Tikuv buyumlarini t ayyorl ashd a kreativ loyihalash




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/99
Sana04.01.2024
Hajmi5,14 Mb.
#130038
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   99
Bog'liq
D. Djalolova - Tikuv buyumlarini tayyorlashda kreativ loyihalash

K ostyum dizayn i. Kostyumning 
barcha elementlari dizayn 
ob'ektlariga kiradi. Kostyum inson bilan chambarchas bog'liq va 
muhitning ajralmas qismi bo'lib, turmush tarzini o'zgarishini ifoda etadi.
Kostyum (ital. sostume - odat, urf-odat) - bu yaxlit g'oya va mo'ljal 
bilan biriktirilgan, ijtimoiy, millat, mintaqa, jins, yosh va mutahssiligini 
ifoda etadigan 
elementlarining muayyan tizimi. Kostyum maishiy 
an'analar bilan chambarchas bog'liq, ma'lum mintaqaning urf-odatlarini, 
haqiqiy tarixiy davmi, xalqni yoki etnosi ijtimoiy holatini, ma'lum 
shaxsning siymosini, uning noyobligini ifoda etadi. Kostyumning asosiy 
funksiyalari qatorida himoya, utilitar va belgi funksiyalari kiradi, chunki 
kostyum maxsus aloqa turi, ya'ni u atrofdagilarga odam to'g'risida 
ma'lumot beradi: uning ijtimoiy holidan, siyosatga munosabati, estetik 
didi, dinga mansubligi, madaniyati.
Kostyum quyidagi funksiyalarni bajaradi:

yoshi to'g'risida ma'lumot beradi, ammo kostyum yoshini 
ko'rsatish yoki yashirishi mumkin;
19


- oyilaviy holatini ko'rsatadi. Masalan, barcha milliy kostyumlarida 
yoshidan tashqari uning oilaviy holi belgilangandi: unashtirilgan qiz, 
uzatilgan qiz, beva va h.k.. An'anaviy jamoada shaxsga moyil boim agan 
kiyimni kiyish man etilardi. Zamonaviy kostyumda bu funksiya deyarli 
yo'qoldi desa boiadi: hozir kostyum bo'ycha ba'zan oilaviy holi va jinsini 
bilib boim aydigan bo'ldi (unisek uslubi);
- odamning ma'lum tabaqaga, ijtimoiy sinf yoki guruhga 
mansubligini belgilaydi, ijtimoiy vaziyatini ko'rsatadi yoki yashiradi;
- odamning mutaxassiligini ko'rsatadi. 
O'rta asrlarda Evropada 
barcha kasblar maxsus kiyim kiyishgan. Zamonaviy kostyumda bu 
funksiya harbiy ishlab chiqarishga oid kostyumda uchraydi va kamroq 
maishiy kostyumda. Ammo, hozir ham kostyum yordamida ishbilarmonni 
boshqalardan ajratish mumkin;
- mintaqa iqlimi va unda yashayotgan xalqlaming turmush tarzini va 
milliy an'analarini ko'rsatadi. Ammo, hozir keng tarqalgan baynalminal 
uslubi barcha milliy xususiyatlami yo'qota boshladi;
- shaxsning ma'lum dinga mansubligini ko'rsatadi. Masalan, dastlab 
Hindistonda faqat musulmonlar bichilgan va tikilgan kiyimni va charmdan 
tikilgan poyabzalni kiyishgan, hindlar esa - bichilmay uralgan kiyim 
kiyishgan; 
XVI 
asrda 
Fransiyada 
kostyum 
yordamida 
katolikni 
protestantdan ajratish mumkin edi. Ammo bu funksiya kostyumda 
avvalgidek deyarli ahamiyatga ega emas.
Evropa tipidagi zamonaviy kostyumda ma'lum funksiyani ajratib 
ko'rsatish qiyin. Kostyum ko'p funksiyali bo'ldi, funksiya o'zi ko'p 
ma'noli. Kostyum avvalgidek erotik va estetik funksiyani bajaradi. Bu 
ma'noda kostyum insonni o'ziga xos estetik didini ifodalab, ma'lum vaqtni 
go'zallik to'g'risida umumiy tasavvumi aks ettiradi. Kostyumni individual 
tanlash (uslubini, ranglar va ayrim buyumlar birikmasini, qomatga va 
haqiqiy sharoitga mosligini, shaxsning ma'lumoti va uning ijtimoiy 
nasabini ko'rsatadi) insoning umumiy madaniyati to'g'risida ma'lumot 
beradi. Zamonaviy modada "yaxshi did" to'g'risida avvalgi me'yorlar yo'q 
ammo, " kiyim madaniyati" tushunchasi o'z ma'nosini saqlab qoldi.
Kiyim dizayni - dizayn faoliyatining yo'nalishlaridan biri. Kiyish 
usuli, tanada mahkamlash turi va bichimiga ko'ra kiyim quyidagi turlarga 
boiinadi:
- drapirovkalangan (bichilmagan va tikilmagan) - bu bir bo'lak mato 
tanaga o'raladi va drapirovka qilinadi (xiton, gimatiy, toga, sari, dxoti va b)
- qoplama - bu boshdan kiyiladigan kiyim. U tikilmagan - faqat yoqa 
o'mizi qirqilgan mato parchasi (poncho, penula va b.) yoki tikilgan 
(tunikasimon bichimli);
- oldi ochiq - bu bichilgan va tikilgan kiyim (chopon va kaftan
turida);
20


\

evropa turidagi bichilgan va tikilgan - bu odam qomatiga mos 
bichilgan va tikilgan kiyim.
Zamonaviy kostyumni yaratganda uni asosiy funksiyasini inobatga 
olish zarur. U kostyumni konstruktiv echimini, matosini va siymosini 
belgilaydi. Buyumni loyihalashda bunday yo'l "funksional qadam" deb 
atalgan, qachonki buyum emas, balki iste'molchiga beradigan foyda ko'zda 
tutiladi (shu nuqtai nazardan bashang ko'ylakni emas, balki yaxshi 
kayfiyatni, go'zallikni loyihalash zarur).
Buyum loyihalanganda funksional qarash uni ishlash jarayonini 
dastlab o'rganilgandan so'ng, ideal ishlaydigan tizim yaratiladi va natijada 
odamni har xil va o'zgaruvchan talablarini qondiradigan prinsipial yangi 
funksiyani bajaradigan buyum yaratiladi.
Loyihalash ob'ektiga binoan kostyum kiyim, bosh kiyim, poyabzal, 
aksessuarlar, bezaklar va b. dizayniga bo'linadi.
3-rasm. Geometrik figuralardan tuzilgan kompozitsiya
'?***■
.ЛМ
4-rasm. Dizayinda yangi kompozitsiyasi
Kiyim iste'mol va ommabop chiqariladigan buyum bo'lgani bois, 
kiyim dizayneri asosan sanoatga oid kolleksiyalami yaratadi. Bunday 
mutahassislarni kiyim dizayneri yoki stilist deb atashadi.
21


1950 yilda pay do bo'lgan tushuncha "pret-a-porte" (kiyishga tayyor) 
kiyim ishlash sohasida mavjud. "Pret-a-porte" kiyimi taniqli dizayner 
firmaning nomi qo'yladigan yuqori sifatli kiyim. Sanoat modasining 
birinchi yarmarkasi 1948 yilda Dyusseldorfda o'tqazilgan, 1951 yilda 
Florensiyada ayollar modasining birinchi ko'rgazmasi o'tqazilgan. 1956 
yilda Parijda birinchi "pret-a-porte" saloni ochildi.
"Kostyum dizayni" tushunchasi hozir umuman kostyum yaratish 
faoliyatida tarqalgan va faqat sanoatda ishlab chiqariladigan buyumlar 
uchun emas, balki kutyurelar ijodida ham uchraydi.
Parijda bir yilda ikki marotaba ayol va erkaklar moda saloni 
o'tqaziladi. Yirik moda salonlarining "Yuqori moda sindikati"ni 1868 yilda 
Ch.F.Uort Parijda tashkil etgan. Yuqori moda sindikati o'rta asr 
hunarmandchilik sexini eslatadi. Faqat bu tashkilot a'zolarigina kutyure 
deb atalishi mumkin. Sindikatga qabul qilinish uchun bir qator talablarga 
muvofiq bo'lish kerak: modellarni faqat shaxsiy buyurtma bo'yicha ishlash, 
buyumni faqat qo'lda tikish, maxsus mijozlari bo'lishi lozim. Sindikat 
nizomiga yangi talablar kiritildi - mijozlar va ommaviy axborot vakillari 
uchun va mavsumiy yangi modalar kolleksiyasi doimo ko'rgazmalarini 
o'tqazish. Hozirgi kutyure yuqori moda sindikati a'zosi bo'lishi uchun 
Parijda saloni (Yuqori Moda uyi) shtatida 20 dan kam boim agan 
hodimlari, 3 doimiy manekenshchitsalari bo'lishi va ma'lum qoidalarga 
rioya qilishi lozim: modeller ishlanganda asosan qo'l ishi qo'llanishi (hozir 
30% mashina choklari qo'llanishi mumkin), ma'lum bahodagi matolami 
qo'llash, bir yilda ikki marotaba 75 ta modeldan kam bo'lmagan yangi 
modellaming mavsumiy ko'rgazmalarini o'tqazishi shart.
Bunda asosiy vazifa - reklama, korxonalar va savdo-sotiq orasida 
aloqa bog'lash. Yana kostyum dizaynerlar orasida nazariy va manifest 
turida o'z ijodiy konsepsiyasini ifoda etish an'anasi yo'q. Odatda, 
dizaynerning konsepsiyasi modellar ko'rgazmasi o'tqzilgandan so'ng 
intervyu yoki press-reliz sifatida beriladi. Shu bilan birga etakchi rol 
dizaynerlarga mansub boim asdan, tanqidchilarga, moda sharhlovchilariga 
mansub, chunki ular yangi moda yo'nalishini asoslab reklama qiladilar.
Kostyum dizayneri o'z g'oyalarini eng aw alo modellarda namoyon 
etadi, ijodiy konsepsiyalarini esa - moda ko'rgazmasida. Dizaynerlar 
faoliyati loyiha madaniyatini umumiy rivojlanish rag'batini aks ettiradi: 
masalan, 1920y funksionistlar (konstruktivistlar) qo'llagan prinsipni 
K.Shanel kiyim yaratganda inobatga olgan.
Kostyum dizayinning ob'ekti - amaliy m oijali va estetik 
funksiyalardan tashqari bir necha funksiyalami bajaradigan utilitar 
buyumdir. Dizayner buyum dunyosini tasvirlamasdan uni yaratadi. 
Loyiha madaniyatining kelajakka initilishi, uning dinamikligi, yangi dunyo 
siymosini yaratishga maqsad qilib olishi, dizaynning asosiy vazifasini
22


belgilaydi - yangi buyum namunalarini yaratish. Shuning uchun kostyum 
dizayni odamlaming talablarini va turmush tarzining o'zgarishini inobatga 
olib, 
an'anaviy 
shakllarga 
bezak 
bo'lmasdan, 
kiyimning 
yangi 
funksiyalarini loyihalashi lozim.
Kostyum buyumlar to'plami bo'lib, quydagi funksiyalarni bajaradi:
- instrumental: odamning faoliyati, kiyim mo'ljali bilan bog'liq 
(utilitar-amaliy funksiya);
- adaptiv: buyum-fazo muhitida komfortni ta'minlash, odamning 
tashqi muhitga adaptatsiya qilinishiga osoyishtalash (bu funksiya ekologik 
muammolar nuqtai nazaridan juda muhim);
- natijali: buyumlar birlashtirilgan va ularda madaniyat sifati 
umuman ko'rinadi - ma'no, an'ana, material va shaklda aks etgan qiymati.
Demak, buyum umuman turmush tarzining aksi bo'lsa, kiyim esa - 
odam siyimosi va uning turmush tarzining ifodasidir.
Ba'zi dizayn tadqiqotchilari dizayn san'atning yangi shakli deb 
muxokama qiladilar. Bir qaraganda dizayn bilan amaliy san'atni ko'p 
umumiyligi bor. Ammo, dizayn yangi funksional vazifani echishni ko'zda 
tutsa, amaliy san'at mavjud buyumlarga badiiy variantlarini yaratadi.
Dizayner o'z faoliyatida fan va texnika yutuqlarini tahlil etib,
ijodiy fikrlash asosida yangi buyumlarni yaratishi lozim, ular sanoat 
sohasda ishlab chiqarilishi mumkinligi inobatga olishi kerak.
Dizaynerning ijodiy qobiliyatining integrativ xususiyatini italian 
dizayneri E.Sotsass o'z ta'rifida quyidagicha etgan: "Dizayner - bu yuqori 
darajali rassom, faylasuf, hunarmand". Dizayner faylasuf bo'lishi lozim, 
chunki u insonning didiga va tashqi ko'rirnishiga, sezgisini, turmush 
uslubini loiyhalaydi. Dizayner bevosita buyumni loyihalaydi, vosita esa -
insonni va jamoani. Demak, dizaynning haqikiy maqsadi - insonni 
loyihalash, uning qiyofasini, turmush tarzini. Shuning uchun loyihaning 
asosi inson siymosini va jamoaning konsepsiyasi bo'lishi lozim.
1. Dizayn - ijodiy faoliyat turini aytib bering?
2. Dizayn turlari ta'riflang?
3. Dizaynning asosiy omillari ta'riflang?
4. Kostyum dizaynining asosiy funksiyalarini aytib bering?
5. Kostyum dizaynini o'ziga hosligi nimada?
Nazorat savollari
23



Download 5,14 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   99




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tikuv buyumlarini t ayyorl ashd a kreativ loyihalash

Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish