• Andaza detallari va qirqimlar nomi Detal eskizi Detallar soni
  • Ishni bajarishga qo’yiladigan talablar
  • Uslubiy ko’rsatmalar
  • -jadval (Kiyim nomi)_________________ andaza detallari eskizi




    Download 15.36 Mb.
    bet3/34
    Sana17.09.2023
    Hajmi15.36 Mb.
    #82290
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
    Bog'liq
    TBK USLUBIY 2KURS.2022 YIL
    majmua 2022-steam, mustaqil ish psixologiyadan, doc, Maktab direktorining yillik ish rejasi 2023-2024(1), Dasturlash ishi (3), 5 мавзу Профессионал таълим даражалари бўйича касб ва мутахассисликларнинг, 5-мавзу. Амалий топшириқ, 4 Амалдаги тажриба МТД, 1-мавзу. Амалий топшириқ, Oqıwshılarǵa kompyuter texnologiyasın ońlaw kumısların alıp barıw haqqında túsinik jumıslar, математика 2-kurs 150 soat 2021-2022 (2) (Восстановлен), X. K. Aripov, A. M. Abdullaev, N. B. Alimova, Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u-fayllar.org, Analog integral mikrosxemalarning negiz elementlari
    1.1.-jadval
    (Kiyim nomi)_________________ andaza detallari eskizi.



    Andaza detallari va qirqimlar nomi

    Detal eskizi



    Detallar soni



    andazada



    bichiqda



    1.

    Ort bo’lak
    1-2 Yoqa o’mizi
    2-3 Yelka qirqimi
    3-4 Yeng o’mizi
    4-5 Yon qirqim
    5-6 Etak qiqim
    6-1 O’rta qirqim



    1

    1














    Ishni bajarishga qo’yiladigan talablar
    Talabalar laboratoriya mashg’ulotini ishning tartibiga mos holda bajaradilar.
    Laboratoriya ishiga quyidagilar ilova qilinadi:
    a) Modellar old – ort ko’rinishining rangli eskizi (A4 formatli qog’ozda) va ularni tavsifi.
    b) 1.1.-jadval
    Uslubiy ko’rsatmalar:
    1. Ish uyda antropologik o’lchamlarni o’lchash usulini o’rganishdan boshlanadi. O’lchash tartibini o’rganish uchun talabalar yuqorida tavsiya etilayotgan adabiyotlardan foydalanadilar.
    1.1.O’lchamlarni olish usuli bilan tanishish:
    Hozirga vaqtda ommaviy ravishda antropometrik o’lchovlar olishda quyidagi maxsus asbob va moslamalar qo’llaniladi:
    -martin usulidagi ixcham metalli anropometr-antropometrik nuqtalarning balandligini o’lchashda ishlatiladi;
    -harakatli va harakatsiz muftali antropometrning yuqori shtangasi ko’ndalang va old-orqa proeksion diametrlarni o’lchash uchun qo’llaniladi;
    -yo’g’on sirkul-diametrlarni o’lchashga mo’ljallangan;
    -santimerli tasma-aylanalarni, yoysimon ko’ndalang va bo’ylama o’lchamlarni olishda qo’llaniladi.
    -umurtqa pog’onasining egilgan joylarini xarakterlovchi proektsion o’lchovlarni olish uchun maxsus chizqichlar komplekti qo’llaniladi.
    -ixcham tibbiyot tarozi-tana oqirligini aniqlash uchun qo’llaniladi.
    O’lchanayotgan shaxs gavda xolatining o’zgarishi tanaga oid ayrim o’lchamlarining o’zgarishiga sabab bo’ladi, shu bois o’lchamlar qat'iy muayyan xolatda olinadi. O’lchanadigan shaxs to’qri, zo’riqmasdan qo’llari tushirilgan, tovonlari birlashtirilgan, oyoqlarining uchi 15-20 smga surilgan, qomatini o’rgangan xolatda saqlab turishi kerak. Poldan antropometrik nuqtalarning balandligini va ayrim yoysimon bo’ylama o’lchamlarni olishda o’lchanayotgan shaxsning boshi muayyan xolatda (ko’z-quloq gorizontalida) turadi. Bu ko’z kosasining pastki uchi va quloq teshigidan yuqori qismining o’rtasi bir gorizontalda joylashgan xolatidir. O’lchanaayotgan shaxs charchasa, qolati o’zgaradi va o’lchamlarning aniqligi kamayadi. Shu bois o’lchamlar tez olinishi zarur.
    Barcha chiziqli va yoysimon o’lchamlar 1 mm gacha aniqlik bilan olinadi, tana massasi esa 200 grammgacha aniqlik bilan o’lchanadi.
    Antropometrik nuqtalar balandligini o’lchashda Martin tizimidagi antropometr ishlatiladi; antropometrning yuqori shtangasi yordamida old-orqa va ko’ndalang proektsion diametrlar aniqlanadi; aylana va bo’ylama o’lchamlar santimetr tasma yordamida o’lchanadi; yo’g’on sirkul yordamida to’g’ri o’lchamlar olinadi.
    Jussa o’lchovlari quyidagi bosh qarflar bilan belgilanadi:
    V – balandliklar
    D – uzunliklar
    O – aylanalar
    R – bo’y
    S – yarim aylanalar
    Sh – kengliklar
    D – diametrlar
    G – chuqurliklar
    Pk – gavda qolati
    Yoniga kichik xarf (indeks) qo’yilgan bosh xarflar bilan o’lchash joylari belgilanadi.
    1.2.O’lcham olish usuli bilan tanishgach har bir talaba laboratoriya daftarida o’lchovlar jadvalini tayyolaydilar (1.2. jadval).
    1.3.Laboratoriya ishi 3 kishilik gurux tomonidan bajariladi, ularning xar biri galma gal o’lchov oluvchi, o’lchanuvchi va o’lchov natijasini yozib boruvchi shaxs rolida ishtirok etadilar.
    1.4.O’lchov oluvchilar xar bir nuqta o’rnini aniq topishlari va o’lchov olish dasturi va usuliga qat'iyan rioya qilishlari zarur. O’lchanuvchi o’lchov olish mobaynida gavdani va boshni bir xil xolatda tutib turishi yoki to’g’ri nafas olishi zarur.
    2.Asosiy antropometrik nuqtalarning o’rni tavsiya etilayotgan adabiyotlardan foydalanib aniqlanadi va talabalarga darsda tarqatma material sifatida beriladi. Laboratoriya mashg’ulotlarida antropometrik nuqtalar xarakteristikasi 1.1.-jadval ko’rinishida daftarga qayd etiladi.

    Download 15.36 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




    Download 15.36 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval (Kiyim nomi)_________________ andaza detallari eskizi

    Download 15.36 Mb.