|
Tikuvchilik asoslari cdr
|
bet | 55/85 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 7,12 Mb. | | #150514 |
Bog'liq Tikuvchilik asoslariI
14.6-rasm Taqilmasi yoqagacha yotgan yoqani tikish.
14.7-rasm. Yalang qavat yoqalarni tikish. Yalang qavat yoqalarni tikish
Yalang qavat yoqalarni turlicha tikish mumkin. Ularning yon va qaytarma qirqimlariga to‘r qo‘yib, siniq baxya qator maShinada qo‘yma chok bilan (14.7- rasm, a), mag’i-chok bilan (14.7-rasm, 5), yoki yoqa qirqimlarini teskariga bukib, bostirib tikish mumkin (14.7-rasm, v).
Olib qo‘yiladigan bezak yoqalarni tikish.
Bunday yoqalarning ko‘tarma qismining qirqimi yo‘rmalanadi (14.8-rasm, a) yoki to‘rtala tomoni tikiladi (3
4 sm. uzunlikda tikmay qoldirib), Shu ochiqjoydan o‘ngiga ag’dariladi va ochiq joyi chok qirqimlari ichkari tomonga bukilib, ziylaridan 0,10,2 sm. oraliqda tikiladi (14.8-rasm, b). Yoqaning ko‘tarma qirqimiga mag’iz qo‘yib tikiSh ham mumkin (14.8-rasm, v).
Yoqasiz kiyimlarning yoqa o‘mizini tikish.
Yoqasiz buyumda yoqa o‘mizi qirqimlarini shu yoqa o‘mizi shaklida bichib yoki qiya (tanda ipiga nisbatan 45° S burchak ostida) bichib olingan mag’iz yoki beyka bilan ag’darma chok solib, kant hosil qilib tikish mumkin.
|
| |