LOYIHAVIY TADQIQOT VA TAHLILNI




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/99
Sana04.01.2024
Hajmi5,14 Mb.
#130038
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
D. Djalolova - Tikuv buyumlarini tayyorlashda kreativ loyihalash

1. LOYIHAVIY TADQIQOT VA TAHLILNI 
O'TKAZISH ASOSLARI
Reja:
1. Loyihalashning asosiy bosqichlari.
2. Tahlilni sintez etish. Ijodiy konsepsiyani ishlab chiqish.
3. Dizayn-loyihaning asosiy vazifalarini aniqlash.
4. Loyihalash usullari.Loyiha-grafik modellash.Texnikaviy 
modellash.
5. Kompyuter dizayni.Kiyim maketini olish.
Tayanch 
iboralari: 
loyiha, 
konsepsiya, 
usul, 
texnik 
modellash, grafik modnllash, maketlash, shakl retrospktiva, 
vazifa.
O'zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar 
jarayonida xom ashyo etishtirishga asoslangan tarmoqlar tuzilishi 
va ishlab chiqarishning hududiy nomuvofiqligini bartaraf etish 
muhim ahamiyatga ega. Shu bilan bir vaqtda iqtisodiyotimizga 
xorijiy sarmoyani yanada kengroq jalb etish uchun jahon 
bozorida raqobat qila oladigan mahsulot ishlab chiqarishni 
tashkil etishda xorijiy investorlarning yanada faol ishtirokini 
ta'minlash lozim.
Mustaqillik sharofati tufayli bugungi kunda tikuvchilik 
korxonalari yangi texnologik mashinalar va avtomatik tizimlar 
bilan 
jihozlanmoqda. 
Texnologik 
jarayonlarni 
kompleks 
mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish ishlab chiqarish 
malakalariga oshirilgan talablar qo'yadi.
Talabalarni kasbiy bilimlar va o'quvlar bilan qurollantirish, 
mehnat malakalarini shakllantirish, ularda texnik fikrlashni
10


o'stirish, ishda tashabbus ko'rsatish hamda mehnatga ijodiy 
yondashuvni tarbiyalash zarur.
Kostyumni loyihalash - bu tadqiqot etib, eskizlar, maketlar 
va modellarni yaratish, buyumlarni chizmasini va hisobini 
ishlash, 
tajriba 
uchun 
namunalarni 
ishlash, 
belgilangan 
xususiyatlarga ega yangi kiyim namunasini yaratish jarayonidir.
Dastlabki loyihalash tadqiqotlar va o'xshash modellar tahlili 
asosida yangi ijodiy 
konstepstyada 
to'g'iladi, ular eng 
avvalosiymoda o'z aksini topadi. Siymo balki eskizda yaratilib, 
maketda va keyin modelda ifoda etadi yoki bevosita gazlama 
bilan maketlash jarayonida modelga aylanadi.
Loyihalashning a sosiy bosqichlari. Yangi buyumlarni, yangi 
xossalarni va buyum muhitini yangi funksiyalarini loyihalashga 
dizayn faoliyati moslangan. Loyihalash jarayonida fanning 
yutuqlari qatorida (sotsiologiya va prognozlashni) siymo- 
assotsiativ usullari ham o'rganiladi, ular shaklni ma'no va 
sotsiomadaniyat mazmuni bilan to'ldiradi.
Dizayner faoliyatining loyihalash asosi - ijtimoiy talablami 
inobatga olish.
Kostyumni loyihalashning asosiy bosqichlari quyidagilar:
1) loyihalashdan oldingi vaziyatni tahlil etish;
2) shakllantirish ma'lum turlarini tahlil natijalarini sintez 
etish;
3) asosiy vazifalarni aniqlash;
4) loyihaviy vazifani yechish uchun optimal variantlarni 
qidirishda har xil loyihalash usullarni qo'llash.
l.L oy ih alash d an
oldingi 
vaziyatn i 
tahlil 
etish. 
Loyihalashning boshlang'ich bosqichida loyihalashdan oldingi 
tadqiqotlarda buyumni funksiyalarini, buyumlar yoki sharoit 
kompleksini, loyihalayotgan buyumni yoki sharoitni tashqi 
ko'rinishi to'g'risida, o'xshash modellarni borligi bo'yicha 
ko'rsatkichlar taqqoslanadi.
и


1
Loyihalashdan oldingi tahlil ijtimoiy-iqtisodiy, funkstional 
(buyum bilan foydalanish usullarni tadqiqot etish), funkstional -
qiymatiga oidligini (aholining har xil guruhlarni istaklar tarkibini 
tahlil etish), texnologiya va shaklni (buyum va uni analoglarning 
tarkibini tahlil etish, kompozistion, konstruktiv va plastik 
echimilarini qidirish) tahlil etishni nazarda tutadi.

Download 5,14 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish