j KIRISH
..... '" ^ iinir“l[-""'-r"iiir ' ’
Bugungi kunda jahon bozorida tabiiy mahsulotlarga talab
juda katta, shu bois
Respublikamizda mahalliy tabiiy xom
ashyodan ishlab chiqariladigan tikuvchilik mahsulotlari hajmini
ko'paytirish, kiyim strukturasini yanada takomillashtirish, sifatini
yaxshilash, raqobatbardosh va xaridorgir mahsulotlarni ishlab
chiqarish samaradorligini oshirish, bugungi kunda dolzarb vazifa
hisoblanadi.
Bu vazifani amalga oshirish uchun Respublikamizning
tikuvchilik korxonalarida yangi texnika va ilg'or texnologiyani
joriy etish, yangi kompleks mexanizastiyalashtirilgan jarayonlarni
qo'llash, yangi materiallardan foydalanish, shu bilan birga
texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish hamda yangi kichik
korxonalar barpo etish ishlarini yo'lga quyish talab qilinadi.
Tayyor kiyim yuqori sifatli va ishlab chiqarish jihatidan samarali
bo'lishi uchun unga loyihalash bosqichidayoq zamin yaratilishi
lozim.
Kiyimni konstrukstiyalash loyihalashning eng muhim qismi
bo'lib, u badiiy konstruktorlik va texnik vazifalarining yechimini
o'z ichiga qamrab oladi. Yetakchi tarmoqlar tajribasidan
ma'lumki avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarini yaratish va
amaliyotda qo'llash loyihalash jarayonini takomillashtirishning
taraqqiyoti va perspektiv asosi hisoblanadi. Avtomatlashtirilgan
loyihalash tizimlarining asosiy maqsadi-sifatni yaxshilash,
moddiy xarajatlarni kamaytirish va loyihalash muddatlarini
qisqartirishdir.
Modaning almashib turishi, kiyim uning eng muhim
fazilatlaridan biridir. Har bir yangi tavsiya etilgan kiyim modeli
uchun baza asosi konstrukstiyasini yaratish
birmuncha
murakkab vazifa hisoblanadi. Ishni yengillashtirishda har xil baza
konstruksiyalardan foydalaniladi.
Badiiy masalalarga buyumning modaga mos shakli, silueti
va bichimini yaratish, buyum qismlarining o'zaro proportsional
nisbatlarini aniqlash, mahsulotning badiiy qiyofaini ifodalash
kiradi.
Texnik-muhandislik masalalari hisoblash formulalari va
mahsulotning tayyor holda kerakli shaklini va ta'minlaydigan
konstrukstiya detallarini grafik usullari yordamida qurishini
nazarda tutadi. Bundan tashqari detallar o'lchamlari va
konfigurastiyasi, yig'masi va birikmalari mahsulotning figurada
yaxshi o'rnashishini, ekspluatatsiyada qulaylik va ishonchlilikni,
ishlab chiqarish jarayonida tejamlikni ta'minlashi kerak.
Badiiy
va
muhandislik
konstruksiyalash
-
yagona
chambarchas bog'langan jarayondir. Uning maqsadi estetik
jihatdan insonning his-tuyg'ularini qoniqtiradigan kiyim va
poyafzallarning mukammal modellarini yaratishdir.
Yosh avlodni komil insonlar qilib tarbiyalashda estetik
tarbiyaning o'rni beqiyosdir. Tevarak-atrofimizdagi go'zallikni
xilma-xil ko'rinishlarida tushimish va ularni sevish har bir
insonning nafaqat ma'naviy boyligini orttiradi, balki kelajakda
uning qaysi sohada faoliyat ko'rsatishidan qat'i nazar, ishda
muvaffaqiyat qozonishiga yordam beradi.
Yangi avlod modellarini yaratish jarayonida bevosita ishtirok
etuvchi har bir mutaxassis estetik jihatdan ham bilimli bo'lishi kerak.
«Tikuv buyumlarini tayyorlashda kreativ loyihalash» fani bo'lg'usi
mutaxassislarga loyihaviy tadqiqot va tahlilni o'tkazish asoslari,
libos dizaynidagi konsepsiya, kolleksiyani loyihalash asoslari,
maket materialdan (qog'oz, plastilin, sellofan, mato) hajmiy-
fazoviy formani va turli faktur yuzalarni yaratishning asoslari,
kostyum dizaynida ijodiy manbalar, kostyumni badiiy kreativ
loyihalash usullari, kiyimni kreativ loyihalashda evrestika
metodlari, matoning butun bo'lagidan kiyim loyihalash, mulyaj
usulining mohiyati va uni amalda qo'llash, kvalimetriya, eskiz
yoki jurnal rasmi bo'yicha kiyim loyihasini tayyorlash, o'zbek
milliy kostyumi bichimi asosida zamonaviy kiyim modellari
eskizlarini, milliy
ornamentlarning
kostyumda
qo'llanishi,
primerka
qilib
va
primerkasiz
tikiladigan
kiyimlarni
loyihalash xususiyatlarini o'rganish uchun mo'ljallangan.
Dizayn - bu zamonaviy sanoatda ishlab chiqarishda
yo'qolgan madaniy muvozanatni dklash usulidir.
Modeler -
rassom o'z ishida tasavvuri va fantaziyasini ozuqa berib
boyitadigan turli ijodiy manbalarga murojaat etadi. Xalqning
tarixiy o'tmishi va hozirgi jamiyatning innovasion hayoti, atrof-
tabiatning xilma-xilligi, tarixiy va xalq kiyimlari boyligi hamda
yangi avlod kiyimlari, badiiy adabiyot, musiqa, kino, teatr va
hokazolar bugungi zamon rassomi ijodining manbalari bo'lib
xizmat qilishini anglab etishlari lozim.
Dizayner o'z faoliyatida fan va texnika yutuqlarini tahlil
etib, ijodiy fikrlash asosida yangi buyumlarni yaratish, sanoat
sohasida ishlab chiqarish ko'nikmalariga ega bo'ladilar.
Tikuvchilik sanoatining bo'lg'usi mutaxassislari (rassom,
dizayner, konstruktor) amaliyotda kiyim kompozitsiyalari,
ommaviy
ishlab
chiqarish
sharoitida
esa
yangi
avlod
kostyumlarida ijodiy konsepsiyalarini o'zlashtirish uchun «Tikuv
buyumlarini tayyorlashda kreativ loyihalash» darslarida inson
qaddi-qomati rasmini chizish va yangi avlod modellarini
yaratishni o'rganishlari kerak.
" Ish tiy oqsiz bo'lib o'qiydigan o'quvchi
q an otsiz q u sh d ek d eg a n g a p
S a ’diy
|