Tikuv buyumlarini t ayyorl ashd a kreativ loyihalash




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/99
Sana04.01.2024
Hajmi5,14 Mb.
#130038
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   99
Bog'liq
D. Djalolova - Tikuv buyumlarini tayyorlashda kreativ loyihalash

Kostyum kolleksiyasining turlari. Kolleksiyada bir necha turlari 
yaratiladi:
perspektiv 
kolleksiyalarda 
kelajak 
modaning 
konsepsiyasi 
ko'rsatiladi, odatda, kelajak mavsumda yangi uslublar va rag'batlar 
taqdim etildi. "Yuqori moda"lar kolleksiyasi (yetakchi Moda uylariniki) 
va 
dizaynerlar 
yaratgan 
"pret-a-porte" 
kolleksiyalari 
perspektiv 
kolleksiyalariga kiradi. Bu kolleksiyalarga noyob shakl va siluetlar, ajoyib 
siymolar, materiallar texnologiya va konstruksiyalar bilan tajriba 
o'tqazilish xosdir. Istiqbol kolleksiyalar kelajak insonlaming siymosini 
taqdim etishadi, shuning uchun ularni loyihalashda modaning prognozi, 
turmush tarzini taraqqiyoti, iqtisodiy vaziyatni prognozi va b. bo'yicha 
ma'lumotlar inobatga 
olinadi. 
"Pret-a-porte" 
kolleksiyasi 
konkret 
firmaning bazaviy sanotiga oid kolleksiyasi ham bo'ladi;
- bazaviy sanoatga oid kolleksiyalari bevosita tadbiq etiladigan 
assortiment konsepsiyasini tavsiya etadi. 
Ularda 
modani 
aktual 
yo'nalishlari ko'rsatiladi va omabop ishlab chiqarishga mo'ljallanadi. 
Shunday kollestiyalar moda yarmarkalarida savdo xodimlari uchun 
namoyish etiladi (masalan, Parij salonida yoki Dyusseldorf moda 
yarmarkasida). 
Sanoatga 
oid 
kolleksiyalarga 
sinovdan 
o'tgan 
"mo'tadillashtirilgan" shakllar xos. Bu kolleksiyalarda modaga oid 
rag'batlar muayyan tarkibli va rangli materiallarda o'z aksini topadi;
- muallif kolleksiyalarida dizaynerlaming ijodiy konsepsiyasini aks 
etadi. Shaxsiy buyurtma yoki ommabop imste'molchiga mo'ljallangan 
maxsus modelerlar yaratgan "Yuqori moda va Pret-a-porte" kolleksiyalar
32


x a lq a r o
ko'rgazmalarida 
va 
yarmarkalarida, 
kechki 
klublar, 
p r e z e n t a ts iy a la r d a , ijo d iy
konkurslarda namoyish etiladi;
- maxsus mo'ljal uchun kolleksiyalar, masalan, forma kiyimi 
k o lle k s iy a la r i, 
maktab fomasi kolleksiyalari.
Yangi kolleksiyalar ustida ishlash. Yangi kolleksiyalar yaratish uchun 
quidagi tartib nazarda tutiladi:
- modaning prognozi asosida perspektiv moda konsepsiyasi tuziladi, 
ya'ni materiallar kolleksiyasi, ulaming tarkibida tendenstiyalar va modali 
rang gammasi mavsumdan bir yarim yil oldin materiallar salanida 
namoyish etiladi (masalan, "Premer Vision" Parij salonida va Frankfurt- 
Maynda "Intershtoff" materiallar yarmarkasida);

yuqori 
modani 
perspektiv 
kolleksiyalari 
yaratiladi, 
ular 
mavsumdan yarim yil oldin namoyish etiladi; bahor-yoz mavsumi uchun -
yanvarda, kuz-qish uchun - iyulning oxiri avgustning boshida (garchi 
unda tavsiya etilgan uslublar va ommabop modadagi tendenstiyalar anga 
kechroq amalga oshishi mumkin), va shuningdek "pret-a-porte" 
kolleksiyalari mavsumdan etti-sakkiz oy oldin namoyish etiladi: bahor- 
yozgi - sentyabr-oktyabrning boshida, kuz-qishgi - fevralda yaratiladi va 
ishlab chiqariladi;
- sanoatga oid ommabop kolleksiyalarini yuqori modada "pret-a- 
porte" 
kolleksiyalarida taqdim etilgan perspektiv tendenstiyalari 
rivojlaydi. Yangi uslublar ommabop va perspektiv kolleksiyalarida taqdim 
etilagandan so'ng, taxminan 1,5-2 yildan keyin ishlanadi, ba'zi undan ham 
kechroq. Erkaklar modasining tendenstiyalari to'g'risida shuni ham aytish 
mumkin-ki, u ayollar modasiga nisbatan 1,5-2 yilga "kechikadi".
Sanoatga oid ommabop kolleksiyani ishlab chiqarish jarayoni bir necha 
bosqichlardan iborat.
Ishlab chiqarishning birinchi bosqichida (loyihalashda dastlabki 
tadqiqotchilar bosqichi) quyidagi ishlar qilinadi:
- iste'mol va talabning ob'ektiv omillarini o'rganish: aholining 
daromadini, chakana savdoni, to'lov oborotini, aholining jon boshiga 
daromad darajasini va b. dinamikasi;
iste'molchining 
tipologik 
xossalarini 
aniqlash 
(marketing 
tadqiqotlari);
- iste'molchining aniqlangan talablarini va iste'molchilar guruhining 
baholi orientastiyasi bilan o'zaro bog'liqligi.
Yirik kompaniyalarda dizayn strategiyasining tadqiqot etish uchun 
maxsus tashkilotlari mavjud, ular istemochilarning talablarini va xulqini
33


*1
tahlili bilan shug'ullanadi va firmaga oid uslubni, muammolarni 
aniqlashadi. Bu tadqiqotlar ijrochilar uchun loyihalash jaryoniga asos 
bo'ladigan tavsiyalarni berishadi (iste'molchilar guruxi, tablab qilingan 
kolleksiya uslubi, assortimentning afzal turlari, buyumlarga tavsiya etilgan
baholari va b.).
Iste'molchilarning 
tipologik 
xossalarini 
aniqlashda 
quyidagi 
omillariga e'tibor beriladi: jins va yoshi; razmeri va bo'yi; to'laligi; moda 
orientastiyasi; estetik istaklarning shakllanish darajasi.
Iste'molchilar shartli ravshda to'rt guruxga bo'linadi.Kolleksiya 
yaratilganda, dizayner xaridorlarda savdo markasining obro'sini ham 
inobatga olishi lozim.Shunday differensiatsiyaning zarurligi va potensial 
xaridorlarni 
ko'paytirish 
istagi 
1980 
yy. 
kolleksiyaning 
sonini 
ko'paytirishga olib keldi. Asosiy erkak va ayollar kiyimlari kolleksiyalariga 
yosh iste'molchiga m oijallangan va arzonroq narhda sotiladigan "parallel" 
kolleksiyalarni va boshqa assortiment va mo'ljalga oid kolleksiyalar bilan 
moda bozori qo'shimcha toidiriladi. Italiyalik dizayner Dj.Armani bu 
yo'nalishda birinchi bo'lib o'z "moda imperiya"sini kengytira boshladi. 
"Giorgio Armani" markali qimmatbaho ayollar va erkaklar kiyimlari 
kolleksiyalaridan tashqari u hozir "M anu", "Emperio Armani", "Armani 
Exchange", "Vorgonouvo/21", "Armani jeans" va 
"Armani golf" 
(qimmatbaho sport kiyimi) parallel kolleksiyalarini ishlab chiqarmoqda. 
Amalda bu yo'ldan barcha mashhur dizaynerlar ketdi.
Har bir shunday kolleksiyani o'z aniq 
xaridori bor, ularning 
talablarini va psixologik qiyofasini kolleksiya yaratuvchilari aniq tasavvur 
etishadi. Potensial xaridorlarning sonini ko'paytirish uchun ko'p firmalar 
har xil iste'molchilar guruhlariga mo'ljallangan (konservatorlar va 
peshqadamlar) modellar kolleksiyasini yaratishadi. Masalan, yuqori sifatli 
prestij erkak kiyimlari bilan mashhur bo'lgan taniqli nemis firmasi "Hugo 
Boss" har bir mavsumda uch kolleksiyani tayyorlaydi. Har bir yo'nalishi 
ma'lum iste'molchiga mo'ljallangan:
- "Boss" - 
muvafaqiyatli yaxshi kiyinadigan, moda bilan 
qiziqadigan ammo ko'zbo'yamachilikka intilmaydigan ishbilarmon uchun;
-"Baldessarini"-"Boss" firmasining kiyimini kiyadigan boshqalarga 
o'xshamaslikka intilib, detallarga, matolarga e'tibor beradi va yana uning 
kiyimi "zerikarli" bo'lmasligini hohlaydi;
- "H ugo" - moda bilan haqiqatdan ham qiziqadigan yoshlar uchun, 
ular modani yaxshi bilishadi va boshqalardan keskin farqlanish uchun, 
qandaydir o'ziga hoslikni qidirishadi.
34



Download 5,14 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   99




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tikuv buyumlarini t ayyorl ashd a kreativ loyihalash

Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish