Mavzuning dolzarbligi:
Respublikamizda
dunyoning
rivojlangan
mamlakatlari kabi kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirishga alohida
e’tibor qaratilmoqda. Bu borada axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish,
barcha sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va undan
foydalanish, jahon axborot resurslaridan foydalanishni kengaytirishga sharoit
yaratildi.
Axborotlashtirishning rivojlanishi natijasida onlayn biznesni rivojlantirish
uchun Mijoz-server arxitekturasi ta’sirining o‘sishi mijoz-serveriga asoslangan
dasturlarning potensial talabini yaratdi. Tarmoqqa tarqalgan onlayn-biznes
kompaniyalari bilan foydalanuvchilarning o‘zaro aloqasi uchun mijozlar
serverlariga asoslangan dasturlar muhim rol o‘ynaydi. Millionlab odamlar har kuni
o‘zlarining manfaatlari uchun ushbu faol veb-saytlar rejimida o‘zaro aloqada
bo‘lishadi. Ushbu veb-saytlarning tarmoq orqali ishlashi haqida bilish uchun avval
mijoz-server texnologiyasini bilmasdan mijozlar serverlari arxitekturasini tushunish
kerak; texnik bo‘lmagan shaxs mijoz-server dasturlarining ahamiyatini tushuna
olmaydi.
Tadqiqot maqsadi: Mijoz-server arxitekturasining tuzilishi, modellari va
texnologiyalarini to‘g‘ri tadbiq etish va maxsus ishlanmalar ishlab chiqish,
namunalar taqdim etish va amaliyotga joriy etish.
Kurs ishning maqsadidan quyidagi vazifalari hal etish lozim deb hisoblandi:
- mijoz-server texnologiyalaridan foydalanishning ayrim xususiyatlarini
ochib berish;
- dasturiy ta’minotlar bozorida mijoz-server texnologiyalarining o‘rnini
ko‘rsatib berish;
- mijoz-server arxitekturasining tuzulishi va modellarining amaliyotda
qo‘llash maqsadida ishlanmalar ishlab chiqish;
7
- Tajriba-sinov ishlarini tashkil qilish va olingan natijalarni tahlil qilish.