31
2.3. MedCash dasturiy ta’minoti
Loyiha hozirda test rejimida Jizzax viloyat ko’p tarmoqli kasalliklar
shifoxonasida ishlamoqda. Loyihaning ishlash ketma-ketligi shundan iboratki,
bemor biron bir shifokor qabuliga kirishdan oldin navbat oladi va navbati kelgandan
so’ng qabulxonadan ro’yxatdan o’tadi. Bunda u o’zining ma’lumotlarini va
qabulxonada dasturga rasmga tushadi. Ro’yxatdan o’tgandan so’ng unga o’z ID
raqamiga ega karta chek chiqarilib beriladi va tanlangan shifokor qabuliga kirish
uchun kassaga belgilangan narxni to’laydi. Bunda kassada ro’yxatdan o’tgan bemor
avtomatik ko’rinadi va to’lov amalga oshiriladi.