Tijorat banklari rentabellik (foydalilik)




Download 4.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/80
Sana23.02.2023
Hajmi4.18 Mb.
#43273
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   80
Bog'liq
115dd3364c44318e301918c89cca9db0 Tijorat banklar faolyati tahlila
ilts, 1-amaliy, must ish Gaynazarov, abdulhay, kimyoviy reaksiya tezligi., AMALIY HISOBOT Ulug\'bek, Презентация1, TBT NA kurs ishi sport kiyimni oxirgi TAYYOR, 5-sinf manitoring, тесты 5-11 классы, Тест по русскому языку для 3 класса, 232885709, Sanoat korxonalari hududini obodonlashtirish. Reja Sanoat korxo-fayllar.org, Q.x.iqt 4-mavzu Taqdimot
8.3. Tijorat banklari rentabellik (foydalilik) 
ko‘rsatkichlari tahlili
Tijorat banklari foyda summalari bo‘yicha sifatiy (rey-
ting) baho berib bo‘lmaydi (chunki kichik, o‘rta va yirik 
banklar mavjud). Misol: bir yilda bir bank 640000,0 ming 
so‘m, ikkinchi bank esa 680000,0 ming so‘m foyda olgan 
bo‘lsa, ikkinchi bankni foydali ishlayapti, deb baho berib 
bo‘lmaydi. Chunki birinchi bank faoliyati jihatidan kichik
ikkinchi bank esa juda katta faoliyat yurituvchi bank bo‘lishi 
mumkin.
Shuning uchun ham banklarning rentabellik ko‘rsat-
kich lari aniqlanadi va tahlil qilinadi. Rentabellik ko‘rsat-
kichlari nisbiy ko‘rsatkich bo‘lib, foyda summasining bar-
cha aktivlari o‘z sarmoyasi summalariga bo‘lish bilan 
a niqlanadi.
Banklarning rentabellik ko‘rsatkichlari hisobot ma’lu-
motlari asosida amalga oshiriladi. 
Faoliyat rentabelligi ko‘rstkichlari bankning likvidli-
lik aktivlari va passivlar tarkibi kabi ko‘rsatkichlar bilan 
uyg‘unlashgan holatda ko‘rib chiqilishi maqsadga muvo-
fiqdir. Bank foydalilik va likvidlilik ko‘rsatkichlarining op-
timal darajasini aniqlab olmog‘i lozim.
Rentabellik ko‘rsatkichlari tahlilini quyidagi tartibda 
amalga oshirish samarali hisoblanadi:
• hisobotlarga asosan rentabellik koeffitsiyentlarini 
aniq lash;
• hisoblangan rentabellik koeffitsiyentlari dinamikasi 
tahlilini amalga oshirish;
• aniqlangan koeffitsiyentlarga ta’sir etuvchi omillarni 
aniqlash;
• ushbu omillarni bank likvidliligi va faoliyat risklari bi-
lan bog‘liq ravishda baholash.


156
Tijorat banklari rentabelligini tahlil qilishda dastavval 
quyidagi ko‘rsatkichlar hisoblanadi.
1. Aktivlarning rentabelligi (K1). Bu ko‘rsatkich foyda-
ning aktivlarga nisbati bilan aniqlanadi va u aktivlar renta-
belligi darajasini ifodalaydi.
2. Daromad keltiruvchi aktivlar rentabelligi (K2). Ush-
bu ko‘rsatkich sof foydaning daromad keltiruvchi aktivlarga 
nisbati bilan aniqlanadi.
3. Bank o‘z kapitali qiymati multiplikatori (K3) o‘rtacha 
aktivlar qiymatining o‘rtacha bank kapitali qiymatiga nisba-
ti bilan o‘lchanadi.
4. Kapitalning rentabelligi (K4), bank foydasining ka-
pitalga nisbati bilan aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich 1 so‘mlik 
bank kapitaliga to‘g‘ri keladigan foyda miqdorini bildiradi 
va u ayniqsa, aksionerlari bankdagi mablag‘laridan qancha-
lik darajada samarali foydalanilayotganligini bildiradi.
5. Ustav kapitali rentabelligi (K5) foydaning o‘rtacha 
ustav kapitaliga nisbati orqali aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich 
bank ta’sischilari uchun muhim bo‘lib, u aksiyalar u chun 
dividend to‘lanishining potensial asosi hisoblanadi. Lekin 
shunga e’tibor berilishi lozimki, ushbu ko‘rsatkich bank 
kapitalining yetarlilik darajasi pastligi tufayli ham y uqori 
bo‘lishi mumkin.
Yuqoridagilardan tashqari bank faoliyatining foydalilik 
darajasiga kredit portfelining sifati, soliq tizimi, xarajatlar 
tejamkorligi kabi bir necha omillar ham ta’sir etishi mum-
kin.
Xalqaro amaliyotda bank rentabelligi darajasini aniq-
lashda K4 ni hisoblashga e’tibor qaratiladi. Ayrim tijorat 
banklarida ushbu ko‘rsatkich natijalariga e’tiboringizni qa-
ratmoqchimiz.


157
8.2-jadval

Download 4.18 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   80




Download 4.18 Mb.
Pdf ko'rish