Tikuv buyumlarini t ayyorl ashd a kreativ loyihalash




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/99
Sana04.01.2024
Hajmi5,14 Mb.
#130038
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
D. Djalolova - Tikuv buyumlarini tayyorlashda kreativ loyihalash

l.L oy ih alash d an oldingi tahliltiing natijasin i shakllatitirish 
m uayyan turlarida sintez etish. Dastlabki loyihalash tahlildan 
so'ng buyumni moddiylashtirish usulda (kompozistiyasini 
tarkiblashtirish va uyg'unlashtirish) natijasini sintezlash.
Dizaynda sintez - bu dizaynerlik tahlilda loyihaga oid 
ma'lumotlarni fikriy tartibga solish jarayonidir va ularni 
yaxlitlikka biriktirib, loyiha siymosini yaratishdir. Yagona 
buyumlarni tarkiblanishi shakllanish deb nomlanadi. Sintez 
usullari tizimli (kombinator, o'xshashli) yoki o'z-o'zidan kelib 
chiqadigan intuitiv harakatda bo'lishi mumkin. Sintez jarayonida 
o'tqazilgan tadqiqotlarning natijasi aniq shakllantirish usullari 
bilan amalga oshiriladi. Kostyumni shakllantirish kombinator va 
o'xshash usullari yetarlicha o'rganilgan.
Ijodiy konsepsiyani ishlab chiqish. Sintez jarayonida ijodiy 
konsepsiya tuzish - bu dizayner vazifasini echish eng muhim 
qismidir. Dizaynda konsepsiya - asosiy g'oya, maqsadlarni, 
vazifalarni va vositalarni ma'naviy yo'nalishi.
3.D izayn-loyihaning a sosiy vazifalarin i aniqlash. Dizayn- 
loyihani ustidan ish asosiy vazifalarni aniqlashdan boshlanadi. 
Eng avvalo loyihalayotgan buyumni mo'ljali va funkstiyasi, 
konstruktiv va texnologik talablari aniqlanadi. Shu bilan birga 
loyihalashning maqsadi mavjud buyumlarni zamonaviylashtirish 
ham, ya'ni zamonaviy tashqi ko'rinishni berish (stayling yoki 
timsol asosida loyihalash), va vazifani prinstipial yangi echim 
asosida yoki avval noma'lum texnologik pristip bo'lishi mumkin.
4.L oyihaviy v azifan i yechish uchun optim al v arian tlam i 
qidirishda har xil loy ih alash usullarni qo'llash. Loyihalash
12


usullari. Loyiha vazifalarni eng optimal variantini qidirish 
jaryonida dizayner modellash va maketlash usullarni qo'llaydi.
Dizaynda modellash - bu bir butun ob'ektni yoki ob'ektlar 
tizimining vaziyatini yoki funkstional jarayonini aks etish, 
tasavvur etish yoki ta'riflab berish jarayondir. Badiiy siymo, 
loyiha-grafik 
(eskiz 
yaratish), 
retrospektiv, 
konstruktiv, 
perspektiv, texnikaviy va kompyuter modellash usullari mavjud.
L oyiha-grafik m odellash loyiha g'oyasini yaratishda va aks 
etishda yordam beradi.Loyiha-grafik-modellash quyidagilarni 
ko'zlaydi: grafik shaklini loyiha vazifaning ma'nosiga moslaydi; 
eskiz loyihani variant qidiruv va tajriba harakati; qo'yilgan 
vazifani echish uchun loyiha qidiruvni mantiqiy ketma-ket va 
tizimli yondashish. Mavjud loyiha g'oyalarni, texnologiyalarni, 
korxonalarning 
iqtisodini, 
badiiy 
madaniyat 
yutuqlarini 
(me'morchilik, 
rangtasvir, 
haykaltaroshlik) 
inobatga 
olib, 
dizayner avval o'z tasavvurida kelajak buyumning eskizini va 
dastlabki grafik tasvirini yaratadi (qidiruv eskiz, for-eskiz).Yangi 
yechimlarni qidirish va variantlarini tanlanish qog'ozda qilinadi. 
Keyin buyumning tashqi ko'rinishini 
ta'rifi va amaliy 
foydalanish 
qoidasi 
aniqlanadi. 
Natijada 
loyihalayotgan 
buyumning badiiy-uslubiy va rangli-fakturaviy echimi (eskiz 
loyiha) va konstruksiyasi, modelning proporstiyasi va silueti 
to'g'risida to'liq ma'lumot beriladi.
R etrospektiv 
m odellash, 
ya'ni 
timsol 
va 
model 
o'xshashlarni tahliliga asoslangan va ushbu tahlilning asosida 
yangi loyiha vazifasini tashkil etish. Ammo, bu usul dizaynning 
asosiy vazifasini bajarishga imkon bermaydi - yangi buyumlarni 
yaratish emas, balki mavjudlarni takomillashtirishdir.
K onstruktiv m odellash - bu buyumning funkstiyasini va 
morfologiyasini 
(morfologiya-buyumning 
funkstiyalariga 
moslashgan) 
material 
shaklini 
o'zgartirish. 
Konstruktiv 
modellash quyidagicha bo'lishi mumkin: korrektiv - buyumning 
funkstiyasi va shakli takomillashtiriladi; o'timli - buyumga yangi
13


1
xossalarni berish uchun funksiya va morfologiya qaytadan 
tushunib yetiladi (masalan, kiyim dizaynida dekonstruksiya 
usuli); proyeksion - buyumni funkstiyasi va shakli qaytadan 
yaratiladi (kiyim yapon dizayneri I.Miyake ijodi).
Perspektiv modellash yoki loyihaviy prognozlash Dizaynda 
eng innovatsion usul deb hisoblanadi, u jamiyatning perspektiv 
rivojini o'rganish bilan shug'ullanadi va shu timsoliga etishga 
imkon beradigan loyihani yaratadi.Kostyum dizayneri texnolog 
va konstruktor bilan birgalikda avval eksperimental modelni 
ishlab chiqadi (sinov uchun namuna), u sinovdan o'tqaziladi va 
shu jumladan iste'molchilar tomonidan. Keyin kamchiliklari 
tuzatilgandan so'ng, sinov o'tqazib, sanoat uchun namuna 
ishlanadi (ishchi loyiha). Keyin ommaviy ishlab chiqarish uchun 
korxonaga beriladi. Ishchi loyihaga quyidagi hujjatlar kiradi: 
andazalar, buyumning texnologik ishlov berish xaritalari, rangli 
va fakturaviy echim uchun xaritalar.
Texnikaviy m odellash - bu bazaviy model yoki uni grafik 
tasviri bo'yicha chizmalar va kiyim namunasi ishlash jarayonidir. 
Ishlab 
chiqarilgan 
namuna 
ommabop 
ishlab 
chiqarish 
korxonalarga shakl va 
konstruksiyasi bo'yicha namuna bo'ladi.
14


Kompyuter dizayni zamonaviy dizaynda muhim o'rinni 
egallaydi, chunki u yangi texnologiya rivojlanishi nuqtai 
nazaridan eng perspektiv desa bo'ladi. Kompyuter dizayni 
mustaqil yo'nalishga asoslanib, ma'lumot bilan vizual ishlashga 
asoslangan (kompyuter grafikasi, dizayn WEB-sahifalar).
i -
2-rasm. Kompyuter dizayni
Foto - va video ko'rgazma materialarga kompyuter ishlov 
berish, raqamli tarqatuvchilarning vizual ma'lumotlami keng 
yoyilgani (maslan, moda fotosuratchilar endi 
retushdan voz 
kechishdi, endi fotografiya kompyuterda ishlab chiqarilganda
15


nafaqat nuqsonlari yo'qotiladi, balki modelning ko'z, soch va 
terisini rangini o'zgartirish mumkin). 2001 yilda Franstiyada 
birinchi virtual fotomodel Eva Solal paydo bo'lgan, u "Madam 
Figaro" 
jumalini 
muqovasida 
manekenshchista 
kasbini 
boshlagan. Uning ishtiroqchilari M.Mians, F.Levi va A.Leyroni 
bo'lgan. Ular virtual personajlarni yaratishga ixtisoslashgan 
dunyoda birinchi firmani barpo etishgan.
M aketlash loyihalash usullaridan biri. Dizaynda maketlash 
- bu masshtabda yoki asliga mos har xil materiallardan 
maketlarni ishlash. Maket - loyihalayotgan buyumni materialdan 
ishlab chiqarishdir. Hajmiy maketlar buyumning fazoviy tarkibi, 
o'lchamlari va proporstiyalari to'g'risida tasavvur beradi. 
Kostyum maketini yaratish uchun material sifatida maket 
materiallari, qog'oz, noto'qima materiallar, stelofan, sun'iy 
charm, plastelin va b. qo'llanishi mumkin. Zamonaviy kostyum 
dizaynda asosan loyiha-grafik modellash va maketlash usullari 
qo'llanadi.
1. Kostyum loyihalash asosiy bosqichlari.
2. Loyihalashdan oldingi vaziyatni tahlil etish nimani 
nazarda tutadi?
3. Shakllantirish ma'lum turlarini tahlil natijalarini sintez 
etish nimani nazarda tutadi?
4. Asosiy vazifalarni aniqlash nimani nazarda tutadi?
5. Loyiha vazifani echish uchun optimal variantlarni 
qidirishda har xil loyihalash usullarni qo'llash nimani nazarda
N azorat sav ollari
tutadi?


Agar maqsadsiz bo'lsang hech narsa qilolmaysan, 
maqsading katta bo'lmasa buyuk ish qilolmaysan".
D eni D idro

Download 5,14 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tikuv buyumlarini t ayyorl ashd a kreativ loyihalash

Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish