|
Qoplama cho‘ntaklarning yuqori qirqimini tikish
|
bet | 52/85 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 7,12 Mb. | | #150514 |
Bog'liq Tikuvchilik asoslariQoplama cho‘ntaklarning yuqori qirqimini tikish.
Bu cho‘ntaklar ustki kiyimlarda ko‘p ishlatiladi. Qoplama cho‘ntaklarni tikish ikki bosqichdan iborat: 1. Qoplama cho‘ntakni tayyorlash, 2. Tayyor cho‘ntakni asosiy detalga ulash
Qoplama cho‘ntaklarning asosiy detallariga quyidagilar kiradi: qoplama cho‘ntakning o‘zi, yuqori qismining bezak detallari (listochka, mag‘iz, cho‘ntak qopqoq), cho‘ntak astari, yelimli qotirma.Qoplama cho‘ntakning yuqori qismiga yelimli uqa qo‘yilib, cho‘ntak og‘zi ochiq yoki yopiq qirqimli buklama chok bilan (13.9-rasm, a), StNIIShP 4-20 MOMZ maxsus moslamasi yordamida yuqori qirqimiga mag‘iz qo‘yib (b), StNIIShP 3-62 MOMZ maxsus moslamasi va 852x 19 Podolskshveymashning 2 ignali mashinada beyka qo‘yib (v), alohida (g) yoki yaxlit listochka (d) bilan yoki astar qo‘yib ishlov berish mumkin.
^ i 3 J
rasm. Qoplama cho‘ntaklarni tikish.
Qoplama cho‘ntaklar old bo‘lakka ip bilan yoki yelimlab ulanadi. Ip bilan cho‘ntaklar quyma, biriktirma va bostirmachok bilan ulanishi mumkin.
Qoplama cho‘ntaklar quyma chok bilan ulanadigan bo‘lsa, old bo‘lakka cho‘ntak o‘rni 3 ta ( 1 ta uzunasiga va 2 ta ko‘ndalangiga ) chiziq bilan, agar biriktirma chok bilan ulanadigan bo‘lsa 4 ta ( cho‘ntakning hamma tomonlarini bildiradigan ) chiziq bilan belgilanadi.
13.0-rasm. Chok davomidagi cho‘ntaklar.
Chokdagi cho‘ntaklarni tikish:
Cho‘ntak o‘rnini belgilash.
2. Cho‘ntak o‘rniga yelim uqa kesib olish.
4
Cho‘ntak xaltalarni tikish.
6. Tayyor cho‘ntakni dazmollash.
Mavzuni mustahkamlash
4-ilova
Guruhlar topshirig’i:
Gurux Shakldor qoplama cho‘ntakni tikish
Gurux Taxlamali qoplama cho‘ntakni tikish
Gurux
Yuqori qismi burmali qoplama cho‘ntakni tikish.
Uyga vazifa
5-ilova
Mavzuni takrorlash. Cho‘ntaklar turlaridan namunalar tikish. Foydalanilgan adabiyotlar:
“Tikuvchilik ishlab chiqarish” yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv qo‘llanmasi
(kasb-hunar kollejlari uchun 2-kitob) Toshkent-2004.
M.K. Rasulova “Tikuv buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi” Toshkent “Turon-Iqbol” 2012
N.S.Gaipova, M.tursunxo‘jayeva, Q.Abdullayeva, X.Boboxonova “Tikuvchilik texnologiyasi va jixozlari” (kasb-hunar kolleji talabalari uchun o‘quv qo‘llanma) 3- nashr. Toshkent-2016y.
Qaxramon Olimov “Tikuvchilik korxonalari, jixozlari va uskunalari”. (kasb-hunar kollejlari uchun darslik) qayta nashr. Toshkent-2013y.
Internet manbaalari
https://burdastyle.ru/master-klassy/detali/shkola-shitya-obrabotka- karmanov 1930/
https://studbooks.net/2522857/tovarovedenie/obrabotka karmanov
https://www.yandex.ru/search/?text=obrabotka+karmanov&lr=191035&clid=227
4395
|
| |