YANGI AVLOD KIYIMLARINING




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/99
Sana04.01.2024
Hajmi5,14 Mb.
#130038
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   99
Bog'liq
D. Djalolova - Tikuv buyumlarini tayyorlashda kreativ loyihalash

5. 
YANGI AVLOD KIYIMLARINING 
SHAKLLANISHIDA USLUBLARNING ROLI
Reja:
1. Uslub tushunchasini ta'riflash
2. Uslublash tushunchasini ta'riflash
3. Katta uslublar
4. Firma uslubi
5. Avangard uslubi
Tayanch iboralari: dizayn, ijod, kompozitsiya, badiiy, usul, 
uslub, uslublash, kostyum, shakl, fikr, g'oya, funksiya, kutyure, 
pret-a-porte, uslub, katta uslub, mikrouslub, klassik uslub, sport 
uslub, retro uslub, folklor uslub, romantik uslub, uslublar 
aralashmasi.
D izaynda uslub va uslublash. San'atda uslub asosiy 
tushunchalarnidan biri bo'lib, vaqt mobaynida va jamiyatda 
kostyum evolyusiyasi bilan bog'liq. Davr uslubi, tarixiy kostyum 
uslubi, moda uslubi, dizayner uslubi, firma uslubi tushunchalar 
ham uchraydi.
Uslub - badiiy fikrlashning eng umumiy kategoriyasi; 
san'atda muayyan davr yoki asarning tasviriy vositalarning 
g'oyaviy birligi; buyum muhitining badiiy-plastik o'xshashligi. 
Uslubda har bir davrni dunyoqarashlar, g'oya va qarashlari aks 
etiladi. Uslub - davrning badiiy tili, davrning badiiy ifodasi. 
Unda muayyan tarixiy davrning estetik ideali namoyon bo'ladi. 
Uslub barcha san'at turlariga o'zgacha ta'sir etadi, uni "davrning 
katta badiiy uslubi" deb atashadi. San'at tarixida davrga mansub
39


1
"katta uslublar" birin ketin bo'lgan: Qadimiy Misr, Antik, Roman, 
Gotik, Renessans, Uyg'onish, Barokko, Rokoko, Klassitsizm, 
Ampir, Modern. Ushbu uslublar kostyum turini, shaklini
proporsiyalarini, qo'llagan matolarini, kiyish usulini va h.k. 
belgilagan.
"Uslub" 
tushuncha 
bilan 
"uslublash" 
tushunchasi 
chambarchas bog'liq. Yangi san'at asrlari yaratilganda uslublash 
badiiy usul sifatida qo'llanadi.
Uslublash - ma'lum uslubning siymosi va formal belgilarini 
yangi, unga monand emas baddiy kontekstda g'arazli maqsad 
bilan qo'llash.
Dizaynda uslublash -  bu birinchidan buyumni loyihalashda 
muayyan uslub xossalarini ongli qo'llash; ikkinchidan - madaniy 
namunani ko'rinarli xossalarini to'g'ridan-to'g'ri loyihalayotgan 
buyumga ko'chirmoq, ko'pincha bezakda; uchinchidan - tabiiy 
shakllar yoki muayyan buyumlarga taqlid etib, shartli dekorativ 
shakl yaratish.
Uslublash usulda ajoyib kolleksiyalarini Iv Sen-Loran 1960- 
1980 y. ("Afrikanka", "Rus balet-operalar", "Xitoy ayoli", "Ispan 
ayoli", "Pikasso hotirasiga" va b.) yaratgan.
Modaga nisbatan uslub-og'ishmasi ijtimoiy fenomen. 
K.Shanel etishi bo'yicha: "Moda o'zgaradi, haqiqiy uslub esa -
hech qachon".
Dizaynerlar, moda jurnallari, televidenie va Internet tavsiya 
etgan ko'p uslublar orasida zamonaviy kostyum dizaynida asosiy 
yo'nalishni aniqlash mumkin.
Bu yo'nalishlardan biri - modani demokratizalyalanishi, 
o'ziga xos "modani hukumdorligidan ozod bo'lish", barchaga 
majburiy yagona modali namunani yo'qligi, turli mo'ljal 
kiyimlarni farqlanmasligi, "yaxshi did" 
qonunlami, turli 
buyumlarni birikmalarini, ranglar va materiallami qo'llash 
qoidalarni muqarrar emasligi.
40


