Sport uslubi. Sport uslubi qulay va go'zal sport liboslarni
modaga ta'sir etdi. Hozir sport uslubida libosning barcha
elementlari
qilinishi
mumkin:
uy
kiyimidan
bashang
kostyumigacha. Eng oddiy sport usubining varianti kiyimda
48
X
qoplanma cho'ntaklar, pogonlar, fumitura, koketkalar, xlyastik
va patalar kiradi. Sport uslubiga bir necha mikrouslublar kiradi.
Safari uslubi. Safari - bu sport uslubining eng ommabop
yo'nalishi. "Safari" uslubi Afrikada ingliz harbiylar ov safarida
kiygan liboslariga asoslangan. Bu uslubni targ'ibotchisi 1980-
yillarda Iv Sen-Loran boigan. Safari uslubdagi libos - bu asosan
zig'ir, ip, aralashma va djinsi gazlamalardan tikilgan kiyim. Safari
uslubda barcha echimlari qulaylikka qaratilgan: o'rtasi taxlamali
qo'p qoplanma cho'ntaklar, uzun etiklar, shlemlar, charm
belbog'lar, yelkasiga osilgan sumkalar, haqi va qum ranglilar. Bu
uslubda tipik detallari portfel-cho'kntaklar yoki pogon va
o'qdonlar boigan. Yuqorida aytilgan ranglar qatorida safari
uslubida ziravorlar rangi, sarig'ich-yashil, no'xat, yashil limon
ranglar qoilangan. Sudralib yuradigan hayvonlarning terisiga
o'xshaydigan animal bosmalar
va rasmlar keng qoilanadi.
Gannover moda eksperti Tuula Zalo safari uslubini zamonaviy
yo'nalishini shunday tavsiflaydi: "Yangi safari uslubidagi liboslar
yangi gazlamalaridan va animal bosmalarga asoslanadi.
Bichimiga esa deyarli ahamiyat berilmaydi.
7-rasm.Safari uslubi
Denim y o k i djins uslubi. Bu uslub boshidan doimo
ommabop, hashamatli, yoki oddiy. Djins uslubida asosiy rang
to'q ko'k. Ilk bor ishchilar uchun kiyim bo'lib, hozir esa ko'k
49
denim "ot kutyur" va "preta-porte"da keng namoyish qilinadi.
Indigoga bo'yalgan ip gazlamasi dag'alligini yo'qotdi. Yangi
texnologiyalar yordamida yangi xususiyatlarga ega bo'ldi. Bugun
djins uslubi sport uslubidan chiqib, bashang kiyimiga ham kirdi.
Zamonaviy denim yaltiroq
qoplanma va payetkalar bilan
bezatilgan, kamalak ranglarga bo'yalgan.
M ilitari uslubi. Militari-luk - 70-80-chi yillarda sport va
dam olish uchin kiymlarida xarbiylashgan uslub. Bu uslubda
ajralib turadigan detallari - pogonlar, pat va qopqoqlar,
o'qdonlar, haqi rangli gazlamalar, xarbiy botinkaga uslublangan
poyabzallar. Harbiy formaga moda doimo qaytadi, chunki u
uniformani namoyish etadi. Militari uslubda dizaynerlami
qiziqtiradigan xossa - uning utilitarligi va teatralligi. Bu uslub
tartib va jasorat ramzi. 2001-2002 yillarda militari uslubi keng
tarqalgandi. Bu davrdagi militari modasi ko'proq teatral tomonga
intilgandi. Iv Sen-Loran Moda Uyi
gusarlarni mundirlariga
o'xshagan paltoni taqdim etishdi. Dolche va Gabbana yelkani
epoletlar bilan bezatishgan, ko'kragini esa zargarli buyumlar va
oltin tugmalar bilan bezatishgan.
Dengiz uslubi. Bu uslub ilk bor 1880 yillarda bolalar
kiyimida paydo bo'lgandi. Matros kiymini eslatadigan bolalar
kiyimlari juda ifodali va qulay bo'lgan. So'ng bu detallar ayollar
modasiga kirgan. Dengiz uslubi bugun ham o'z muhimligini
yo'qotmadi. Bu uslubni farqlaydigan detallari kvadrat shakldagi
katta yassi yoqa va oq-ko'k tasmalar. Dengiz uslubda to'q-ko'k
bleyzerlar, oltin tugmalar, oq shimlar, furajkalar mavjud bo'lgan.
Odatda bu uslubda yozgi kiyim yaratiladi. Unga taxlamali yubka
yoki shim, keng bluza, matros yoqali jaket, yo'l-yo'l mayka yoki
bluzka kiradi. Bu
liboslarda asosan
tabiiy zig'ir va ip
gazlamalari qo'llanadi.
Fitnes uslubi. Fitnes - bu sport bilan shug'ullanish ma'nosini
bildiradi. Oxirgi payitlarda moda yaratuvchilari soprt kostyumi
g'oyalariga nazarini tashlashgan. Ular velosipedlar, suzivchilar,
50
gimnastika kostyumlariga o'z e'tiborini qaratishdi. Fitnes
uslubidagi liboslarida elastik materiallar, sport kostyumdan
o'zlashtirilgan lampaslar, tasma "molniyalar" va yorqin kontrast
rang birikmalari qo'llanadi.
Yangi avlod kiyimlarida avangard uslubida qulay va go'zal
liboslami modasiga ta'sir etdi.
8-rasm. Avangard uslubidagi eskiz
M inim alizm uslubi. Minimalizm uslubi yoki purizm, oddiy
etilganda-soddalik, odatda davrlar qirrasida ro'y berdi, qachonki
eskizi jonga tekgan, yangisi esa hali yaratilmagan. Aynan shu
vaqtda jamoada "toza varaqdan xayotni boshlash" talab paydo
bo'ladi. Turli davrlarda va mamlakatlarda minimalizm o'ziga
xos bo'lgan. Bu uslub komfortlikni xoxlaydi, uning shiori:
qanchalik kam bo'lsa, shunchalik yaxshi! Bu uslubda oddiy
bichim, rang palitrasi ochiq, qora, kulrang va oq ranglar ko'p
qo'llanadi; tabiiy ranglar kiyimni har xil qilib ko'rsatadi. Bu uslub
ayollarga taqinchoqlarni kiyishni, jingala sochni, aksessuarlarni
kiyishni man etgan, modaga qora tuflini kiritgan. Siluet pret-a-
porte moda tendensiyalariga rioya qilgan. Bu shahar uslubda
yumshoq siluetlar, to'kilib turadigan va qalin materiallar (jun
krep va krep -gabardin), neytral va pastel ranglar mavjud.
A nim al uslub kiyimda charm va mo'ynani qo'llash. Animal
uslub mododadan chiqmaydi, demak u klassik deb hisoblansa
bo'ladi. Zamonaviy moda bu uslubda xayvonlarning charmini
51
imitatsiya qiladigan materiallar qoilanadi. Animal uslubi
kundalik kiyim modasi emas.
Bugun tabiiy mo'yna va charm dabdabalik ramzidir. Sunniy
charm va mo'yna tabiiylaridan qolishmaydi. Bu uslubda
murakkab bichimlar bo'lmasligi lozim. Animal uslubida ansambil
sidirg'a buyumlar bilan elegant ko'rinadi.
|