Tikuv buyumlarini t ayyorl ashd a kreativ loyihalash




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/99
Sana04.01.2024
Hajmi5,14 Mb.
#130038
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   99
Bog'liq
D. Djalolova - Tikuv buyumlarini tayyorlashda kreativ loyihalash

a y o l l a m i n i g
an'anaviy 
suzilmoqligini, 
sentimentalligini, 
sezuvchanligini namoyon etishi lozim. Bu uslubning asosiy silueti 
_ X-simon, yumshoq va mayin chiziqlar bilan. Minimalistik uslub 
m ay in
yotgan bezaklar - drapirovkalar, dekolte, koketkalar, qo'sh 
b u rm alar, 
volanlar, ryushlar, jabo, bantlar, to'rlar, buflar, 
m an jetlar 
rulikdan izmalar romantik liboslarda keng qo'llanadi. 
Bu 
uslubda yorqin 
ranglar libosda qo'llanadi. Poyabzal 
lo k la n g a n
charmda va kimxobdan baland poshnali "kemacha" 
tu flilar. 
Uzun yoki kalta qo'lqoplar. Murakkab soch turmagi. 
Vualli shlyapalar, nozik 
taqinchoqlar, shifondan sharflar. Bu 
u slu b 
kechi va bayramona kiyimlarida qo'llanadi.
Fantazi 
uslubi. 
Zamonaviy 
moda 
romantikaga 
o'z 
ko'rinishini namoyon etadi. 
Fantaziya uslubi avangard 
uslubidan farqi 
- zamonaviy modani ifodasi bo'lmaydi. 
Romantik uslub - bu o'tmish va kelajakni fantastik siymolari. 
Fantazi uslubini 
asosiy 
xususiyatlari: 
noreallik, 
ertaklik, 
syurrealik, ajablik, jasurlik. Bu uslub tomashabinni xayratga 
soladi. Fantazi liboslarni siluetlari har xil va o'zgacha. Bezak 
sifatida bantlar, munchoqlar, charm va zamsha, kashta va b. 
qo'llanadi. Fantazi uslubi dizaynerning ijodini cheklamaydi.
Xippi uslubi. XX asrni 60-chi yillarida xippi modani boshdan 
oyoqqa og'dardi. Endi modaning qoidasi-hech qanday qoida 
bo'lmasin. Bu xippi o'zgacha psixologiyasi - "gullar bolalarini". 
Ammo, zamonaviy modada 60-chi yillardagi kabi ma'naviy va 
ideologik intilish yo'q. Zamonaviy dizaynerlar faqat cheklashni 
mutlaqo yo'qligi, kiyim tassavur chegarasidan chiqishi kerak. 
Xippilami libos to'plamida kashtali djinslar, o'zgacha belbog'lar, 
ola-bula 
koftalar va topiklar, to'qilgan yoki quroqli katta 
sumkalar, tunika yoki uzun, beli yuqori ko'tarilgan yupqa 
ko'ylak, ochiq shippaklar, kosmetikani mumkinligi, to'g'ri 
tashlangan sochlar. Xippilar orasida dehqonlar kiyimi - taxlamali 
uzun yubka keng tarqalgan. Munchoqlardan fenechkalar,
47


bandanalar, charmdan kurtkalar, qo'sh burmali jaketlar va 
dumaloq yoki kvadratli to'qilgan linzali kichkina ko'zoynaklar 
keng qo'llanildi. Zargar buyumlar meksikali, hind yoki marokash 
melxiordan qilingan zargar buyumlar. Bilakuzuklar, uzuklar, 
quloq va burun uchun xalqalar. Tinchlik ramzlari, mushtum, In- 
Yan 
va boshqa sharq ekzotikasi ramzlari marjonlar bilan 
bezatilgan.
Retro uslubi. O'tmish modasi - zamonaviy dizaynerlarni 
ijodida ilxomlanish manba. Retro uslubi - zamonaviy modada 
o'tmish 
mavzularni, detallarni, modellashtirish usullarni 
qo'llash yo'nalishi, ammo ularni takrorlanmasligi.
Har bir tarixiy davr modasi o'ziga xosligi bilan ajraladi, 
ularni o'z retro siymosi bor. Retro moda o'tmish modasini 
nusxasi emas, balki uni stilizatsiyasi bo'lishi kerak.
Vintaj usuli. O'tmishga asoslangan romantik modada yana 
bir yo'nalish vintaj (vintage). Bu uslubda o'tgan yillardagi o'ziga 
xos liboslari mavjud, ya'ni popukli sumkalar, to'qilgan shollar va 
b. Vintaj kolleksiya modellari benuqson tarbiyalangan, qirolicha 
qomatli, nozik va elegant xaqiqiy ledilarni eslatadi. Bu uslubning 
asosiy elementlari - to'g'ri siluetlar, kashta va to'rni qo'llanishi, 
shaklni sipoligi.
Mutaxassislar 
romantik 
uslubni 
rivojlanishini 
prognozlashmoqda. U unisek modani 
asta-sekin 
siqib 
chiqarmoqda. XXI asrda 
ayollarning nazokatini 
namoyon 
qiladigan, harakatiga mayinlik beradigan kiyim birichi qatorga 
chiqadi. Taxmin bo'yicha moda tanani berkitadi. Ertaklar va 
tasavvuf ilxom manbasi bo'ladi. Dengiz, okean, sexir, tasavvuf, 
erotika, musiqa, sevgi, parvoz va romantik yo'nalishni 
belgilaydigan eng ommabop mavzular bo'ladi.

Download 5,14 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   99




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tikuv buyumlarini t ayyorl ashd a kreativ loyihalash

Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish