|
Tikuvchilik asoslari cdr
|
bet | 53/85 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 7,12 Mb. | | #150514 |
Bog'liq Tikuvchilik asoslariTASHKILIY QISM
SALOMLASHISH
DAVOMATNI
ANIQLASH
O’QUVCHILARNING
DARSGA
TAYYORLIGINI
ANIQLASH
Baholash mezoni va ko‘rsatkichlari
1-ilova
Uyga vazifaning bajarilishi 0-5ball
|
O‘quvchining faolligi 0-5 ball
|
Topshiriqning to‘g’ri bajarilishi 0- 5 ball
|
Jami ball
|
|
|
|
|
|
|
|
|
9-6 ball - “qoniqarli” 12-10 ball - “yaxshi” 15-13 ball - “a’lo” O‘tilgan mavzuni takrorlash
2-ilova
“Blits-so’rov” metodi
“blits - so’rov” (ing.”blits” - tezkor, bir zumda) metodi berilgan savollarga qisqa, aniq va lo’nda javob qaytarilishini taqozo etadigan metod.
O’qituvchi tomonidan o’tgan mavzuga oid savollar beradi, o’quvchilar individual tarzda savollarga tez, qisqa javob qaytaradilar
Blits so‘rov savollari
Cho‘ntaklar haqida ma’lumot bering.
Qanday cho‘ntak turlarini bilasiz?
Qirqma cho‘ntaklar turlarini sanab bering.
Qoplama cho‘ntaklar turlarini sanab bering.
Chok davomidagi cho‘ntaklar haqida ma’lumot bering.
Listochkali cho‘ntak bichiq detallarini sanab bering.
Qopqoqli Qoplama cho‘ntak detallarini sanab bering.
Ramkali qirqma cho‘ntak bichiq detallarini sanab bering.
L
Yangi mavzuning bayoni
3-ilova
Mavzu: Yoqa tayyorlash va yelka, yoqa o‘miz
qirqimlariga ishlov berish.
Reja:
Yoqa turlari va ularga ishlov berish usullari.
Yelka qirqimiga ishlov berish usullari.
Yoqani yoqa o’miziga o’tqazish.
Tayanch atamalar: ko‘tarma, qaytarma, qotirma, shal yoqa, adip qaytarmasi.
Yoqalar konstrukstiya bo‘yicha turli xi lbo‘lib, ular asosiy yoqa bezak matolardan, sun’iy yoki tabiiy mo‘ynadan tayyorlanadi.
Ko‘ylak yoqalari konstruktiv jihatdan qaytarma yoqa, shol yoqa, tik yoqa va matroscha yoqalarga ajratiladi. Gazlama turiga qarab ularga qotirma qo‘yiladi yoki qo‘yilmaydi. Yoqa o‘miziga ulanish usuliga qarab o‘tqazma va yaxlit bichilgan (old bo‘lak bilan va adip bilan) bo‘lishi mumkin.
Yoqalar ustki va ostki qismi alohida bichilgan, yalang qavat va olib qo‘yiladigan bezak yoqalar turlariga bo‘linadi.
rasm. Ayollar kiyimlarida tavsiya qilinadigan yoqalar turlari. Ustki va ostki qismi alohida bichilgan yoqani tikish
Ustki va ostki yoqa alohida bichilgan bo‘lsa ularni o‘ngini ichkariga qaratib ko‘yib, yoqa burchaklarida ustki yoqadan 0,4 sm. solqi hosil qilib — 0,5 sm. kenglikdagi ag’darma chok bilan tikiladi. Yoqa burchaklaridagi chok haqi chokka 2 mm. yetkazmay qirqiladi, o‘ngiga ag’darib, ustki yoqadan 0,2 sm. kant hosil qilib
ko‘klanadi, dazmollanadi va yoqa chetlariga bezak baxyaqator yurgiziladi (14.2-
rasm).
|
| |