Ikkinchi 
yo'nalishi 
-
buyum 
muhitini 
industriali- 
za tsiy a la n ish i, 
har bir insonga o'z fikrini erkin ifodalashga sharoit 
y aratish .
Jamoani oldida turgan muammolarni echishda ko'mak 
berishda dizaynni insonparvar roli kuchaymoqda, chunki u 
turmush tarzni shakllanishiga insonning talablar tarkibini 
aniqlashga ta'sir etishi mumkin, jamiyatda ekologik qiymatini 
tasdiqlashga imkon tug'dirib.
Bu usul timsol bilan erkin foydalanishni, transformatsiya 
etish n i 
ko'zda tutadi, asos qilib olingan uslub bilan aloqani 
uzmasdan. Bu holda ijodiy manba doimo tanish bo'ladi. Badiiy 
vosita sifatida uslublash klassitsizmda, neoklassitsizmda va b. 
qo'llangan.
Har bir uslub rivojlanish jarayonida bir necha bosqichlardan 
iborat:paydo bo'lishi, avjga etishi, inqirozga uchrashi. Shuni 
e'tiborga olish lozimki, har bir davrda bir necha uslublar 
birgalikda mavjud bo'lgan: oldin bo'lgan, ayni shu vaqtda 
hukumronlik qilgan va kelajak uslubning elementlari. Har bir 
mamlakatda badiiy madaniyati rivojlanish darajasi, siyosiy va 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, boshqa mamlakatlar madaniyati 
bilan aloqaligi bilan bog'liq badiiy uslublarni evolyusiya 
dinamikasi o'ziga xos bo'lgan: masalan, XV asrda Italiyada 
Renessans uslubi avjiga chiqqan bo'lsa, Fransiyada - kech Gotika, 
Germaniyada esa - Gotika XVI asrni o'rtasigacha bo'lgan, O'rta 
Osiyoda esa - Renessans uslubi IX asrdan boshlab to XVII asrga 
qadar rivojlangan.
Yangi avlod kiyimlarining shakllanishida innovatsion 
dizayn uslublarining roli juda katta ahamiyatga ega.
Yangiliklarni kiritish bo'yicha tadqiqotchi N.I.Larin, so'z 
entimologiyasi bo'yicha "yangilik kiritish" asosan "kiritish" 
ma'nosini bildiradi, biror yangilikni yaratish va undan 
foydalanish asosida ilgari stabil holatdagi yangisi bilan 
almashtiriladi. Bu biror ijtimoiy zaruriyat va extiyoj talabdan
41


kelib chiqadi. Ammo "yangilik" va "yangilikni kiritish" bir xil 
tushuncha emas. Yangilikni kiritish kengroq ma'nodagi ta'rif 
boiib, u yangilikni yaratish va yangilikdan foydalanishni 
ifodalaydi degan fikrga keladi.
Tadqiqotchi A.Pinskiy "innovasiya" atamasi tushunchasi 
aniq, ravshan tushuncha bo'lsada, uning tarkibida yangilikni 
yaratish va uni tatbiq etish tushunchalari mavjuddir deydi.
Yangiliklarni izlash, yaratish, qo'llash ishlari jadallashib 
bordi. Shu sababli yangi bilimlarga bo'lgan talab, "yangilik", 
"innovasiya" va "innovasion jarayonlar" paydo bo'ldi va u 
tushunchalarni izohlash, anglash zaruriyatini keltirib chiqardi.
Dizayn uslublar "Katta uslub" doirasida "mikrouslublar" 
rivojlanishi mumkin. Masalan, Rokoko uslubi doirasida (1730- 
1750 yy.) "shinuazri" (xitoy uslubiga o'xshash) va "tyurkeri" 
(turkcha uslub); modern uslubi doirasida (1890-1900 y.) 
"neogotika", "neorus" va geometrik 
uslublari; "art deko" 
uslubda (1920 y.), Misr, rus, afrika, geometrik va b. mikrouslublar 
mavjud bo'lgan.
Ammo, tarixiy davrlar o'tishi bilan "katta uslub"lar 
o'tmishda qoldi: jamoa va insonni turmush sur'ati tezlashishi, 
informatsion jarayonlarni rivojlanishi, yangi texnologiyalar va 
ommabop bozorni ta'siri, yagona uslubga emas, balki ko'p 
uslubiy shakllar va plastik siymolarni mavjud bo'lishiga olib 
keldi.
XIX asrda ilgari bo'lgan uslublarga asoslangan uslubiy 
yo'nalishlar paydo bo'la boshladi (eklektizm, o'tmishga berilish 
va b.). Eklektika - bu har xil uslublarni aralashmasi, bir necha 
uslubni baravariga mavjudligi. XX asrda eklektika madaniyatini 
muhim xususiyatlaridan biri bo'ldi, ayniqsa asrni oxirida -
postmodernizm madaniyati modaga ta'sir etgandi.
XX asrda "katta uslub"larni o'rniga san'atda avangard 
san'atni innovatsion mohiyati bilan bog'liq yangi konsepsiyalar 
keldi: abstraksionizm, funksionalizm, syurrealizm, pop-art, op-art 
va h.k. Modada har bir o'n yillikda "mikrouslub"lar mavjud 
bo'lgan: 1910 y. - neo-grek va sharq uslubi; 1920 y.- rus, misr,
42


lo tin am erik a, a frik a ; 
1930 у.- neoklassitsizm, o'tmishga berilish, 
lo tin am erik a, 
syurrealizm; 1940 y.- kantri, vestern; 1950 y.- Nyu 
Luk, Shanel; 1960 y. - kosmik; 1970 y. romantik, retro, folk, etnik, 
sport, 
djins, diffuz, militari, ichki kiyim, disko, safari, pank; 1980 
у - ekologik, yangi qaroqchilar, neoklassik, neobarokko, korset; 
1990 y. - granj, etnik, neo-pank, kiberpank, glamur, o'tmishga 
b erilish , 
neo-xippi, minimalizm, dekonstruktivizm va b.
Har bir mavsumiy nashrlar yangi uslublarni targ'ibot etadi, 
dizaynerlar esa o'z uslubini yaratishga intilishadi. Ammo, barcha 
uslublar tasodifiy paydo bo'lmaydi. Siyosiy voqealar, ijtimoiy 
muammolar va b. uslubni shakllanishiga ta'sir etib, uni aktual 
qiladi. Modali uslublarda insonning siymosi va turmush tarzini 
o'zgarishi hozirgi zamonda uni o'rni va va roli bo'yicha tasavvuri 
ifodalanadi. Yangi uslublarni paydo bo'lishiga yangi materiallar 
va ularga ishlov berish usullari ta'sir etadi.
Ko'p uslublar orasida klassik uslubni ajratish mumkin: ular 
uzoq vaqt davomida aktualligini saqlab, modada bo'ladi. Klassik 
uslub 
muayyan 
xususiyatlarga 
ega 
bo'lishi 
mumkin: 
universallik, ko'pfunksiyalik, shakl yaxlitligi va oddiyligi, 
odamni talablarini qondiradigan. Klassik uslubga, masalan, 
ingliz, Shanel uslublari kiradi.
5-rasm.Shanel uslublari
43


"Katta badiiy uslub"lar va "mikrouslub"lardan tashqari 
"muallif uslubi" 
yoki "ustaning individual uslubi" degan 
tushunchalar bor. Bu uslub turida muallifning mavzulari, 
g'oyalari, qo'llagan tasviriy vositalari va badiiy usullari namoyon 
etiladi. K.Shanel, K.Dior, A.Kurrej, Dj.Versache, K.Lakrua, 
V.Zaysev, V.Yudashkin va b. ijodi muallif uslubi bilan ajralib 
turadi.
Zamonaviy buyum muhitni badiiy-plastik bir xilligi 
"dizayn-uslub" deb ataladi. Bu uslub texnikaviy taraqqiyotni 
o'zlashtirish natijasini namoyon etadi. U yangi mato va 
texnologiyalar bilan bog'liq bo'lib, buyumlarni tashqi ko'rinishini 
faqat o'zgartirmasdan, insonni hayotiga yangi xossalami baxsh 
etadi va buyum va insonni o'zaro aloqasiga ta'sir etadi.
Dizaynda "firma uslubi" degan tushuncha ham bor - bu 
firmani ishlab chiqargan mahsulotiga uslubiy birlik mansub. 
Firma uslubi haqiqiy mualliflar tomonidan yaratiladi va sub'ektiv 
xossaga egadir.
Zamonaviy 
dizaynda 
ommabop 
iste'molchiga 
mo'ljallangan mahsulot ishlab 
chiqarishda bu usul o'z 
ahamiyatini saqlab qolgan, ayniqsa, kommersiyachilik dizaynida 
("korporativ" dizaynda).

Download 5,14 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   99




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish