Tikuvchilik asoslari cdr




Download 7,12 Mb.
bet43/85
Sana02.02.2024
Hajmi7,12 Mb.
#150514
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   85
Bog'liq
Tikuvchilik asoslari

J


Detallarga boshlang’ich ishlov berish





ettirib, eritilib, so‘ngra sovutilsa, qirqimlari titilmaydigan bo‘ladi.
Adiplar ichki qirqimi, yeng uchi mag’izi, cho‘ntak mag’izi, yoqa o‘mizi mag’izining ichki qirqimlari yo‘rmalanadi (v). Asosiy dyotal qirqimlari bukilib, yopiq qirqimli qilib tikiladi (g). Ayrim detallar qirqimi mag’iz qo‘yib tikiladi (d).
Maxsus moslama (mag’izlagich) yordamida detal chetiga maxsus tasma ikki buklanib bostirib tikiladi (e). Mag’iz chok bilan yeng uchi, kiyim etagi, yeng va yoqa o‘mizlari tikiladi. Bezak beykani qo‘Sh ignali maShinada maxsus moslama (buklagich) bilan bukib, bir yo‘la ikkita parallel baxyaqator yuritib tikiSh mumkin
0).





Pidjak avra bichig‘ining detallari pidjak tikishga mo‘ljallangan gazlamalardan quyidagi miqdorda bichiladi: old bo‘lak — 2 ta, ort bo‘lak — 2 ta, yeng ustki bo‘lagi — 2 ta, yeng ostki bo‘lagi — 2 ta, ustki yoqa — 1 ta, ostki yoqa — 1 ta (ikki qismdan iborat), yoqa ko‘tarmasi — 1 ta, adip — 2 ta, cho‘ntak qopqog‘i — 2 ta, cho‘ntak mag‘izlari — 2 ta, ko‘krak listochkasi — 1 ta. Pidjak avra detallari 3.19-rasmda ko‘rsatilgan.
Pidjak astari bichig‘ining detallari astarlik gazlamalardan avra detali shakliga moslab bichiladi. Ular ham avra detallari singari nomlanadi: old bo‘lak —

  1. ta, ort bo‘lak — 2 ta, yeng ustki bo‘lagi — 2 ta, yeng ostki bo‘lagi — 2 ta, cho‘ntak qopqog‘i astarlari — 2 ta, yon cho‘ntaklar ko‘rinmasi — 2 ta, bar tutgich — 1 ta, ilgich — 1 ta, ko‘krak cho‘ntak xaltasi — 1 ta, ichki cho‘ntak xaltasi — 2 ta.




Qotirma bichig‘i detallari qotirma gazlamalardan, ya’ni zig‘ir tola, ip, qil tolali va h. k. gazlamalardan bichiladi va quyidagicha nomlanadi: bort qotirmasi —

  1. ta, yelka taglik — 2 ta, yoqa qotirmasi — 1 ta (ikki qismdan iborat). Qotirmabop ip gazlamalardan yon cho‘ntak xaltalari — 2 ta, yon cho‘ntak bo‘ylamalari — 2 ta, ko‘krak cho‘ntagi bo‘ylamasi — 1 ta, yeng uchi qotirmalari — 2 ta—bichiladi.





  1. rasm. Erkaklar pidjagining asosiy detallari: 1 — ort bo‘lak; 2 — qirqma yon bo‘lak; 3 — old bo‘lak; 4 — yengning ostki bo‘lagi; 5 — yengning ustki bo‘lagi; 6 — ostki yoqa; 7 — ustki yoqaning qaytarmasi; 8 — yoqaning

ko‘tarmasi.





