• DARSGA TAYYORLIGINI ANIQLASH
  • O‘tilgan mavzuni takrorlash
  • Mavzu: Kiyim bo’laklariga namlab-isitib ishlovi berish
  • Yangi mavzuning bayoni
  • Mavzuni mustahkamlash
  • Foydalaniladigan adabiyotlar
  • Tikuvchilik asoslari cdr




    Download 7,12 Mb.
    bet41/85
    Sana02.02.2024
    Hajmi7,12 Mb.
    #150514
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   85
    Bog'liq
    Tikuvchilik asoslari

    TASHKILIY QISM


    SALOMLASHISH


    DAVOMATNI
    ANIQLASH


    O’QUVCHILARNING
    DARSGA
    TAYYORLIGINI
    ANIQLASH


    Baholash mezoni va ko‘rsatkichlari


    1-ilova

    Uyga vazifaning bajarilishi 0-5ball

    O‘quvchining faolligi 0-5 ball

    Topshiriqning to‘g’ri bajarilishi 0-5 ball

    Jami ball


























    9-6 ball - “qoniqarli” 12-10 ball - “yaxshi” 15-13 ball - “a’lo” O‘tilgan mavzuni takrorlash


    T E S T


    2-ilova


    1


    Payvandlash qanday amalga oshiriladi?

    1. Elastic material qizdirilib eritiladi

    2. Suyuq holatdagi material qotiriladi

    3. Elastic material eritilib so‘ng qotiriladi

    4. To‘g’ri javob yo‘q

    1. Payvandlashning qanday usullari bor?

    1. Qizdirib payvandlash

    2. Yuqori chastotali tok bilan

    3. Ultratovush bilan

    4. Barcha javoblar to‘g’ri

    1. Plyonka issiq asbobga yopishmasligi uchun orasiga nimalar qo‘yiladi?

    1. Teflon, sellofan, ipak gazlama

    2. Kalka qog’oz, ipak gazlama

    3. Teflon, kalka qog’oz, sellofan

    4. To‘g’ri javob yo‘q

    1. Payvandlash yo‘li bilan qanday choklar hosil qilinadi?

    1. biriktirma, qo‘yma, bukma, bo‘rttirma

    2. tutashtirma choklar, bo‘rttirma, bukma

    3. biriktirma, qo‘yma, tutashtirma, bukma

    4. bo‘rttirma, bukma, biriktirma


    1. Payvand chokning xususiyatlarini belgilaydigan asosiy ko‘rsatkichlar to‘g’ri belgilangan qatorni ko‘rsating!

    2. chokning uzilishga nisbatan pishiqligi, uning cho‘ziluvchanligi, qattiqligi, chidamliligi

    3. havo haroratiga chidamliligi, quyosh nuriga chidamliligi, cho‘ziluvchanligi

    4. chokning uzilishga nisbatan pishiqligi, quyosh nuriga chidamliligi

    5. barcha javoblar to‘g’ri


    1. Mavzu: Kiyim bo’laklariga namlab-isitib ishlovi berish


    1. Kiyimlarga namlik issiqlik ishlovi berishning ahamiyati.

    2. Namlab isitib ishlov beruvchi jixozlarning ishlash prinstiplari.

    3. Namlab-issiqlik ishlovi berish jarayonidagi texnik shartlar.





    Tayanch atamalar: namlik, issiqlik, ishlov berish, shakl berish, fizk holat, polimer, harorat, dazmol, press, maneken, bardoshlilik, dazmol mato.
    Kiyim detallariga va umuman tayyor kiyimga malum shakl berish yoki tashqi ko‘rinishini Yaxshilash uchun ularga namlab-isitib ishlov beriladi. Namlab-isitib ishlov berishga kiyim tikishga sarflanadigan vaqtning 20-25 foizi sarflanadi. Gazlama biror shaklga kiritilayotganda ipdagi tolalar o‘simliklardan yoki hayvonlardan olingan suniy yoki sintetik ekanligini hisobga olish kerak. Tukuvchilikdagi polimer tolalar uch xil fizikaviy holatda bo‘ladi. Bular shishasimon, yuqori elastik va yopishqoq-cho‘ziluvchan holatlardir. Tabiiy tolalar esa faqat ikki xil-shishasimon va yuksak elastik-fizik holatda bo‘ladi. Past haroratdagi (havo harorati) shishasimon holatda deformastiya kam va yo‘qoladigan bo‘ladi. Yuqori haroratdagi yopishqoq-cho‘ziluvchan holatda deformastiya juda katta, yuqolmaydigan bo‘ladi. Buning sababi polimerning yumshab oqishidir. Yuqori elastik holati shishasimon va yopishqoq - cho‘ziluvchan holatlar orasidagi haroratga to‘g‘ri keladi. Qizdirilganda polimer shishasimon holatdan yuqori elastik holatga o‘tadi va paydo bo‘lgan deformastiya yo‘qoladi.


    Yangi mavzuning bayoni


    3-ilova





    usullari va jihozlari.
    Reja





    Namlab-isitib ishlashda harorat katta ahamiyatga ega. Chunki gazlamalarning issiqbardoshligi tolalar issiqbardoshligiga bog‘liq. K.N Kukin va A.N Solovevlarning ko‘rsatishlaricha jun tola 130-150 S gacha, ipak tola 150-170 S gacha, viskoza tola 120- 130 S gacha astetat tola 95-100 S gacha yarim efir tolalar 160-170 S gacha o‘z xususiyatlarini o‘zgartirmaydi. Bu haroratlardan ortiq qizdirilsa gazlama o‘z chidamliligi, pishiqligi va rangini o‘zgartiradi. Hosil qilingan deformastiyani gazlama ortiqcha namlikdan xalos bo‘lgandagina saqlab qolishi mumkin.


    ,


    Namlab-isitib ishlash uch xil usulda bajariladi: dazmollash, presslash,
    bug'lash.
    Dazmollash - dazmolning qizdirilgan sathini namlangan gazlama sirtida
    sal bosib yurgizish. U dazmol yordamida bajariladi.

    Presslash - gazlamani surilmaydigan qizdirilgan ikki sath orasida siqish. U
    presslar yordamida bajariladi.

    Bug'lash - gazlamani qizdirilgan sathlar tasirida emas,balki bug' bosimi
    tasirida ishlash. Bu uchun bug'li-havo manekeni ishlatiladi.

    g /
    Namlab-isitib ishlash jarayoni uchun tolalarning issiqbardoshligi katta ahamiyatga ega, chunki shunga qarab optimal rejim tanlanadi. Gazlama oddiy sharoitda issiqni yomon o‘tkazadi. Shuning uchun tikuvchilik buyumlarini namlab- isitib ishlashda nam katta ahamiyatga ega.
    Gazlama yoki dazmolmato ustiga purkalgan suv pressning qizigan ustki yostig‘i yuzasiga yoki dazmolning qizigan yuzasiga tegib bug‘ga aylanadi. Natijada gazlamaning ustki va ostki qatlam tolalari qizib, shishasimon holatdan yuksak elastik holatga o‘tadi va detallarga kerakli deformastiya beriladi.





    Rioya qilinishi kerak bo’lgan qoidalar

    1. Ish bajarayotganda ziyrak bo’lish kerak.

    2. Mashina va asbob-uskunalarning ishga yaroqliligini tekshirish kerak.

    3. Simlarga ip,latta, simchalar osmaslik kerak.

    4. Elektr dazmolda ishlashdan oldin shnur izolyastiyasini tekshirish lozim.

    5. Dazmolning, rubilnikning, shtepsel rozetkesaning, vilkaning tok o’tkazuvchi qismlariga qo’l tekkizmaslik kerak.

    6. Ishlayotganda shnur dazmolga tegib turmasligi kerak.

    7. Pressda ishlashda uning yaroqliligini, to’siq borligini, korpusning yerga ulanganligini, elektr qismida izolyastiya borligini tekshirish kerak. Buzuq pressda ishlash man etiladi.

    8 .Qo’lni press yostiqlari orasida qolishidan ehtiyot bo’lish lozim.

    1. Ishlayotgan pressni nazoratsiz qoldirish mumkin emas.

    2. Buyumni ishlayotganda suvni elektr apparatlariga va termorostlagichga tushirmaslik kerak.

    3. Ish tugagach pressni to’xtatib, ish o’rnini yig’ishtirish kerak.





    Namlab-isitib ishlov berish jarayoni uch bosqichdan iborat:


    1. Gazlamani shakl berishga tayyorlash;

    2. Gazlamaga shakl berish

    3. Berilgan shaklni saqlab qolish

    I )
    Namlab-isitib ishlash uch xil usulda bajariladi: dazmollash, presslash, bug‘lash.
    Dazmollash - dazmolning qizdirilgan sathini namlangan gazlama sirtida sal bosib yurgizish. U dazmol yordamida bajariladi.




    Presslash - gazlamani surilmaydigan qizdirilgan ikki sath orasida siqish. U presslar yordamida bajariladi.
    Bug‘lash - gazlamani qizdirilgan sathlar tasirida emas,balki bug‘ bosimi tasirida ishlash. Bu uchun bug‘li-havo manekeni ishlatiladi.
    Dazmollar bug‘, elektr-bug‘ bilan qizitilishi mumkin. Elektr dazmollar spiral yoki naychali elektr isitkichli bo‘lishi mumkin. Ular nimaga mo‘ljallaganligiga qarab,har xil og‘irlikda bo‘ladi. Masalan, yengil kiyimlarni dazmollashga 4 kg li, kostyum va ip gazlamadan tikiladigan buyumlar uchun massasi 6 kg li,paltolar uchun massasi 8 kg. li dazmol ishlatiladi. Dazmol yuzasi 140-220 S gacha qizishi mumkin. Dazmolmato qo‘yib dazmollashda dazmol yuzasini odatdagidan 2O S ortiq qizitish mumkin. Gazlamaga dazmolmatosiz va namlamay turib isitib ishlov berilsa gazlamaning ustki qatlamlaridagi fizik-mexanik xususiyatlari buzilishi, ya ni kuyishi mumkin. Dazmolmatodagi to‘qilgan gullar ochiqdan-ochiq seziladigan bo‘lmasligi, uning tolalarining elastiklik xususiyatlari ishlanayotgan gazlama tolalarining elastiklik xususiyatlaridan kam bo‘lishi kerak. Bu gazlama strukturasini buzilishidan saqlaydi va yaltirab qolish ehtimolini kamaytiradi.
    Dazmollash ishlari ustiga movut va eig‘ir tola gazlama qoplangan stolda turli taxta qoliplar ishlatib bajariladi.
    Elektr, bug‘, elektr-bug‘ dazmollaridan tashqari dazmollash yuzalari qizdiriladigan va bug‘ so‘rib olinadigan dazmollash stollari ishatiladi.
    Masalan: SU-1, SU, SU-OK dazmollash stollari ishlatiladi. Bu stollarda 2,5­5kg bo‘lgan UPM elektr- bug‘,UP-2,UP-3 bug‘ dazmollari bo‘ladi. Vengriyaning "PannoniYA" firmasida ishlab chiqarilgan Ss-294 dazmollash stolida massasi 3-5 kg. li Ss-392 elektr - bug‘ dazmoli, Ss-395 bug‘ dazmoli bo‘ladi. Germaniya " TEST " firmasining BTFD, BTARP dazmollash A1-SU dazmollash qatori 4ta yoki 6ta SU-

    1. dazmollash stollari va elektr-bug‘ dazmollaridan, suv tozalagichi bor UP-13m bug‘ generatoridan bug‘ni va havoni so‘rib olishga mo‘ljallangan UVG-1vakuum qurilmasidan iborat. Stolning qizish harorati 100 gradus S.

    Bundan tashqari namlab-isitib ishlash operastiyalarida juda ko‘p xil dazmollash presslari ishlatiladi. Presslash kuchiga qarab, dazmollash presslari yengil (10kN gacha), o‘rta (15-20 kN gacha) va og‘ir (30 kN dan ortiq) xillarga ajratiladi. Ularda chalafabrikatlarni namlash va qizitishda bug‘dan namni so‘rib olish, quritish va sovitishda vakuumdan foydalaniladi. Ularda turli shakl va o‘lchamdagi press yostiqlari o‘rnatiladi.
    Texnologik jihatdan presslar dazmollovchi, buklovchi va bug‘lovchi turlarga bo‘linadi.
    Presslar pnevmatik (siqilgan havo yordamida ishlaydi) va elektromexanik (elektrodvigateldan ishlaydi) yuritmali bo‘ladi. Ustki yostiqlari elektr toki bilan,ostki yostiqlari esa bug‘ bilan qizitiladigan quyidagi presslar ishlatilatiladi: PLS, PSS, PTS, PPU-1, PLPU-1 Vengriya "Pannoniya "firmasining Ss-311, Ss-313 , Ss-317KM, Ss-351R2. Detallarga qotirma yopishtirish uchun Germaniya "Mayer" firmasining ANV-1690, RPS-1400 markali maxsus presslari ishlatiladi. Yuqori sifatli erkaklar kostyumlarini ishlab chiqarish va oxirgi bezak berish jarayonida quyidagi presslar ishlatiladi: Germaniyaning "TEST" firmasining ARAP pressi yenglarni dazmollash uchun, KTRL-8S pressi-bort, yoqa, adiplarni dazmollash




    uchun, Franstiya "Lemer" firmasining BORL-59S pressi DDS dazmoli bilan pidjak old bo‘lagini dazmollash uchun, RRL 59 S pressi-pidjak yon va orqa bo‘lak o‘rta choklarini dazmollash uchun, EPMA-17 pressi DDS dazmoli bilan- yeng o‘mizlarini dazmollash uchun ishlatiladi. Bundan tashqari shimni bukib dazmollash uchun Germaniya "TEST" firmasining XRLS va "Goffman" firmasining XR-2A-13-19- 016 presslari mavjud.
    Erkaklar shimming yuqori qismini dazmollash uchun PLPU-1-03 (PSP-G yostiqli), paltolarni dazmollash uchun PPU-1 (bir necha yostiqli: o‘ng old bo‘lakni dazmollash uchun POMPPp, chap bo‘lagi uchun PO-MPPl, ort bo‘lak uchun PSU- 1), paltoning elka qismi, yoqasi va umuman yuqori qismini dazmollash uchun PLPS-

    1. va PLPS-4, Chexoslavaqiya "UMOV" firmasining VSR-800+RS20, "Protomet" firmasining LW-29 chap, LW-30 o‘ng tomon presslari ishlatiladi.

    Erkaklar ko‘ylagini dazmollash uchun AQSh "Ayaks" firmasi va Germaniya "Kannegiser" firmasining 4 mashinadan iborat namlab-isitib ishlash komplekt uskunalari bor:
    PK-4- yenglarni dazmollash uchun PK-3O-yoqa va manjetlarni dazmollash uchun PK-29-old va ort qismlarni dazmollash uchun PK-22-ko‘ylakni taxlab, yoqasini bostirib dazmollash uchun
    Namlab-istib ishlashning yakunlovchi bosqichida gazlamani sovitishning uch xil usuli bor: a) ostki yostiq ustida tabiiy sharoitda sovitish;

    1. namini so‘rib chiqarish yordamida sovitish; v) ostki yostiq ustida shamol bilan sovitish.

    Namlab-isitib ishlashda gazlamaning xususiyatlari o‘zgaradi. Bu jarayon to‘g‘ri bajarilsa, gazlamaning xususiyati yaxshilanadi. Lavsan aralashgan gazlamalarni namlab-isitib ishlash to‘g‘ri bajarilsa, hosil qilingan gofre yoki plisse taxlamalari yuvilganda ham buzilmaydi. Aksincha namlab-isitib ishlash noto‘g‘ri bajarilsa, issiqlik ta'sirida gazlama kirishishi yoki uning rangi aynashi natijasida kiyim buzilib qolishi mumkin.
    Pressning pastki va ustki yostig‘i quyma cho‘yandan yoki quyma alyuminiy qotishmasidan yasaladi. Ishlash prinstipi oddiy. Ustki yostiq doira yoyi bo‘ylab (350- 400mm) ochilib yopiladi. Vakuum presslarining ustki yostiqidan berilgan bu g‘ detal orasidan o‘tib, uni isitadi va namlaydi. Pastki yostiqni 2ta kamerasi bo‘lib,ustki kamerasining teshiklari orqali bug‘ vakuum qurilmasi yordamida so‘rib olinadi. Kiyim old qismining va qotirmaning ko‘krak ustidagi joylarini kirishtirib dazmollash uchun qabariq va botiq shaklli yostiqlar ishlatiladi.
    Presslar yostiqlarini qoplash uchun quyidagi materiallar ishlatiladi: zanglamaydigan po‘latdan qilingan setkalar, gazlamalardan - nomeks, molleton, yashil muss, lyonil, steynil, padding, teflon, gaflon, silikonli rezina.
    Bug‘lash-gazlama tolalarida oldingi ishlovlar natijasida hosil bo‘lgan kuchlanishni yuqotadi, ularning asli holatini tiklaydi va gazlamani yiltiramaydigan qiladi. Gazlamani tikuvchilik fabrikalarida ishlatishdan ilgari bug‘lash, yani kirishmaydigan (dekatirovka) qilishadi. Gazlama maxsus bug‘lagichning bug‘ chiqib turgan cho‘tkasi bilan qo‘lda bug‘lanadi yoki dazmolga o‘ralgan nam dazmolmato gazlamaning yiltirab qolgan joylariga qo‘yib-qo‘yib olinadi. Bug‘




    dazmollarda yoki bug‘ presslarda namlab-isitib ishlashda yiltiragan joylar hosil bo‘lmaydi.
    Bitgan kiyimni bug‘li-havo manekenida ham dazmollash va bug‘lash mumkin. Bunda kiyim manekeniga kiydirilib, unga navbat bilan bug‘ va issiq havo tasir ettiriladi. Natijada gazlamaning ezilgan va notekis joylari to‘g‘rilanib, kiyim dazmollangan ko‘rinishga kiradi. Bug‘li-havo manekeni temir karkasdan iborat. Bug‘li-havo manekenining ish organi puflaganda badan formasini qabul qiladigan kapron qobiq hisoblanadi. Qobiqdan o‘tgan bug‘ 5-10sek. davomida tasir ettiriladi, so‘ngra 105°S haroratdagi issiq havo bilan qobiq to‘diriladi va kiyim quritiladi.
    Hozir StNIIShP ishlab chikkan 2 vaziyatli universal PVM-2 manekeni ishlatiladi. U ixcham, ish unumi katta, ishlov berish sifati yaxshi. Ishchi kiyimni faqat manekenga kiydirib va echib olib turadi. Shimni bug‘lab dazmollash uchun Germaniya "Tekstima" firmasining XF-7 manekeni, Yaponiya "Inoue" firmasining manekeni mavjud. Erkaklar paltosiga shakl berish uchun "Tekstima" firmasining "Xog‘ess" manekeni ishlatiladi. Bundan tashqari kelajakda qattiq qobiqli bug‘li- havo manekenlarini qo‘llash ko‘zda tutilmokda. Qattiq qobiqli manekenda buyumga tashqi tomondan bug‘ va issiq havo yuborganda hosil qilingan shakl gazlamaning tuqima iplari og‘ishi o‘zgarishi hisobiga turg‘unlashib qoladi.
    Malum bir turdagi razmer va to‘lalikdagi buyumga mo‘ljallangan qattiq qobiqli bug‘li-havo manekenining yuqori tayanch yuzasining shakli o‘zgarmas bo‘lishi mumkin, chunki bir xildagi razmer va to‘lalikli, ammo har xil modellar yuqori qismlarning ichki shakllari amalda o‘zgarmaydigan bo‘ladi. Muayyan modelli, razmerli va bo‘yli kiyimga to‘g‘rilash mumkin bo‘lsin uchun manekenning tayanch yuzasidan pastki qolgan uchastkalaridagi qattiq qobiq ham eniga, ham bo‘yiga suriladigan bo‘lishi kerak.
    Tikuvchilikda namlab - isitib ishlash operastiyalari quyidagilardan iborat:

    1. Bir tomonga yotqizib dazmollash -SU-V-UTP-2EP dazmollash stollarida yupqa gazlamalardan tikiladigan ayollar ko‘ylagining Yeng, elka choklari bir tomonga yotqazib dazmollanadi.

    2. Yorib dazmollash - Vengriya "Pannoniya" firmasining Ss-351, Ss- 371, Germaniya "TEST" firmasining FA-4S markali dazmolli maxsus presslari yordamida ust kiyim elka, yon, yeng, ort bo‘lak o‘rta choklari dazmollanadi.





    Kiyim detallarining namlab-isitib ishlashdan oldingi va undan keyingi ko‘rinishi: a — yorib dazmollash; b — bir tomonga yotqizib dazmollash; d — bukib dazmollash; e, f — dazmollab yupqalashtirish; g — kirishtirib va cho‘zib dazmollash; h — bo‘rttirib dazmollash




    1. Dazmollab yupqalantirish - Ss-351, Ss-371 markali "Pannoniya" firmasining presslari va Franstiya "Lemer" firmasining BORL-59S, RRL-59S V SLR-24 markali presslari yordamida kiyim yoqalari, yeng uchi, bortlari, etagi dazmollab yupqalashtiriladi.

    2. Bukib dazmollash - Bukish presslari yordamida qoplama cho‘ntaklar, xlyastiklar, taqilma qopqoqlari chetlari bukib dazmollanadi.

    3. Kirishtirib dazmollash - Ss-394 dazmoli va PPU, Ss-371 markali presslar yordamida ust kiyim old bo‘lagi qotirmasining ko‘krak qismida qabariq hosil qilish uchun va vitochkalar oxiridagi solqilarni yo‘q qilish uchun kirishtirib dazmollanidi. Bu presslarining pastki yostig‘i botiq, ustki yostig‘i esa qabariq shaklga ega.

    4. Cho‘zib dazmollash - Ss-371 markali Germaniya "TEST" firmasining SVDS markali presslar va Ss-394 dazmollash stollari yordamida ostki yoqaning ko‘tarma va qaytarma joylari bo‘ylab, yeng ustki bo‘lagining old qirqimi bo‘ylab cho‘zib dazmollanadi.

    5. Bo‘rttirib dazmollash - Oqish gazlamalardan tikiladigan ko‘ylak, bluzkalarga belgi chiziq o‘rnida (taxlamalar o‘rnini, cho‘ntak o‘rnini belgish) bo‘rttirib dazmollanadi.

    6. Bug‘lash - Bug‘li presslar va bug‘li-havo manekenlari yordamida kiyimda hosil bo‘lgan yiltiroqlikni va g‘ijimlarni yuqotish uchun bug‘lanadi.


    Mavzuni mustahkamlash


    4-ilova







    "Vм- men bilgan ma'lumotlarga mos;

    м+м-men uchun yangi ma'lumot;

    "-" - men bilgan ma'lumotlarga zid;

    "?" - men uchun tushunarsiz














    Uyga vazifa
    5-ilova
    Mavzuni takrorlash. Namlab isitib ishlov berish jixozlari turlaridan albom
    tayyorlash.
    Foydalaniladigan adabiyotlar

    1. Tikuvchilik ishlab chiqarish” yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv qo‘llanmasi

    (kasb-hunar kollejlari uchun 2-kitob) Toshkent-2004.

    1. Rasulova M.K. “Tikuv buyumlarni ishlab chiqarish texnologiyasi” Toshkent, 2006 y.

    2. 2. N.S. Gaipova, M.Z. Ismatillayeva, A.S. Axmetova, X.Z. Ismatillayeva “Tikuvchilik texnologiyasi asoslari” Toshkent-2006 yil

    Internet manbaalari

    1. https://shei-

    sama.ru/publ/tekhnologija shvejnogo proizvodstva/razdel 1/15 processy vlazhn o teplovoj obrabotki detalej odezhdy/114-1-0-1155

    1. https://wanttosew.ru/blog/chto-takoe-vto/

    2. https://zlobina-ov.ru/novosti/vlazhno-teplovaya-obrabotka-tkanej.html





    Download 7,12 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   85




    Download 7,12 Mb.