|
Tikuvchilik asoslari cdr
|
bet | 62/85 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 7,12 Mb. | | #150514 |
Bog'liq Tikuvchilik asoslaria
18.1-rasm.
Ochiq qirqimli kiyim etagi maxsus siniq bahyaii mashinaaa yo‘rmab tikiladi (18.1- a rasm). Yopiq qirqimli kiyim etaklarini ikki marta bukib, 0,50,7 sm va
bukish chizig'i bo'ylab ikkinchi marta universal mashinada bukib tikiladi (18.1- b rasm) yoki maxsus yashirin bahyali mashinada bukib tikiladi (18.1- d rasm).
Kiyim etagiga maxsus tasma qo'yib tikishda (18.1- e rasm), tasma buklagich yordamida uzunasiga ikki bukiladi va orasiga asosiy detalni qo'yib, bitta bahyaqator yuritib tikiladi.
Kiyim etagiga mag'iz qo'yib bezashda (18.1- f rasm), asosiy detaining teskari tomoniga mag'izning o'ngini qaratib, qirqimlarini to'g'ri keltirib, 0,5-0,7 sm kenglikda ag'darma chok biian mag'iz asosiy detalga ulanadi. Mag'izni detaining o'ngi tomoniga ag darib, undan 0,1-0,2 sm kenglikda kant hosil qilib, ziylari ko'klanadi. Bu operatsiya asosiy detaining teskari tomonidan bajariladi. Mag'izning ochiq qirqimini 0,5-0,7 sm bukib bukilgan ziyidan 0,1-0,2 sm oraliqda bostirib tikiladi. Ko'klangan iplarni so'kib tashlab, dazmollanadi.
Bezak mag'izni kiyim etagiga maxsus buklagich qo‘llab, qo'sh ignali mashinada tikish ham mumkin (18.1-j rasm). Bunda kiyim etagi buklagich yordamida o'ngi (omoniga bukiladi. Ikkinchi buklagich esa mag'izning ikkala qiraimini teskari tomoniga bukib beradi va mashinada ikkita parellel bahyaqator yuritib, mag'iz asosiy detalga bostirib tikiladi
|
| |