KOLLEKSIYANI LOYIHALASH ASOSLARI




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/99
Sana04.01.2024
Hajmi5,14 Mb.
#130038
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   99
Bog'liq
D. Djalolova - Tikuv buyumlarini tayyorlashda kreativ loyihalash

4. KOLLEKSIYANI LOYIHALASH ASOSLARI
Reja:
1. Kolleksiya birligining barpo etilishi. Kostyum kolleksiyasining 
turlari.
2. Kolleksiya yaratilishida tartib.Sanoatga oid ommabop kolleksiyani 
ishlab chiqarish jarayoning bosqichlari.
3. Iste'molchilarning guruhlari.K.Dior tavsiya etgan kolleksiyani 
yaratish bosqichlari.
4 .4 .Perspektiv 
kolleksiyani 
loyihalashda 
asosiy
vazifalar.Kolleksiyaning tarkibi.
Tayanch ib o r a la ri: loiyhalash, ansambl, komplent, mohiyat, yaxlitlik
bosqichlar, sanoat, baho, tarkib, kolleksiya, iste'molchi.
O K o s t y u m dizayni - buyum muhitining yechimlaridan biri, ya'ni 
kostyumni loyihalashdir. Kostyumni loyihalash ob'ekti - yagona 
bo'yumlar, komplekt, ansambl va kolleksiya bo'lishi mumkin.
Turli assortimentli yagona buyumlarni loyihalash zaruriyatini kelib 
chiqishiga quyidagilar sabab bo'lgan:
tikuv 
buyumlarini 
ishlab 
chiqarish 
korxonalaming 
tor 
ixtisoslashganligidir (ustki kiyim, ichki kiyim, engil ko'ylaklar);
- zamonaviy iste'molchi o'z garderobini asosan bir-biriga mos 
alohida buyumlardan tashkil etishi;
- zamonaviy modani demokratizastiyalanishi, 
modada ko'p 
funkstionalli kiyimni va iste'molchi erkin kiyim tanlashni tavsiya etilishi;
- zamonaviy iste'molchining psixologik turi individualligi, turmush 
tarzini tez o'zgarishi sababli zamonga mos bo'lishni, tashqi ko'rinishini 
vaziyatga binoan tez o'zgartirish imkoniyatini ta'minlashni talab qilishi.
Odatda, sanoat korxonalarida katta yoki kam seriyada ishlab 
chiqariladigan alohida buyumlar loyihalanadi. Buyumning loyihasi 
iste'molchining tipik qomatiga mo'ljallanadi, umumiy konstruksiyalash 
usuli bo'yicha chiziladi va ommabop talablarga mos bo'lishi nazarda 
tutiladi.
29


Yagona buyumlar loyihalanganda ularing uslubiy yechimlari, 
materiallari, rangi, fakturasi, kompozistion yechimlari va h.k. bir biriga 
mosligi nazarda tutilishi lozim, chunki ulardan iste'molchi o'z hohishiga 
binoan komplektni barpo etadi.
Yagona buyumlar insonning didiga ko'ra buyumlarni tanlashiga va 
o'ziga xos badiiy siymoni yaratishga imkon beradi.
A nsam bln i lo y ih a la sh . Ansambl (fr. ensemble - birga, baravariga) -
muayyan badiiy g'oyaga bag'ishlab yaratilgan, elementlarining o'zaro 
bog'liqligini, kiyim va qo'shimchalarining bir-biriga bo'ysunganligi 
e'tiborga olingan, ma'lum inson va mo'ljal uchun yaratilgan badiiy siymo 
aks etgan alohida buyumlar to'plamidir.
Ansambl kostyum qismlari, silueti, proprstiyalari, rangi va 
bezagining o'zaro mosligi va organik bir-biriga bog'liqligi bo'yicha 
birligini nazarda tutadi. U kiyim, poyabzal, bosh kiyim, soch turmagi, 
bezaklar, qo'shimchalar va grimdan iborat yaxlit butunlik bo'lib, xech 
qanday o'zgarishlarni ko'zlamaydi. Har qanday elementni qo'shish yoki 
birortasini olib qo'yish uning yaxlitligini barbod etadi.
Ansambl ko'pqavatlik, uning barcha qisimlarini bir yo'la kiyilishi 
mujassamdir. Ular o'zaro bog langan va bir biriga bo'ysungan.Ansambl 
tizimiga quidagilar kiradi: bashang liboslar, tuy libosi, maxsus mo'ljal 
uchun kostyum, sahna kyimi va b. Ansamblning haqiqiy triumfi "New 
look" davridan boshlangan. K.Dior yaxshi didni aniq qoidalarini elegant 
ayol siymosini qaytirib belgiladi. Ko'ylakka munosib shlyapa, qo'lqoplar, 
sumka va bijuteriyalar bilan kiyilishi lozim bo'lgan. K.Diorning fikri 
bo'yicha "shlyapasiz ayol to'liq kiyinmagan".
1960 yy. modasida ham ansambl saqlangan. Masalan, A.Kurrejning 
modalarida qo'lqoplar va bosh kiyimlar ko'pincha bir xil gazlamadan 
ishlangan.1970 yy. ansamblning o'm ini komplekt egallay boshladi.
Zamonaviy modada ansambl g'oyasi ko'proq real hayotda emas, 
faqat podiumda qoldi. Kiyimda qulaylik, komfort va funkstionallikni talab 
qilinishi, ansambl to'g'risida avvalgi tasavvurini eskirtiradi.

Download 5,14 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   99




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish