xos xususiyat bo'ldi, insonni dunyoda yangi o'rni hisobga olindi, tashqi
muhit bilan bogiadi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida loyihalash
madaniyatini qayta ishlab chiqarishda asosiy usuldir, u turmush tarzni
uzliksiz
o'zgarishiga
mo'ljallangan
va
yangi
buyum
yaratishda
faoliyatning barcha tomonlarini: texnikaviy,
iqtisodiy, ijtimoiy va estetik
tomonlarini o'zaro qamradi.
Loyihalash madaniyati qonun-qoidalar hukumiga asoslangan,
qadimiy madaniyatlami (qadimiy sivilizatsiyalar, Evropa o'rta asr,
Hindiston, Xitoy, Yaponiya madaniyatlari) o'miga uyg'onish davrida
keldi.
Qonuniy madaniyatni mualliflari noma'lum edi va natijada
o'qituvchilardan o'quvchiga o'tardi. Taqlid etish uchun namuna sifatida
uzoq zamonlarda paydo bo'lgan an'analar boig an . Loyihalash madaniyati
esa muallifga oid, unda shaxs loyihalash huquqiga ega boiadi.
Loyihalash
madaniyatida eski qonun-qoidalarni buzmasdan, yangini yaratish mumkin
emas: bu siz barcha sohalarda (texnikaviy, ijtimoiy, badiiy) ijod boim aydi.
Ammo yangi davrdan boshlab (XIX asmi yarmidan) texnokrat va
texnotsentrik fikrlash madaniyatni degumanizatsiyalanishi bois tanqid
ob'ekti bo'ldi.
X IX
asr oxiri-XX asr boshida dizayn nazariyachilari D.Ryoskin va
U.Morrisdan boshlab, mashinalar hukumligiga yo'qotilgan madaniyat
yaxlitligini ko'tarish fikrini taqqoslashdi. Bu g'oya dizaynni zamonaviy
tamoyillarida ham o'z aksini topdi.
Dizayn sanoat va san'at orasidagi nomuvofiqlikni yengish lozim:
loyihalash madaniyatida go'zallik va foyda uyg'unlashadi.
Dizayn loyihalash faoliyat sifatida jamoa va insonni turli talablarini
qondiradi.
Dizayn - ijodiy loyihalash faoliyat, uning maqsadi -
insonni ruhiy va
moddiy talablarini to'liq qondiradigan uyg'un buyum muhitini yaratish.
Buyumlarga yuqori iste'mol va estetik xossalami ta'minlaydigan
mutaxassis dizayner deb ataladi.
Dizayn tarkibiga quyidagi elementlar kiradi: dizayn - faoliyat
sub'ekti - dizayner va iste'molchi; dizayn - faoliyat ob'ekti: dizayn-
loyiha va dizayin-mahsulot; muhit - faoliyatning har xil tizimlari.
Dastlab dizaynga faqat sanoatga oid loyihalash kirsa, endi unga
ko'pincha yagona namunada yasalgan noyob loyihalar (artdizayn,
elita dizayni) ham kiradigan bo'ldi.
Zamonaviy jamiyatda dizayn ommabop aloqa vositasi ham bo'ldi,
chunki savdo-sotiq orqali ishlab chiqarish va iste'mol qilishni birlashtirdi,
talab va taklifni tartibga soldi, aholining xarid qilish qobiliyati aktivligini
oshirdi. Buyumni xarid qilganda, iste'molchi faqat o'z ehtiyojini
qondirishgina emas, balki ijtimoiy ramzini ham qondiradi.
18
Xullas, dizayn - iste'molchi va ishlab chiqaruvchi orasida marketing
va aloqa vositasidir: "sotsiologiya tomonidan qaralsa,
dizayn - bu
buyumlarni tashqi ko'rinishiga nufuz timsoli, farovonlik, sodiqlik berish
orqali sanoat va bozorni hamkorligini boshqarish tizim. Madaniy
tomonidan qaralsa, dizayn - san'atdir" (K.Kantor. Pravda о dizayne. - М.:
Anir, 1996.).
Bu o'zaro aloqalami aniq tasavvur etish uchun dizayn loyihalash
jarayonini aniqlaydigan asosiy omillami ta'riflaymiz.
Loyihalash ob'ektiga ko'ra dizayn quydagi turlarga bo'linadi:
industrial dizayni (“A" guruhidagi mahsulotlar - mehnat uchun asbob
uskunalar va mexanizmlar, transport va qurol; "B "
guruhiga ommabop
iste'mol qilinadigan buyumlar, ya'ni idish-tavoq, maishiy uskunalar,
mebel); me'morchilik muhit dizayni (interer, me'mor va tashqi muhit
dizayni);
kompyuter dizayni;
landshaft dizayni; artdizayn; ijtimoiy
dizayn; kostyum dizayni; poligraf dizayni: buyum yoki buyumlar
kompleksini
muhitga moslanishi, buyumning proporsionnalligi va buyum,
inson va
tashqi muhit bilan o'zaro proporsionalligi; insonning
antropometrik ko'rsatkichlariga mosligi va h.k.; vizual tartibligi: farqlar va
kontrastlar, vizual ritmlar va tarkiblar, rangli birikmalar va kontrastlami
qo'llash, buyumning yuqori sifatli ko'rinishi; material va rangni m oijalga
mosligi; rangni informativ, signal va reklama sifatida qo'llanishi; taktil
tartiblanishi: taktil xossalari yordamida buyumning
yuqori sifatligini
tasavvur etilishi; akustik tartibligi; buyumni stabilligi va harakatchanligi
bilan bog'liq muammolarini e'tiborga olish; reklama va upakovka;
shakllantirish vositasi sifatida texnologiya: shakl va qo'llangan texnologik
jarayonlarning mosligi.