|
-rasm. Yeng uchini bukib tikish
|
bet | 59/85 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 7,12 Mb. | | #150514 |
Bog'liq Tikuvchilik asoslari16.7-rasm. Yeng uchini bukib tikish
rasm. Manjetsiz yeng uchiga ishlov berish usullari.
Yozgi ko‘ylaklarning yeng uchiga ko‘pincha elastik tasma qo‘yib tikiladi. Yeng qirqimlari biriktirib tikilgandan keyin yeng uchi yopiq qirqimli qilib bukiladi va bir yo‘la ichiga elastik tasma qo‘yib tikiladi., qancha qalin tasma qo‘yilishi modelga bo‘gliq bo‘ladi. Bunda faqat oxirgi tasma yeng uchini bukib tikayotganda qo‘yiladi, qolganlari esa maxsus mashinada yo‘rmalangan petlya teshigi orqali qo‘lda taqib o‘tkaziladi.
16.9-rasm. Elastik tasmali yengni tikish.
Ko’plab ishlab chiqarishda yeng uchining o’ngi tomoniga mag’iz qo’yib uning qirqimlar maxsus moslama yordamida 0.5-0.7sm ichkariga bukilib yengga bostirib tikiladi (16.10-rasm).
16.10-rasm.
Tayyor yengni yeng o’miziga to’g’nog’ichlar yordamida kertimlarini to’g’rilab o’mizga to’g’nab chiqiladi. Keyin yengni o’mizga ko’klab o’tkazayotganda ignalar olib tashlanadi (16.11-rasm a va b).
16.11-rasm. yeng o‘mizini burmaga yig’ish va yengni yeng o‘miziga to‘g’nash.
N
Yengni ko’klab o’tkazish uchun yengni asosiy bo’lak yeng o’mizi
ichiga o’ngini ichkariga qaratib kiritiladi, yeng va o’miz kertimlari to’g’ri
keltiriladi va yeng tomondan sirma qaviqlar bilan ko’klanadi, chok kengligi
7-0,8 sm. yengdagi eng ko’p salqi qiyama qismida bo’lib, qolgan joyda
deyarli salqi hosil qilmay ko’klab o’tkaziladi. So’ngra mashinada tikiladi
(16.12-rasm).
J
|
| |