Komplektning alohida buyumlari o'z mo'ljalini o'zgartiradi
(k u n d a lik n i
bashangga, kundalikka oidni safarga kiyiliadiganga aylanadi
va
o'zgacha).
Shuning
uchun
komplekt
loyihalanganda
ayrim
buyumlarning qo'llanish chegarasini kengaytirish lozim.
Ilk bor ansamblga altemativa sifatida komplekt 1920 yy sahna
kostyumida
qo'llangan.
Konstruktivistlaming
kiyim
loyihalashda
kombinator uslubni qo'llashi komplekt g'oyasini paydo bo'lishiga
mantiqiy xulosa bo'ldi.
1929 yilda model'er E.Skapyarelli olti buyumdan iborat komplektni
tavsiya etdi, kun davomida ularni o'zaro kombinatsiya qilish mumkin edi.
Ommabop modada komplektlar faqat 1970 yy. tarqaldi. 1972 yilda ingliz
modelerlari Lyuk va Dj.Tallis moda kolleksiyalarida
bir-biriga mos
yubkalar, shimlar, nimchalar, bluzkalarni namoyish etdilar. 1970 yy.
iqtisodiy inqiroz davrida shunday yo'l ko'pchilikka manzur bo'ldi, chunki
alohida buyumlar assortimentidan "oqilona" yoki "bazaviy" garderobni
barpo etish mumkin edi.
Hozirgi zamonda komplektlar modadan ansamblni mutlaqo siqib
chiqardi. Endi zamonaviy insoning garderobi komplektlardan iboratdir.
Iste'molchi o'z xohishiga binoan kostyum
elementlarini kombinatsiyalab,
o'z individualligini kostyum yaratishda namoyish etishi mumkin edi.
Kolleksiyaning barcha qismlari uslub bo'yicha bir-biriga mos bo'lishi
mumkin, ammo 1970 yy. kostyumda
"diffuz usluhi" paydo bo'ldi. Bu
uslubga binoan kostyumda har xil uslublar aralashib ketdi: masalan,
klassik pidjak "folk" uslubidagi qo'sh burmali yubka bilan, klassik shimni
esa sport uslubidagi kurtka va romantik bluzka bilan kiyildi. Zamonaviy
komplektlarda ko'pincha
har xil uslubdagi, turli rangli, naqshli
materiallardan ishlangan buyumlar qo'lanadi. 1990 yy. boshida shunday
aralashmalarga
"birikmaydigan birikmalar" degan nom berildi.
1990 yy. komplekt tizimida kiyim kiyshning yangi usullari paydo
bo'ldi: u kompozistiyani pala-partishligi,
buyumning qomatda erkin
o'tirishi, buyumni bir tomonga siljishi, taqilmasi yoniga yoki orqasiga
siljishi va h.k. bilan farqlanadi.
Odatda, komplektlar har xil fakturali materiallardan qilinadi.
Komplektlar quyidagi qismlardan tuziladi: palto (uzundan kaltagacha),
turli shaklli shimlar, sviterlar, ko'ylaklar va h.k.
1998-1999 yy. komplektni barcha elementlari bir xil yoki o'xshash
ranglarda qilingan.
31
л
2000-2002 уу. qarama-qarshi rang va har xil buyumlaming
birikmalari paydo bo'ldi va 1970 yy. "piyoz" uslubni eslatadigan
ko'pqavatlik tendenstiyasi namoyish etildi. Ammo,
odatiy kostyum
elementlarini yangi usulda kiyish uchun qidiruv tendenstiyasi saqlanib
qolgan edi.
Kolleksiyani loyihalash. Kolleksiya (lot. collektio - to'plam) - ilmiy,
tarixiy yoki badiiy qiziqishni ifodalaydigan, o'xshash buyumlami tizimga
solingan to'plpmidir. Kostyum dizaynda kolleksiya quydagi birlikni barpo
etadigan har xil mo'ljal uchun modellar seriyasi:
muallif kostepstiyasi;
siymo; kolleksiyada qo'llangan materiallar; rang echimi; shakl; bazaviy
konstruksiyalar; uslubiy yechim; va h.k.
Kolleksiya turli elementlardan tashkil topishi, ya'ni, bu ansambllar,
komplektlar,
alohida buyumlar, qo'shimchalar va bezaklar bo'lishi
mumkin.