BICHIQ DETALLARINING QIRQIM NOMLARI




Kiyim tikishda bichiq detallari qirqimlarining yagona nomlari ishlatilishi lozim. Kiyim detallarida tanda ipining yo‘nalishi, detallarining gazlama turiga qarab tanda ipi yo‘nalishiga nisbatan chetlashishga yo‘l qo‘yishi ko‘rsatilishi kerak.
Ustki kiyim avrasi, astari va qotirma detallari bichiqqa nisbatan qo‘yiladigan texnik shartlarga muvofiq bichiladi. Pidjak detallarida tanda ipi yo‘nalishi quyidagicha bo‘lishi kerak: old bo‘lakda old bo‘lak o‘tar qismi chiziqlariga, ort bo‘lakda ort bo‘lak o‘rta chizig‘iga, adipda tashqi qirqimga, yeng ustki va yeng ostki bo‘lagida old qirqim uchlarini birlashtiruvchi chiziqqa, ustki yoqada yoqa o‘rta chizig‘iga parallel bo‘lishi kerak. Pidjak asosiy detallarining gazlama turiga qarab tanda ipi yo‘nalishiga nisbatan chetlashishga yo‘l qo‘yishi 3.9-jadvalda ko‘rsatilgan.
Kiyimning tashqi ko‘rinishini yaxshilash maqsadida shakli barqaror bo‘lishi, kiyish jarayonida yaxshi saqlanishi, tikish vaqtini qisqartirish uchun detallarga yelimli qotirma materiallar qo‘yiladi. Yelimli qotirma yassi yostiqli maxsus presslarda yopishtiraladi. Presslovchi sathning harorati 140—150° C, presslash davomiyligi 10 s, presslovchi yuzaning bosimi 0,3—0,5 kgs/sm bo‘lishi kerak. Qotirma materiallar va ularni yopishtirish usullari modelning texnik tavsifiga muvofiq qo‘llanadi. Yelimli qotirma materiallar sifatida ip, viskoza va boshqa gazlamalar hamda yelim kukun qoplangan noto‘qima materiallar ishlatiladi. Yelimli qotirma materiallardan old bo‘laklarning asosiy qatlami sifatida va alohida detallarning qotirmasi sifatida foydalaniladi.
Yelimli qotirmadan detallar bichganda asosiy detallardan 0,3—0,5 sm kichikroq bichiladi, bundan maqsad shuki, yelim qotirmaning chetki qirqimlari biriktirma choklarga 0,1—0,2 sm kirishi kerak. Yelimli qotirmalarning tanda ip yo‘nalishi asosiy detal tanda ipi yo‘nalishi bilan bir xil bo‘lishi kerak.





  1. rasm. Old bo‘lakka bort qotirmasini yopishtirish: 1—old bo‘lak,

  1. bort qotirmasi, 3—yelim uqa, 4—bort qotirmasi ikkinchi qavati, 5—adip qaytarma qotirmasi, 6—izma osti qotirmasi.

Erkaklar pidjagida bort qotirmasi ikki qavat qilib bichiladi (3.20-rasm). Bular asosiy va qo‘shimcha qotirma bo‘lib, qo‘shimcha qotirmaning o‘rish iplari




asosiy qotirmaning iplariga nisbatan 30°C yoki 75°C burchak ostida bichilgan bo‘ladi. Ikki qavat qotirma old bo‘lakka bir vaqtda qo‘yib yopishtiriladi va shakl beriladi.
Ort bo‘lak bo‘yin va yeng o‘miziga, etak qirqimiga va ort bo‘lak kesimiga qirqimdan 0,3 sm masofada yelim qotirma qo‘yiladi (3.21-rasm, a). Bo‘yin va yeng o‘mizi atrofiga qo‘yiladigan qotirma 45°C burchak ostida bichiladi.
Hozirgi vaqtda kiyim sifatini yaxshilash maqsadida ko‘p zonali termoplastik qotirma materiallar ishlatiladi. Bunday qotirma materiallar uchta zonaga ajratib to‘qilgan bo‘lib, birinchi zona viskoza, ip, jun tolalariga tabiiy yoki sintetik qil aralashtirilgan bo‘ladi. Ikkinchi zona yumshoqroq bo‘lib, turli tolalar navbat bilan almashtirib ishlatiladi. Uchinchi zona yumshoq zona bo‘lib, bir xil ipdan siyrakroq to‘qiladi.
Adip qaytarmasiga trikotaj polotnoli qotirma ko‘p zonali qotirma ustiga 2— 3,5 sm o‘tib turadigan qilib yopishtiriladi





Ort bo‘lak (a) va adipga (b) yelim qotirmani yopishtirish.
1.5





b d

  1. rasm. Ustki yoqa (a), ostki yoqa (b) qaytarmasi va ko‘tarmasiga (d) yelim qotirma yopishtirish.

Yoqaning mustahkamligini oshirish va berilgan shaklni saqlab turish uchun ustki va ostki yoqa qaytarmasi va ko‘tarmasi detallariga qotirmali material avra qirqimidan 0,3 sm masofada qo‘yiladi (rasm). Yeng uchlarining puxtaligini oshirish va shaklni saqlash uchun eni 5 sm li 73yelim qotirmasi qo‘yiladi ). Cho‘ntak qopqog‘i va cho‘ntak listochkasiga avra detalning tanda ip yo‘nalishiga mos







bichilgan yelim qotirma qo‘yiladi Polietilen kukun qoplangan qotirmalar namlanmasdan, poliamid kukun qoplangan qotirmalar ho‘llab yopishtiriladi.



Download 7,12 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   85




Download 7,12 Mb.