|
Tikuvchilik asoslari cdr
|
bet | 49/85 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 7,12 Mb. | | #150514 |
Bog'liq Tikuvchilik asoslariTASHKILIY QISM
SALOMLASHISH
DAVOMATNI
ANIQLASH
O’QUVCHILARNING
DARSGA
TAYYORLIGINI
ANIQLASH
Baholash mezoni va ko‘rsatkichlari
1-ilova
Uyga vazifaning bajarilishi 0-5ball
|
O‘quvchining faolligi 0-5 ball
|
Topshiriqning to‘g’ri bajarilishi 0- 5 ball
|
Jami ball
|
|
|
|
|
|
|
|
|
9-6 ball - “qoniqarli” 12-10 ball - “yaxshi” 15-13 ball - “a’lo”
O‘tilgan mavzuni takrorlash
Topshiriqli kartochka
2-ilova
Chizmalarga izox bering. Istalgan bezak turi uchun qo‘llaniladigan chok turlarini sanab bering.
Yangi mavzuning bayoni
3-ilova
Mavzu: Taqilmalarga ishlov berish.
Reja
Astarsiz kiyimlarda tavsiya qilinadigan taqilmalar.
Taqilmalarga ishlov berishda ishlatiladigan jixozlar va maxsus moslamalar.
Tayanch atamalar: taqilma, bostirma qopqoqli, plankali, molniyali, yaxlit bichilgan, tugma qadash, izma ochish, maxsus lapka.
Kesimi ko’ylak etagigacha tushadigan taqilmalarga: old bolak bilan yaxlit bichilgan bortlar (a), bostirma qopqoqli bortlar (b), ulama qopqoqli bortlar (v), yaxlit bichilgan qopqoqli bortlar (g), bezak detallar (to'r, tasmalar) bilan tikilgan bortlar (d), adip quyib tikilgan bortlar (e) va adipi old bolak bilan yaxlit bichilgan bortlar kiradi.
Bitta mag‘izli taqilma (12.2-rasm). Mag‘izning o‘ngini asosiy detalning teskarisiga qaratib qo‘yilib, taqilma qirqimi asosiy detal tomonidan ag‘darma chok bilan tikiladi. Bunda ag‘darma chok qirqim uchiga borib yo‘q bo‘lib ketishi kerak (12.2-a rasm). Mag‘iz asosiy detalning o‘ng tomoniga bukiladi. Mag‘izning tikilmagan chetini ichkari tomonga bukib, bostirma chok bilan tikiladi. Bunda mag‘iz ulangan chok yopilib ketishi, qistirma izma esa bir yo‘la tikib ketilishi kerak (12.2-b rasm).
Mag‘iz asosiy detal teskarisiga bukib dazmollanadi. Тaqilmaning uchi butun eni bo‘ylab ikkita qaytma baxyaqator yuritib puxtalanadi.
Adiрli taqilma (12.3-rasm). Adiрning tashqi qirqimlari yo‘rmaladi yoki ichkariga bukib universal mashinada tikiladi. Adiр asosiy detalga o‘ngini o‘ngiga qaratib qo‘yiladi va asosiy detal tomonidan tikiladi, chok haqi baxyaqatorga 0,1 sm yetmay kertib qo‘yiladi. Adiр asosiy detal teskarisiga ag‘dariladi va asosiy detaldan kant hosil qilib dazmol-lanadi yoki ziylari ko‘klab qo‘yiladi. 8-10 sm oraliqda qo‘lda yashirin qaviq solib, adiр asosiy detalga chatib qo‘yiladi.
|
| |