-rasm. Ustki va ostki yoqani ag’darma chok bilan ulash. 14.3-rasm




Download 7,12 Mb.
bet54/85
Sana02.02.2024
Hajmi7,12 Mb.
#150514
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   85
Bog'liq
Tikuvchilik asoslari

14.2-rasm. Ustki va ostki yoqani ag’darma chok bilan ulash.





14.3-rasm. Qaytarma va ko‘tarma qismi alohida bichilgan yoqani tikish.


Qaytarma va ko‘tarma qismi alohida bichilgan yoqani tikish:
Yoqaning qaytarma qismi bilan ko‘tarma qismi alohida bichilganda, tayyor yoqa qaytarmasini yoqa ko‘tarmasi 2 qismi orasiga to‘g’rilab qo‘yiladi va o‘tkazilib (14.3-rasm, chok 1), ayni vaqtda ko‘tarmaning yon chetlari ag’darma chok bilan tikiladi. Ko‘tarma o‘ngiga ag’darilib, ostki ko‘tarma yoqa o‘miziga o‘tkaziladi (14.3rasm, chok 2), ustki ko‘tarmaning pastki qismi ostki ko‘tarma o‘tkazilgan chokni yepib, buklangan ziydan 0,1 sm. naridan bostirib, ko‘tarmaning yuqori cheti ham tikiladi (14.3rasm, chok 3).
Qaytarma va ko‘tarma qismi yaxlit bichilgan yoqani tikish:





14.4-rasm. Qaytarma va ko‘tarma qismi yaxlit bichilgan yoqani tikish.


Qaytarmasi bilan ko‘tarmasi yaxlit bichilgan yoqa ag’darma chok bilan tikib olgandan keyin qo‘Shimcha qatlamga yoqa qaytarmasining ko‘tarmaga o‘tiSh chizig’i bo‘ylab, yoqa uchlariga 3— 4 sm yetmaydigan qilib yelim uqa qo‘yiladi. Ustki yoqa qo‘Shimcha qatlam bilan birga yoqa o‘miziga o‘tkaziladi (1). Ostki yoqaning pastki cheti 0,7 sm bukiladi va ustki yoqa o‘tkazilgan chokni yopadigan






qilib, bukilgan ziydan 0,1 sm oralikda bostirib tikiladi (2) va yoqa tayyor bo‘lgandan keyin qaytarmaning ko‘tarmaga o‘tish chizig’i bo‘ylab baxyaqator yurgiziladi (14.4- rasm, chok 3).
Adip qaytarmali yoqani tikish.
Adip qaytarmali yoqani o‘tkazayotganda, adip bilan old bo‘lak o‘ngi ichkariga qaratilib juftlanadi va ular orasiga yoqani o‘ngi yuqoriga qaratilib, adip tomondan yelka chokigacha tikiliShi bilan birga bort ham ag’darma chok bilan Germaniya "Tekstima" firmasining 8332 kl maShinasida tikiladi. Ustki yoqaning chok haqi kertilib, qaytarib qo‘yiladi va ostki yoqa ort bo‘lak o‘miziga o‘tkaziladi. Ustki yoqa qirqim tomonga bukilib, ort bo‘lak yoqa o‘miziga bostirib tikiladi (14.5-rasm).
Taqilmasi yoqagacha yetgan ko‘ylak yoqasini tikish.
Taqilmasi yoqagacha yetgan ko‘ylak yoqasini o‘tkazishda ostki yoqa asosiy detal bilan o‘ng tomonlari ichkariga qaratilib juftlanadi va qirqimlari tekislanib, kertimlari to‘g’ri keltirilib, ostki yoqa tomonidan 0,71 sm. kenglikdagi chok bilan o‘tkaziladi (chok 1). Ustki yoqaning qirqim tomondagi cheti ichkariga bukilib, ostki yoqa o‘tkazilgan chokni yopadigan qilib, bostirib tikiladi (14.6-rasm, chok 2).





14.5-rasm. Adip qaytarmali yoqani tikish.






Download 7,12 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   85




Download 7,12 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Ustki va ostki yoqani ag’darma chok bilan ulash. 14.3-rasm

Download 7,12 Mb.