|
Tikuvchilik asoslari cdr
|
bet | 46/85 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 7,12 Mb. | | #150514 |
Bog'liq Tikuvchilik asoslariSALOMLASHISH
DAVOMATNI
ANIQLASH
O’QUVCHILARNING
DARSGA
TAYYORLIGINI
ANIQLASH
Baholash mezoni va ko‘rsatkichlari
1-ilova
Uyga vazifaning bajarilishi 0-5ball
|
O‘quvchining faolligi 0-5 ball
|
Topshiriqning to‘g’ri bajarilishi 0- 5 ball
|
Jami ball
|
|
|
|
|
|
|
|
|
9-6 ball - “qoniqarli” 12-10 ball - “yaxshi” 15-13 ball - “a’lo” O‘tilgan mavzuni takrorlash
2-ilova
“Blits-so’rov” metodi
“blits - so’rov” (ing.”blits” - tezkor, bir zumda) metodi berilgan savollarga qisqa, aniq va lo’nda javob qaytarilishini taqozo etadigan metod.
O’qituvchi tomonidan o’tgan mavzuga oid savollar beradi, o’quvchilar individual tarzda savollarga tez, qisqa javob qaytaradilar
Blits so‘rov savollari
Kiyim detallariga boshlang’ich ishlov berish deganda nimani tushunasiz? Qirqimlarga qanday ishlov berish usullari mavjud?
Kiyim bichiq detallari qanday farqlanadi?
Kiyim bichiq detallarini sanab bering.
Kiyimda qanday detallar bo‘ladi?
Kiyimdagi bezak detallari nimalardan iborat?
Yangi mavzuning bayoni
3-ilova
Mavzu: Bezak beruvchi elementlarni tayyorlash.
Reja:
Bezak beruvchi bo‘lak turlari. Bezak beruvchi bo‘laklarni sifatiga qo‘yiladigan talablar.
Shlyovkalar, pat, cho‘ntak qopqog‘i, pagon, manjet, listochka va belbog‘lami tayyorlash usullari.
Tayanch atamalar: bezak, sifat, talab, shlyovka, pata, pagon, belbog’, manjet, lisochka, cho‘ntak qopqog’i.
Kamartutgichlar - keng va ensiz bo‘lishi mumkin. Ular ochiq yoki yopi qqirqimli qo‘yma chok, yelim yoki ip yordamida tutashtirma chok bilan tikilishi mumkin. Eng unumdor usulularni 2 ignali 3076-1 kl. PMZ va Yaponiya «Djukki» firmasining MFV-860 yarim avtomatida tikish hisoblanadi. Bunda kamar tutgichlar joylashmada hosil bo‘lgan andazalar orasidagi chiqindilardan tikilishi mumkin.
rasm. Belbogtutgichni tayyorlash va buyumga tikish.
Belbog’larni tayyorlash -belbog’ tikishda gazlamaning o‘ngi ichkariga qaratib buklanadi. Uzunasiga chok solinadi. Chokni o‘rtaga to‘g‘rilab, yorib dazmollanadi, belbog‘ning uchiga ag‘darma chok tushadigan chiziqni belgilab olinadi. Shu chiziq bo‘ylab ag‘darma chok o‘tkaziladi. Belbog‘ning uchi 0,3 sm chok qoldirib qirqib tashlanadi. Belbog‘ o‘ngiga ag‘darilib dazmollanadi (10.2-a rasm).
rasm. a-ag’darma chokda tikish; b-bostirma chokda tikish
Yupqa gazlamadan belbog‘ tikilganda uning yon ziyi va uchi bo‘ylab ag‘darma chok solish mumkin. Bunda belbog‘ning bir uchiga va yon ziyiga bir vaqtda ag‘darma chok solinadi. Belbog‘ni o‘ngiga ag‘dariladi. Belbog‘ning ostki tomonidan kengligi 0,2 sm kant hosil qilib dazmollanadi va modelda mo‘ljallangan kenglikda bostirma chok tikiladi (10.2-b rasm).
Maxsus tasma qo‘yib tayyorlanadigan belbog‘lar bir uchi va bir yoni ag‘darma chok bilan tikilib, ikkinchi uchi ochiq qoldiriladi (10.3-a rasm). Maxsus tasma o‘rniga belboqqa gazlama yoki flizelindan qo‘shimcha qatlam qo‘yilishi ham mumkin. U holda qo‘shimcha qatlam belbog‘ning teskari tomoniga qo‘yilib, universal mashinada tikiladi (10.3-b rasm). Qo‘shimcha qatlam bir tomoni yelimli bo‘lsa, uni belbog‘ ichki tomoniga yelimli tomoni bilan qo‘yib, dazmollab yopishtiriladi (10.3- d rasm). Belbog‘ o‘ngi ichkariga qaratilib, uzunasiga ikki bukiladi. Qirqimlari to‘g‘rilanib, bir uchini o‘ngiga ag‘darish uchun qoldirib, ikki cheti ag‘darma chok bilan tikiladi. Belbog‘ o‘ngiga ag‘darilib, ochiq qoldirilgan joyi qo‘lda yashirin qaviq solib tikib qo‘yiladi.
|
| |