.
Xodimlar davomatini qayd etish oynasi.
35
XULOSA
Ushbu kurs ishi orqali shuni bilib olishimiz mumkinki,
mijoz-server
texnologiyalari butun dunyo bo‘ylab biznes tashkilotlari uchun hisoblash va dasturiy
ta’minot arxitekturasi hisoblanadi. Texnik so‘zlar bilan aytganda, mijoz-server
tizimi dasturni foydalanuvchi uchun qulaylik yaratadi va foydali ish koeffisientini
oshirishga yordam beradi.
Biz tadqiqotimiz orqali mijoz-server arxitekturasi haqida batafsil so‘zlashga
harakat qildik. Kurs ishida mijoz-server arxitekturasi dasturining
turli jihatlarini
tushuntirishga harakat qildik. Internetning deyarli barcha qismlarida biz ushbu
modellardan foydalanishni ko‘rishimiz mumkin.
Shu sababdan nafaqat soha
mutaxassisi va dasturchi sifatida balki foydalanuvchi etikasiga binoan xavfsizlik
masalalari tufayli ham mijoz-server arxitekturasi haqida
yetarli bilimlarga ega
bo‘lishimiz lozim.
O‘rganilgan bilimlar orqali mijoz-server texnologiyalaridan foydalanib,
“MedCash” dasturiy ta’minoti ishlab chiqildi va
sinov tariqasida amaliyotda
qo‘llanildi. Dasturiy ta’minot O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi
Intellektual mulk agentligi tomonidan № DGU 11124 raqami bilan elektron
hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi
to‘g‘risida guvohnoma bilan mualliflik huquqlari himoya qilingan.